So’nggi yangiliklar

20:16"Локомотив"га 6 футболчи келди, 5 футболчи кетди  0 19:502024 йил ёзининг энг қиммат ТОП-10 трансфери. Мавсум улар учун қандай ўтди?   0 19:22"Тоттенхэм" "Арсенал"ни майдон марказидан урилган гол эвазига ютди  0 18:59"Барселона" "Сеул"ни "хоккейча" ҳисобда мағлуб этди  9 18:42А Сериянинг икки гранди "Арсенал" аъзоси учун курашга қўшилди  0 18:14Марлен Чобанов легионерга айланди  0 17:55​"Андижон" легионер ҳимоячиси билан хайрлашди  2 17:32Исак "Реал Сосьедад" базасида шуғулланмоқда  2 17:04Аббос Файзуллаев: "ЦСКА туфайли Ўзбекистон термасида ўз ўрнимга эга бўлдим. Энди "Истанбул Башакшеҳир"га чемпионатда олдинга қадам ташлашида ёрдам бермоқчиман"  3 16:37ЦСКА ҳимоячиси: "Аббосга келажакда ўзи хоҳлаган лигада ўйнашини тилайман"  4 16:09Доннарумма АПЛ топ-клублари билан музокаралар олиб бормаяпти  2 15:41Нойер Тер Штеген билан боғлиқ вазият туфайли Германия терма жамоасига қайтишга тайёр  4 15:14Саудия Арабистони клублари Левандовскини сотиб олмоқчи  3 14:52"Андижон" янги легионерини Суперлига учун рўйхатдан ўтказа олмади  7 14:42Инсайд тасдиқланди: Ўзбекистон U-21 терма жамоаси Тошкентда Қозоғистон билан беллашади  2

Aleksandr Xomyakov Nasafga qarshi o'yin haqida: Qilishimiz kerak bo'lgan ishlarni bajarib olamiz Yangiliklar

Aleksandr Xomyakov Nasafga qarshi o'yin haqida: Qilishimiz kerak bo'lgan ishlarni bajarib olamiz

Andijon – Qirg'iziston U-20 (3:0) jamoalari ishtirokidagi uchrashuvdan keyin Burutglar bosh murabbiyi Aleksandr Xomyakov klub matbuot xizmatiga intervyu berdi.

-Aleksandr Andreevich, avvalo, uchrashuv haqida fikringiz qanday?

-O'ylaymanki, yomon o'yin bo'lmadi. Raqibimizga shu erga kelib biz bilan o'rtoqlik uchrashuvida qatnashgani uchun rahmat. Yani, Qirg'iziston U20 terma jamoasi rozi bo'lib, biz bilan o'ynaganiga xursandmiz. Qiziqarli bellashuv bo'ldi. Bir qator vaziyatlar yaratdik. Ulardan unumli foydalanishga harakat qildik. Tayyorgarlik uchun juda yaxshi o'yin bo'ldi, deb o'ylayman.

-O'yindan va natijadan ko'nglingiz to'ldi, shundaymi?

-Umumiy manoda yaxshi deyishim mumkin. Futbolchilarimizga rahmat aytaman. Nazorat o'yinida qanday talabni qo'ygan bo'lsam, ular barchasini bajarishdi. SHu sababli uchrashuvdan qoniqdim, desam bo'laveradi.

-Keyingi turda «Andijon»ni «Nasaf»ga qarshi jiddiy o'yin kutyapti. Muxlislar ham ushbu bahsni orziqib kutishmoqda…

-Bu o'yinda bizda qanday masuliyat borligini tushunib turibmiz. Yaxshi tayyorgarlik ko'ryapmiz. Bu oddiy o'yin emas. Uchrashuvgacha yana bir necha kun bor. Qilishimiz kerak bo'lgan ishlarni bajarib olamiz. Ishqibozlarimizni xursand qilish uchun bor imkoniyatlarimizni ishga solamiz.

-O'zbekiston Kubogiga qura tashlandi. Barcha «Andijon» joy olgan guruhni «o'lim guruhi» deb hisoblamoqdalar. SHunday raqiblarni kutganmidingiz? Fikringiz qanday?

-Yo'q, men bunchalik darajadagi guruhga tushamiz, deb o'ylamagandim. Rosti, bizga qaysi klublar tushishini taxmin ham qilmagandim. Kubok bahslarida raqiblarimizga qarshi kuchli o'yinlar bo'ladi. Futbolda aytilganidek, kuchlilar g'alaba qozonadi.

«Andijon» matbuot xizmati.

Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика