So’nggi yangiliklar

15:48Расман: "Машъал" таркибни легионер ҳимоячи билан кучайтирди  0 15:28"Навбаҳор" қозоқ жамоаси билан дуранг ўйнади  0 15:02Аббос Файзуллаев: "Бу — футбол. Бир нечта вазият яратиб ура олмайсиз, рақиб эса битта имкониятдан самара чиқариб кетади"  0 14:34"Ливерпуль" ва "Тоттенхэм" Ла Лига юлдузи учун курашади  2 14:07Ёрқин Назаров: "Каттақўрғон" Про лигада ҳар бир рақибга муносиб қаршилик кўрсатади"  2 13:49"Дўстлик" Биринчи лигага тайёргарликни давом эттирмоқда  2 13:34Элдор Шомуродов мураббийи Нури Шахин, тўпурарлик пойгаси ва "Фенербахче" ҳақида гапирди  3 13:10"Шаржа" – "Насаф" учрашуви ўмонлик ҳакамларга топширилди  0 12:43"Навбаҳор" африкалик ҳужумчини жалб этмоқда  2 12:20Расман: "Машъал" ганалик футболчини таркибга қўшиб олди  0 11:51Интервью. Санжар Шоаҳмедов: "Металлург"нинг юқори мақсадлари бу клубга келишимда ҳал қилувчи омил бўлди"  0 11:24Ўзбекистонлик ҳакамлар ОФК мусобақаларида ишлайди  1 10:48Осимхен фаолиятини Европанинг ТОП жамоасида давом эттириши мумкин  2 10:20Салоҳ Саудия чемпионатига ўтишга рози  3 09:15Камолиддин Тожиев: "Бу биз учун оғриқли мавзу"  3

Aleksandr Xomyakov: "Bitta xato mag'lubiyatga olib keldi" Yangiliklar

Aleksandr Xomyakov: "Bitta xato mag'lubiyatga olib keldi"

"Metallurg" - "Mashal" (1:0) o'rtasidagi o'yindan so'ng tashkil etilgan matbuot anjumanida Aleksandr Xomyakov ishtirok etdi.
"Metallurg" jamoasini g'alaba bilan tabriklayman. O'yin oldindan taxmin qilganimizdek kurashlarga boy bo'ldi. Bugun chiroyli o'yin kerak emasligi asosiy etibor natijaga qaratilishi kerakligini aytgandim. Standart vaqtidagi bitta xato tufayli gol o'tkazib yubordik va mag'lub bo'ldik. SHundan keyin ko'p hujum qildik, darvoza ustunini nishonga oldik, ammo baribir yutqazdik. Raqibni tabriklayman", - deb gap boshladi Xomyakov.

"Hujumda bizga keskinlik etishmadi. Qandaydir yopiq o'ynadik. Bundan tashqari himoyada xatoga yo'l qo'ydik, alamli mag'lubiyat. Futbolda ko'pincha qaysidir jamoa mag'lub bo'ladi, bugun biz yutqazdik. O'yin bitta golgacha bo'lishini taxmin qilgandim. Bugun omad raqib tomonida edi".

"Dostonovni almashtirishimga kelsak u sariq kartochka olgandi. Bundan tashqari hali endi oliy liga havosini tatib ko'rmoqda. SHohruhdan yaxshiroq o'yin kutgandim. Hikmat Hoshimovga ko'proq tashvish tug'diradi deb o'ylagandim. Hakamlarni muhokama qilmoqchi emasman. Bu borada alohida tashkilot bor", - deydi Aleksandr Xomyakov.


"Mashal" matbuot xizmati
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика