So’nggi yangiliklar

14:19"Сурхон" Февзи Давлетов ва Алексей Николаев билан ҳамкорлик якунланганини эълон қилди  1 14:00Балотелли фаолиятини БААда давом эттиради  0 13:32"Андижон" ҳужумчиси Озарбайжонга йўл олди  1 13:05"Локомотив" Чехия Кубоги финалчиси билан ўйнайди  0 12:38Расман: Шерзод Эсанов "Бухоро" футболчисига айланди  6 12:20МТЖ 5 майдан йиғин ўтказади ва Суперлиганинг етакчи клубларига қарши ўртоқлик ўйинларида қатнашади  2 11:58​"Пахтакор" Риаскос, Абдихолиқов ва яна 4 нафар футболчи билан хайрлашганини маълум қилди  8 11:35"Навбаҳор"га РПЛда ўйнаётган ҳимоячи келмоқда  12 11:08Расман: Дмитрий Плетнёв — "Бунёдкор" футболчиси!  2 10:44"Навбаҳор" футболчиси "Қўқон-1912" ўтиши мумкин  1 10:18Санжар Қувватов: "Пахтакор"дан таклиф тушганида ўйлаб ҳам ўтирмадим"  7 09:52“Андижон” Анталияда 10 та ўртоқлик учрашувида қатнашади  8 09:25"Истанбул Башакшеҳир" футболчиси Шомуродов ва Файзуллаевнинг ўйинига юқори баҳо берди  6 08:58Шерзод Насруллаев: "Совринларим сонини кўпайтириш учун "Пахтакор"га келдим. Роналдуга қарши ўйнаш орзум бор эди"  13 08:30Sofascore. Гвардиола мақтаган Ҳусанов кечаги учрашувда неча баҳога лойиқ кўрилди?  2

Aleksandr Stoymirovich: "Bugun "Metallurg" futbolchilari bizdan ko'ra ko'proq g'alaba qozonishni istashdi" Yangiliklar

Aleksandr Stoymirovich: "Bugun "Metallurg" futbolchilari bizdan ko'ra ko'proq g'alaba qozonishni istashdi"

Superliga 1-turi doirasidagi "Lokomotiv - "Metallurg" (2:2) uchrashuvidan so'ng mezbonlar katta murabbiyi Aleksandr Stoymirovich o'yin haqida o'z fikrlarini bildirib o'tdi.

- Bugungi uchrashuv haqidagi fikrlaringiz?

- O'yin haqida fikr bildirish uchun bizga vaqt kerak. Hozir bir nima deyish qiyin. "Lokomotiv" jamoasi bugun katta loyihaga dastlabki qadamni qo'ydi. Yangi jamoa qurish va yosh futbolchilarni tarkibga qo'shish maqsadimiz. Bugungi uchrashuvga bir oy tayyorlandik, ammo bor yo'g'i 15 daqiqa yaxshi o'yin namoyish etdik. Antaliyadagi yig'inimizning so'ngi o'yinlarida pozicion hujum qilishni ancha yaxshi o'rganib olgandik. Bilmayman nega, ammo hisobni ochganimizdan keyin himoyaga yotib oldik. Bunga aniq bir sabab yo'q, ammo shunday bo'ldi. Dastlabki turlarda shunday qiyin uchrashuvlar bo'ladi. O'tkazib yuborgan gollarimizning barchasi o'zimiz yo'l qo'ygan individual xatolar sababli bo'ldi.

- "Metallurg" jamoasini bir oy davomida tahlil qilganingizni aytdingiz, ammo bugun jamoangiz g'alaba qozona olmadi. Bugungi uchrashuv natijasidan qanchalik qoniqdingiz?

- O'yindan avval albatta g'alaba qozonishni istagandim, biroq o'yindan keyin esa bir ochko uchun ham xursandman. Ha, umumiy qilib aytganda men qayd etilgan natijadan qoniqmadim, ammo bizda yo'qotishlar ham bor edi, tajribali futbolchilar Sanjar Tursunov va Sobit Sindarovlarsiz o'yin o'tkazdik. SHuningdek, bugun yosh futbolchimiz Laziz Mirzaevga imkoniyat berdik va u yaxshi o'yin o'tkazdi.

- "Lokomotiv" Superligaga qaytganidan so'ng 15 nafar yangi futbolchilar bilan shartnoma imzoladi. Ularning o'yinidan qanchalik ko'nglingiz to'lmoqda va yangi tarkib bilan qanday natijaga erisha olaman deb o'ylayapsiz?

- Biz Turkiyada beshta nazorat uchrashuvlarini o'tkazdik va o'zimiz uchun katta saboqlar oldik. Yangi tarkib bilan o'yinni kuchaytirish oson ish emas. Biz faqatgina Superligadagi uchrashuvlar orqali o'yin sifatimizni yaxshilashimiz mumkin. "Metallurg"ga qarshi yaxshi o'yin namoyish etish uchun ruhan tayyor bo'lish kerak. Bugun "Metallurg" futbolchilari g'alabani bizdan ko'proq istashdi va ushbu jihat meni ranjitdi.

- Rahbariyat jamoa oldida qanday maqsadlar qo'ydi?

- Bizning asosiy maqsadimiz futbolchilar va murabbiylarni rivojlantirish. Biz nafaqat futbolchilar, balki murabbiylar bilan ham ishlashimiz kerak. O'zbekistonda ko'pgina iqtidorli murabbiylar bor, faqat ularni to'g'ri yo'nalishda rivojlantirish kerak. Aynan "Lokomotiv" klubining joriy mavsumdagi maqsadi esa ligada jon saqlab qolish.

- Laziz Mirzaev haqida gapirib o'tdingiz, u bugun yaxshi o'ynadi. Keyingi uchrashuvlarda uni yana asosiy tarkibda ko'rishimiz mumkinmi?

- Lazizning harakatlarini tahlil qilib chiqishim kerak. U iqtidorli futbolchi. O'zbekiston klublarida asosiy jamoa tarkibiga qo'shiladigan yosh futbolchilarda kuzatiladigan asosiy muammo jismoniy holatdir. Mirzaevga kreativlik uchun imkoniyat yaratib berishimiz kerak. U hali ko'p mehnat qilishi kerak. Iqtidorli futbolchilarimiz ko'p, ammo ularning barchasiga imkoniyat berishning iloji yo'q. Natija haqida ham o'ylash kerak.





Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика