So’nggi yangiliklar

11:32"Реал" Мак Аллистерга қизиқмоқда, аммо...  0 11:00Родриго “Арсенал“га ўтиши учун аниқ бир талабни қўйди  6 10:34А Сериянинг яна бир тўпурари Саудияга йўл олиши мумкин  0 09:24Допинг сабаб икки йил футбол ўйнамаган жаҳон чемпиони Б Серия жамоасига ўтди  1 08:55“Реал“ ҳужумчиси икки ойга сафдан чиқди  2 08:27Томас Мюллер фаолиятини Европанинг кутилмаган жамоасида давом эттириши мумкин  0 07:58“Реал“ 90 миллионга таянч ярим ҳимоячи сотиб олмоқчи  4 07:32Луи ван Гал саратон касаллигини енгганини эълон қилди  1 00:49"Кристал Пэлас" "Лион" туфайли Европа лигасида иштирок эта олмайди. Нега?  5 00:05Муҳаммадали Ўринбоев "Антверпен" таркибида дебют қилди  6 23:58Флик тер Штегенга янги мавсум асосий дарвозабони бўлмаслигини айтди  6 23:14Модрич: "Мен доимо "Реал" мухлиси бўлиб қоламан"  2 22:52Алонсо "Реал" раҳбариятидан таянч ярим ҳимоячисини трансфер қилишни сўрамоқда  15 22:20"Рома" А Сериянинг энг яхши дарвозабони билан шартномани узайтирди  1 21:45"Галатасарой" Осимхенни сотиб олиш бўйича "Наполи"га таклиф жўнатди  0

Aleksandr Xomyakov: "O'yin oxirida himoyaga yotib olmadik. SHunchaki raqib bizni himoyalanishga majbur qildi" Yangiliklar

Aleksandr Xomyakov: "O'yin oxirida himoyaga yotib olmadik. SHunchaki raqib bizni himoyalanishga majbur qildi"

Coca Cola Superliganing 10-turi doirasidagi OKMK - "Andijon" uchrashuvidan so'ng mehmonlar bosh murabbiyi Aleksandr Xomyakov matbuot anjumanida qatnashdi.



O'yin haqida

- Albatta, xafsalamiz pir bo'ldi. Yana o'yinning oxiriga kelib ustunlikni saqlab qola olmadik. Umuman olganda, rejamiz ishladi. O'yin oxirida biz himoyaga yotib olmadik. Aksincha, raqib bizni bunga majbur qildi. Yigitlarga etirozim yo'q. Hamma yaxshi o'ynadi, ammo ikkinchi qavatdan gollar o'tkazdik. Oldinga intilishda davom etamiz. 

- "Andijon" birinchi taymda yaxshi o'ynadi. Ikkinchi taymda esa jamoa o'yinida biroz pasayish bo'ldi...

- Qaytaraman, biz charchab qolganimiz yo'q. SHunchaki, raqib bizni shunga majbur qildi. Ular bor kuchlari bilan hujumga o'tishdi. Menimcha, aynan shuning uchun o'yinimiz chiqmadi. Ikkinchi bo'limda o'rta bloklarda himoyalanib, tezkor qarshi hujumlar tashkil qilish niyatida maydonga chiqqandik. SHu tarzda ikkita vaziyat yaratdik. Bu imkoniyatlar g'alaba qozonish uchun ideal darajada edi. Biroq, undan foydalana olmadik. Alam qiladi, albatta. Ammo, oldinga qadam tashlash kerak.

- Rubin Xebay har o'yin gollar urmoqda. U hozir o'zining eng optimal formasidami?

- Ha, u har o'yinda gol urmoqda. Xebay yana qo'shishi mumkin.

- "Andijon"ning mavsum boshidagi o'yini bilan hozirgi o'yinini taqqoslay olasizmi? Jamoa qaysi jabhalarda o'sdi?

- Hujumdagi muammomiz hali ham bor. Himoyada esa mavsum boshida yaxshiroq edik. Yaxshilangan jihatga kelsak, himoyadan hujumga o'tish jarayonida biroz o'sishga erishdik. Bizda yakkakurashlarga asoslangan futbol. Qarshi hujumga o'tish borasida biroz o'yinimiz yaxshilandi. Pozicion hujumlar, to'pni nazorat qilishda bizda muammolar juda ko'p. Bizga to'p nazorati kerak, chunki har doim ham hujumga o'ta olmaysiz. Ochiqchasiga aytganda, nafas olib olishimiz uchun ham bipga to'p nazorati kerak. Qiladigan ishlar ko'p. Bizda boshqa yo'l yo'q. Oldinga harakat qilish lozim. 

- Rubin Xebay qaytganidan so'ng, jamoaning o'yin uslubi biroz o'zgardi. Jamoa ko'plab hujumlar qilmoqda, vaziyatlar yaratmoqda. Bu Xebay bilan bog'liqmi yoki boshqa sabab bormi?

- Bizda hujumda muammolar bor. Ko'p hujum qilayotganimiz haqidagi gapingizni xushomad deb qabul qildim. Aslida, biz unchalik ham ko'p hujum qilmayapmiz. Muhimi foydali hujum qilish kerak. Hozirgi holatda bu haqida biror narsa deyishim qiyin.

Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика