So’nggi yangiliklar

01:17Максим Шацких: “Трансфер ойнаси ёпилгунича 2-3 нафар янги ўйинчи оламиз”  1 00:55"Андижон" назорат ўйинида Тожикистон жамоасини мағлуб этди  1 00:41Футболга қайтиш муборак: "Байер" Эрик тен Хагнинг дебют ўйинида йирик ҳисобда мағлуб бўлди  4 00:21"Манчестер Сити" Траффорд билан шартнома имзолаши мумкин  2 23:59"Ақлдан озаётган" "Тоттенхэм" ўз тарихидаги энг қиммат трансферни амалга оширишга тайёрланмоқда  2 23:46Алишер Одилов "Навбаҳор"ни тарк этди  4 23:24Микель Артета: "Мадуэке - АПЛнинг энг яхши ҳужумчиларидан бири"  1 22:50Месси Ямалга қарши: Финалиссима қачон бўлади?  6 22:20Исак "Ал Ҳилол"га ўтиши мумкин  1 21:53"Милан" Спортьеллони собиқ жамоасига қайтариб юборди  0 21:33Гампер Кубоги учун ўйин қаерда бўлади?  4 21:14Расман: Нони Мадуэке - "Арсенал" футболчиси!  5 20:52"Насаф" назорат ўйинида "Машъал"дан устун келди  2 20:10"Милан" Модрич ёрдамида "Реал" аъзоси билан музокара ўтказмоқда  0 19:45Моуринью: "Португалияга қайтаман. Фаолиятим охирида эмас, чўққисида"  2

Aleksandr Xomyakov: "Hozirgi holatimizda bir ochko qo'lga kiritish yomon emas" Yangiliklar

Aleksandr Xomyakov: "Hozirgi holatimizda bir ochko qo'lga kiritish yomon emas"

Superliganing 23-turidan o'rin olgan "Mashal" - "Navbahor" (0:0) uchrashuvidan so'ng mezbonlar bosh murabbiyi Aleksandr Xomyakov fikrlarini bildirdi.





"Hammasini ko'rdingiz. Ochko juda zarur edi. Garchi g'alabaga munosib o'ynamagan, vaziyatlar kam yaratgan bo'lsakda 1 ochko ishladik. Ikkinchi bo'limda legioner hujumchimizda vaziyat yuzaga kelgandi. Oxirgi 3ta uchrashuvda mag'lubiyatga uchragan edik. Endi esa ochko ishlashni uddasidan chiqa oldik. Bu bizga yordam beradi, deb o'ylayman. Har bir o'yinga finaldek munosabatda bo'lyapmiz. Harakat qilamiz, ishlaymiz. Yigitlarga etirozim yo'q. To'g'ri biroz agressivlik etishmayapti",- deydi Aleksandr Xomyakov. 

- "Mashal" o'z maydonida ishonchli o'ynaydimi yoki safarda?

- Safarda bizga qarshi hujumkor va tajovvuzkor o'ynashadi. Qarshi hujumlarda imkoniyatimiz bo'ladi. Uyda esa to'p bilan ko'proq muomalada bo'lishimiz talab qilinadi. Hujumlarda ijodkorlik etishayotgani yo'q. 

- "Navbahor" bilan durang sizni qoniqtirdimi?

- "Navbahor" kuchli jamoa. Ular yaxshi himoyalanadi. G'alaba uchun o'ynamaganimiz ko'rindi. Lekin ayni paytdagi holatimizda bir ochkoni qo'lga kiritish yomon emas. 

Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика