So’nggi yangiliklar

23:31Турдимуродов, Ибрагимов, Эсанов – миллий жамоага номзод футболчилар кўрикдан ўтказилмоқда  0 23:03"Бир соат ичида бир оғиз ҳам гапирмади" – Хабиб Нурмагомедов Абдуқодир Ҳусанов билан учрашув ҳақида  8 22:32Ўзбекистон U-18 терма жамоаси машғулотидан ГАЛЕРЕЯ  0 22:14Расман: Неъматуллоҳ Рустамжонов "Андижон" клуби аъзосига айланди  1 21:32Расман: Асилбек Алиев "Андижон" футболчисига айланди!  6 21:25"Ювентус" Кьезани "Ливерпул"дан қайтариши мумкин  0 21:05"Навбаҳор" клуби янги мавсум учун тайёргарликни давом эттирмоқда  1 21:00"Реал" 70 млн евролик хавбекка кўз тикди  1 20:37Ҳумоюнмирзо Иминов: "Мен рақобатга тайёрман"  2 20:15Гвардиола "Манчестер Сити" ҳимоячиларининг жароҳатлари билан боғлиқ вазиятни изоҳлади  10 19:51"Динамо" БААда ЦСКАга қарши майдонга тушади  4 19:34"Навбаҳор" машғулотлари Championat.asia объективида  4 19:172025 йил давомида Ўзбекистоннинг энг кўп нархи ошган футболчилари  8 18:55"Қизилқум"ни яна 2 нафар футболчи тарк этди  1 18:41Расман: Пўлатхўжа Холдорхонов энди "Андижон" футболчиси!  14

Aleksandr Xomyakov: “Bunday o'yinlarda futbolchilar o'zlarini nazorat qilishi ham qiyin bo'ladi” Yangiliklar

Aleksandr Xomyakov: “Bunday o'yinlarda futbolchilar o'zlarini nazorat qilishi ham qiyin bo'ladi”

“Nasaf” – “Mashal” uchrashuvi yakunlangach dastlab mehmon jamoa ustozi Aleksandr Xomyakov o'yin haqidagi z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

- Bugun biz shiddatli uchrashuv guvohi bo'ldik. Bu derbi. Derbida jamoalar  turnir jadvalidagi maqomiga qaramasdan ana shunday keskin o'yin namoyish etishadi. Derbida kuchli jamoa g'alaba qozonadi. Bugun mag'lubiyatga uchragan bo'lsakda, futbolchilarimiz ajoyib o'yin namoyish etishdi. Afsuski yaratilgan vaziyatlarni golga aylantira olmadik. Ammo o'yinchilarimizga etirozim yo'q. Ular bugun astoydil harakat qilishdi. Noiloj keyingi o'yinlarga yaxshiroq tayyorgarlik ko'ramiz.

O'yinchilarimiz qo'pol o'ynashdi? Bunaqa o'yinlarda futbolchilar o'z hayajonini jilovlay olishmay qolishadi. To'g'ri, bazan o'yinchilarimiz qo'pollik ham ishlatishdi, buning evaziga bir o'yinchimiz maydondan ham chetlatildi. Bunga albatta etibor qaratamiz. Tushuning, bunaqa o'yinlarda futbolchilar g'alaba ishtiyoqida,  bazan o'zlarini nazorat ham qila olishmaydi. Qolaversa, bunaqa o'yindagi mag'lubiyat ular uchun haqoratdek bo'ladi. Bugungi o'yin shunday kechdi.

SHuningdek bugun o'yinchilarimizda sovuqqonlik ham etishmadi. Buning evaziga xatolarga ham yo'l qo'ydik. Umuman olganda stadionga tashrif buyurgan muxlislar bugun zerikib qolishmadi.

Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика