So’nggi yangiliklar

10:12"Қўқон-1912" 7 йиллик танаффусдан сўнг Олмалиқдан ғалаба билан қайтган учрашувдан ГАЛEРEЯ  1 10:02ЎФА терма жамоалар бўлими собиқ раҳбари: "Мен бу циркнинг бир қисми бўлишни истмадим"  14 09:40"У яқин кунларда келишини эшитдим. Барчаси душанба куни ҳал бўлади" — МТЖ мураббийи Каннаваро ҳақида  11 09:16Каннаваро Ўзбекистон терма жамоасида Европанинг кучли терма жамоалари мураббийларидан кўра кўпроқ маош олади  21 08:30Клейди Даци: "Биз учун энг муҳим нарса - кўпроқ очко тўплаш"  0 08:02Суперлига. Бугун 3 та учрашув бор  2 07:32Постекоглуга сўнгги имконият берилди  5 07:10Суперлига. ОКМК – "Қўқон-1912" 0:1   1 01:33"Спорт-Экспресс": Каннаваро Ўзбекистон терма жамоасида Дешамдан кўп маош олади  51 01:00Аргентина термасининг октябрь ойидаги ўртоқлик ўйинлари учун қайдномаси эълон қилинди  2 00:36Англияда рекорд ўрнатган мураббий МЮни текинга бошқаришга тайёр  3 00:17Франческо Тотти: "Фақатгина "Рома" бунга қодир бўлса керак"  1 23:48Никки Батт: "Манчестер Юнайтед"даги ҳолатни Пеп ва Клопп ҳам ўнглай олмайди"  3 23:26ЛаЛиганинг сентябрь ойидаги энг яхши футболчиси эълон қилинди  2 23:05Суперлига. "Хоразм" – "Навбаҳор" 1:1  0

Aleksandr Song: "Barselona"ga pul uchun o'tganman" Yangiliklar

Aleksandr Song: "Barselona"ga pul uchun o'tganman"

"Arsenal"ning sobiq futbolchisi Aleksandr Song 2012 yili "Barselona"ga transferi haqida gapirdi.

"Barcha futbolchilar juda katta summa ishlatishadi. "Arsenal"da 8 yil o'ynagan bo'lsam, so'nggi 4 yildagina yaxshiroq maosh olganman. SHu boisdan menga keladigan pul kattalashdi. SHu bilan birga yo'q narsaga ham pul ishlatishni boshladim.

"Arsenal"ga birinchi kelganimda haftasiga 15 ming funt maosh olardim. Yosh va g'ayratli yigit edim. Mashg'ulotlarga kelib, Terri Anri - qirolni ko'rardim, u doimo juda chiroyli mashinada kelardim. O'shanda men ham o'zimga shunday chiroyli avtomobil sotib olishni niyat qilgandim.

Avtosalonga bordim, barcha hujjatlarga qo'l qo'ydim va to'lov formasini kelishib oldim. Endi menda ham qirol kabi mashina bor edi. To'g'risini aytaman, 2 oydayoq mashinani qaytarib berdim, chunki topayotgan pulim benzinga ketib qolayotgandi.

Ularga: "Menga "Toyota" bering. Bu mashina esa men uchun og'irlik qildi", degandim. O'sha kuni boshqa mashinada borganimda Terri mendan: "Mashinang qani?", deb so'radi. Men unga mashina darajamga kattalik qilayotganini aytgandim.

Odamlar meni milliarder deb o'ylashadi, ammo atigi 100 ming funtlik mashina ham sotib ololmasdim.

"Barselona" menga shartnoma taklif qilganida va unda qancha pul olishimni ko'rganimda, men ikki baravar qimmatroq xayol sura boshladim. Faoliyatim yakunlanganidan keyin mening rafiqam va bolalarim jannatda yashayotgandek bo'ladi deb o'ylardim. "Barselona"ga pul uchun o'tganman.

"Barselona" sport direktori bilan uchrashdim va kam o'yin amaliyotiga ega bo'lishimni bildim. Nima yig'lashim kerakmi? Men millioner bo'lyapmanku!

Doimo aytganimdek, yigitcha 20 yoshda "Ferrari"da yursa ham, u hali kambag'al hisoblanadi - chunki u hech nimaga erishmagan. "Bentli"da yuradigan 50 yoshli insonni esa hurmatli inson deb bilaman", - dedi Song.

Reyting: +17   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика