So’nggi yangiliklar

19:00Сержиу Консейсау: "Насаф"нинг ўйин сифати эгаллаб турган ўрнидан мутлақо фарқ қилади, лекин биз тайёрмиз"  2 18:54"Насаф" "Ал Иттиҳод"га қарши қандай либосда майдонга тушиши маълум қилинди  1 18:38"Сўғдиёна" хавбеки "Навбаҳор"га ўтмоқда  2 18:10"Челси" ҳимоячисини қўйиб юборишга тайёр  0 17:36Бруну Фернандеш тахминан 1 ойга сафдан чиқди — ОАВ  0 17:05Breaking! Ўзбекистоннинг ЖЧдаги рақиби Португалия Эрон билан ўйнайди  11 16:38ФИФА рейтинги янгиланди: Ўзбекистон йилни 50-ўринда якунлади  17 16:21Африка Кубоги ғолиби қанча маблағ ишлаб олиши маълум бўлди  1 15:46Игорь Сергеев йил футболчиси бўлишда Жамшид Искандеровни қанча фарқ билан ортда қолдирди?  4 15:20Ўзбекистон футзал терма жамоаси ёпиқ эшиклар ортида ўтган ўйинда Россияга имкониятни бой берди  3 15:04"Динамо" янги мавсумга тайёргарликни Самарқандда бошлайди  4 14:35Канте, Фабиньо, Бергвейн, Бензема... "Насаф"нинг Элит ОЧЛ 6-туридаги рақиби ҳақида  6 14:10"Чемпионлик? Бу қўлимиздан келадиган иш" — Равшан Ҳайдаров  8 13:35Nike, Adidas ёки Under Armour? Жаҳон брендлари Мбаппе учун курашга киришди  0 13:00Сеҳргарлик, ғаройиб можаролар ва буюк камбэк. Африка Миллатлар кубоги ҳақида 10 та ғайриоддий факт  1

Aleksandr Xomyakov: "Bizni quyi ligaga tushib ketishimizni qaerdan oldingiz?" Yangiliklar

Aleksandr Xomyakov: "Bizni quyi ligaga tushib ketishimizni qaerdan oldingiz?"

Superliganing 21-turidan o'rin olgan "Mashal" - "Nasaf" (0:1) uchrashuvidan keyin mezbonlar bosh murabbiyi deydi Aleksandr Xomyakov o'z fikrlarini bildirdi.





"Bugun "Nasaf"ni mag'lub etmoqchi edik, ammo agar vaziyatga real qarasak g'alaba qozonish uchun borimizni berishimiz va omad ham kelishi kerak edi. Himoyada xato qildik va mag'lub bo'ldik. CHiroyli o'yin bo'lmadi, ammo futbolchilarga etirozim yo'q. Ular bugun harakat qilishdi. Biz zinma-zina tepaga intilyapmiz", - deydi Aleksandr Xomyakov.

- Legionerlarning holatidan qoniqyapsizmi? Ular mahalliy futbolchilardan ustunmi?

- Albatta bazi vaziyatlar bizni havotirga solmoqda. Ammo hujumchilar boshqalarga qarab o'ynaydi. Agar qolgan futbolchilar ularga vaziyat yaratib berishmasa gol bo'lmaydi. Harakat qilishdi ammo professional futbolda xohish-istakning o'zi etarli emas. Bugun "Nasaf" haqiqatdan ham kuchli edi.




- Eshbo'taev qachon safga qaytadi?

- Hozircha u davolanmoqda, umid qilamanki 2 haftadan keyin tarkibga qaytadi.

- "Mashal" xavfli hududga yaqin joyda joylashgan. Superligada qolish uchun nechta g'alaba kerak deb o'ylaysiz?

- Oldinda yana 5ta tur qoldi, har bir klub ochko uchun kurashmoqda. Menimcha barchasi so'nggi turlarda hal bo'ladi.

- Bordiyu "Mashal" quyi ligaga tushib ketsa klubda qolasizmi yoki pro-ligada ham ishlab jamoani elitaga qaytarishga urinasizmi?

- Bizni quyi ligaga tushib ketishimizni qaerdan oldingiz (kuladi)? Bordiyu? Yo'q biz oxirigacha kurashamiz. Klub bilan 3 yillik shartnomam bor va "Mashal"ni Superligada olib qolish uchun borimizni beramiz.

Reyting: +7   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика