Aleksandr Xomyakov: "Bunday o'yinlarda mahorat o'z so'zini aytadi"
17 avg 2021 21:42
Yangiliklar
Aleksandr Xomyakov: "Bunday o'yinlarda mahorat o'z so'zini aytadi"
O'zbekiston kubogi 1/8 finalidan o'rin olgan "Surxon" - "Mashal" (1:0) uchrashuvidan so'ng muborakliklar bosh murabbiyi Aleksandr Xomyakov fikrlarini bildirib o'tdi.
"Keyingi bosqichga yo'llanma olishni istagandik, lekin o'xshamadi. "Surxon"ni g'alaba bilan tabriklayman va omad tilayman. Qaysidir manoda bunday o'yinlarda mahorat ham o'z so'zini aytadi", – deydi Aleksandr Xomyakov.
- O'ng qanotda dastlab Zafar Akramov o'ynadi. Keyin esa o'rniga Qahramon Bahodirov maydonga tushdi. Akramovning harakatlari yoqmadimi?
- Savolingizni tushundim. Yoqdi yoki yoqmadi? Ular qiz bola emas. Futbolchilar qaysidir joyda ko'rsatmalarni to'liq bajarishmadi. Ko'rgan bo'lsangiz, bizda qanotlar ishlagani yo'q. To'g'risini aytsam, etirozlar ko'p. Biz kimnidir mahorat evaziga yutadigan holatda emasmiz. Xarakter, hissiyotlarni ishga solish kerak. Maydonga jentlmenlardek tushdik.
Fikrlar