Aleksandr Xomyakov: "Poytaxt jamoalariga qarshi o'yinda ruxiy muammolar o'rtaga chiqadi"
15 may 2015 20:58
Yangiliklar


Aleksandr Xomyakov: "Poytaxt jamoalariga qarshi o'yinda ruxiy muammolar o'rtaga chiqadi"
Nima deyishim mumkin? O'yin boshidayoq o'yinimiz "sinib" qoldi. Afsuski, poytaxtga keldik deguncha ruxiyat masalasi o'rtaga chiqadi. Hozircha biron nima deyishim qiyin. "Bunyodkor"ni g'alaba bilan tabriklayman", deya so'z boshladi Aleksandr Xomyakov.
Bugun "Bunyodkor"ga qarshi jamoa emas, bog'cha bolalari o'ynagandek tasavvur uyg'ondi...
Uchinchi o'yinki, o'yin boshida gol o'tkazib yubormoqdamiz. Bir hafta himoya borasida alohida shug'ullandik. Bilmadim, poytaxt bilan bog'liq qandaydir ruxiy muammolar bor.
Ivanov nima uchun zaxirada qoldi?
Umuman, Ivanovni maydonga tushirmoqchi edim. Biroq, o'yindan kelib chiqqan holda uni tushirmadim. O'yinning 30 daqiqasidayoq 0:3 hisobida ortda borib turib uni maydonga tushirishni lozim topmadim.
Aziz To'xtamurodov

Fikrlar