Aleksandr Xomyakov: "Futbolchilarim "koma" holatidan chiqib keta olishmayapti"
26 sen 2015 10:59
Yangiliklar
![](https://championat.asia/upload/storage/183570_original.jpg)
![](/upload/storage/183570_220.jpg)
Aleksandr Xomyakov: "Futbolchilarim "koma" holatidan chiqib keta olishmayapti"
"Gollarga boy qiziqarli o'yin bo'ldi. Natija esa g'alabani ko'proq istagan maydon egalariga nasib etdi. Bugungi bahsda g'alabani ko'proq istagan "Buxoro" chiroyli o'yin tashkil etdi. O'yinimizdan ko'nglim to'ldi deya olmayman. Bizga qaraganda raqib g'alaba uchun ko'proq harakat qildi. Ularni vaziyatidan kelib chiqib buni o'yindan oldin ham tushungan edim.
"Bugun ko'plab asosiy tarkib futbolchilarimiz maydonga tushmadi? Men bunday deb o'ylamagan bo'lar edim. Futbolchilarim hali ham "koma" holatidan chiqib keta olmayotganidan tashvishdaman. O'tgan turda maydonga tushgan futbolchilar ishonchni to'la oqlay olmadi. SHu bois bu o'yinda shijoatliroq bo'lgan yoshlarga ishondim. Undan tashqari 7 nafar futbolchimizda sariq kartochkalari to'planib qolgan va biz katta yo'qotishni bir turga qoldirmoqchi emasmiz. Bundan keyin bizda og'ir uchrashuvlar kutmoqda. Keyingi o'yinlarda kerakli ochkolarni to'plash uchun harakat qilamiz" , - deydi Aleksandr Andreevich.
O’xshash yangiliklar
![AMP Logo](https://championat.asia/image/logo-amp.png)
Fikrlar