So’nggi yangiliklar

13:38Феликс 44 млн фунт эвазига "Челси"дан Саудия Арабистони клубига ўтишга яқин  1 13:04Салиба "Реал"нинг қизиқиши фонида келажаги борасида қарор қабул қилди  2 12:23Брунунинг дубли МЮга АҚШдаги ўртоқлик ўйинида "Вест Хэм" устидан ғалаба келтирди  1 11:50"Атлетико" Бундеслигадан футболчи харид қилишга яқин турибди  2 11:20"Бавария" Диасни "Ливерпул"дан катта маблағ эвазига сотиб олишга яқин турибди  1 11:15"Бухоро"нинг тайёргарлиги, янги футболчилар, ёшлар ёхуд Улуғбек Бакаев иккинчи даврада юқорилашга умид қилмоқда   3 10:42"Челси" футболчиси "Ал Насср"га ўтишга яқин  4 10:05Виктор Гёкереш нима учун "Арсенал"ни танлаганини тушунтириб берди  4 09:37Шоҳруз Норхонов иккинчи даврани қайси жамоада бошлаши маълум  8 09:02"Бунёдкор" Качоррининг ўрнига Черногория U-21 терма жамоаси аъзоси билан шартнома имзолайди  5 08:26Файзуллаевнинг "Истанбул Башакшехир"даги маоши маълум  14 07:45ОКМК "Андижон"ни йирик ҳисобда мағлуб этди  18 00:49Шахзод Азмиддинов "Пахтакор" билан хайрлашди  13 00:15Ўзбекистон U-17 терма жамоаси "Чертаново" билан дуранг ўйнади  7 23:57"Реал" Конатени нишонга олди  2

Aleksandr Xomyakov: "Sovrinli o'rinlar uchun kurash olib borishga kech qoldik deb o'ylayman" Yangiliklar

Aleksandr Xomyakov: "Sovrinli o'rinlar uchun kurash olib borishga kech qoldik deb o'ylayman"

Liga Kubogining 2-tur doirasidan o'rin olgan “Andijon” - “Nasaf” jamoalari o'rtasidagi uchrashuvdan so'ng o'tkazilgan matbuot anjumanining ikkinchi qismida maydon egalari bosh murabbiyi Aleksandr Xomyakov ishtirok etdi.

- So'nggi o'yinlarda ko'rsatgan o'yinimiz, qolaversa, chempionatning so'nggi turida imkoniyatni boy berganimiz jamoamizga salbiy tasir ko'rsatgan edi. Yigitlar havotirlanishmoqda. Ular o'z oldilariga qo'yilgan maqsad singari qadam tashlashmoqda, lekin negadir o'xshamayapti. Bugungi uchrashuvda mag'lub bo'lmaslik asosiy maqsadimiz edi. Yigitlarga 2-3 ta imkoniyatlar sodir bo'ladi, mana shu vaziyatlardan unumli foydalanishimiz haqida uqtirdim. Futbolchilar ortga yo'l yo'qligini tushunib turishmoqda. Bugungi g'alaba jamoamizni chuqurdan chiqish uchun yordam beradi. Bugun yigitlardan avvalo gol o'tkazib yubormasliklarini talab qildim. O'ylaymanki, ular talabimni bajarishdi. Qaytarib aytaman, g'alabamiz hozircha yo'q, lekin muxlislarimiz bizga ishonishini xohlayman. Hozirgi kundagi eng asosiy maqsadimiz – futbolchilarni stress holatidan olib chiqish. SHuni amalga oshirsak, hammasi joyiga tushib ketadi. Bugungi g'alaba bilan barchani tabriklayman. Futbolchilarimga rahmat aytaman. Stadionda bizni qo'llab-quvvatlab turgan muxlislarimizga alohida minnatdorchilik bildiraman.

- Keyingi tur “Navbahor” jamoasiga qarshi bo'ladi. Bu “Vodiy derbisi”. Vodiyda derbi alohida ahamiyat kasb etadi. “Navbahor” jamoasiga qarshi ham aralash tarkib maydonga tushadimi yoki asosiy tarkibni maydonga tushirasizmi?


- Ko'ramiz, futbolchilar “Navbahor” bilan o'yinga tiklanish jarayoni qanday kecharkin. O'yinga tayyor bo'lgan futbolchilarni maydonga tushiraman. Hujumkor futbolni muxlislar yaxshi ko'rishadi. Imkoniyatdan kelib chiqib hujumkor futbol futbol namoyish etishga harakat qilamiz. AGMKga ham qarshi o'yinda hujumkor o'yin namoyish etgandik, raqib ikki marta jazoladi bizni. O'yinni himoyadan boshlash kerak. SHundagina maqsadga erishish mumkin. Uy qurayotganizda ham birinchi bo'lib uyni tomini qurmaysizku, futbol ham shunday narsa.



- Davralar oralig'ida tarkibda o'zgarish bo'ladimi?


- Albatta, hujumda oqsayapmiz. Eng kuchsiz chizig'imiz hujum. SHu bois oldinda kreativ o'yin namoyish etadigan futbolchilarni jalb qilamiz.

- Demak, faqat hujumchi olinar ekanda?


- Yo'q, nega? Hujumni faqat hujumchilar kuchaytirmaydi. Qanot yarim himoyachilar, markaziy yarim himoyachilar ham hujum uyushtirilishida katta hissa qo'shishadi.

- Jamoadagi o'zgarish necha foizni tashkil etadi?


- Hozir menga bu haqda nimadir deyish qiyin. Ochiq aytaman: klub rahbariyati bilan bu haqda maslahatlashamiz. Sovrinli o'rinlar uchun kurash olib borishga kech qoldik deb o'ylayman. SHu bois, foiz hisobida aytishim qiyin.

- “Nasaf” jamoasida sport direktori bo'lib ishlagan Nikolay Minchev “Andijon” jamoasiga keldi. Uning kelishi Sizga qanchalar yordam beradi?


- Bilishimcha, bu haqda gapirishga hali erta. Hali u bizda ish boshlagani yo'q. Keling bu savolga javob berishni keyinroqqa qoldiramiz. U menga qanchalik yordam bera oladi? U menga emas, klubga yordam berish uchun kelmoqda. Uning asosiy vazifasi – klubni rivojlantirish.


Reyting: +5   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика