So’nggi yangiliklar

08:20МЮ “Барселона“га супер таклиф билан чиқди  0 07:52Шомуродовга қизиққан МЛС жамоаси маълум  6 07:25Ҳусанов тарихга кириши мумкин! Бугун “Манчестер Сити“ клублар ўртасидаги юришини бошлайди  5 06:50КЖЧ. "Урава Ред" сардори "Ривер Плейт" футболчиларига нисбатан ҳурматсизлик қилди  0 02:39Ўзбекистон U-17 терма жамоаси ўртоқлик ўйинида Боливияга ютқазди  13 00:34Месси Баджодан Италиянинг 1994-йилги ЖЧ либосини совға сифатида олди  7 23:59Мбаппе иситма туфайли "Реал" машғулотида қатнашмаяпти. Эртага "Ал-Ҳилол" билан ўйин  1 23:39Доннарумма FourFourTwo талқинига кўра дунёнинг энг яхши дарвозабони  3 23:04КЖЧ. Танташев бошқарган ўйинда "Боруссия Д" ва "Флуминенсе" дуранг қайд этишди  1 22:48Хвича Кварацхелия: "Менга Роналдунинг ўйини ёқади, лекин Месси бошқа сайёрадан"  11 22:23Тебас "Барселона" янги футболчиларни рўйхатдан ўтказишга ҳали тайёр эмаслигини маълум қилди  5 21:48"Андижон" клубининг янги базаси ишга туширилди  9 21:25Тебас Клублар ўртасидаги жаҳон чемпионати ҳақида: "Бу турнирдан қутулиш керак, яна бир турнир учун жой йўқ"  20 20:52Даҳшатли автофалокатга учраган Антонио етти ой деганда майдонга қайтди  0 20:21Индзаги Б Серия клубига бош мураббий бўлди  9

Aleksandr Petrov: "Olmaliq" Osiyo chempionatida iloji boricha yuqori natijalar uchun kurashadi" Yangiliklar

Aleksandr Petrov: "Olmaliq" Osiyo chempionatida iloji boricha yuqori natijalar uchun kurashadi"

Teglar :  OlmaliqFutzal
Bugun "Fourvings Grand Konvention" mehmonxonasida Tailand-2016 turnirining tashkiliy ishlar bo'yicha yig'ilishi o'tkazildi.

Mahalliy vaqt bilan 10:00da boshlangan dastlabki tadbirda musobaqa formati, taqvim, jamoalarning uchrashuvlarda foydalanadigan liboslari, marketing, media, tibbiy masalalar, tartib-intizom va doping nazorati kabi yo'nalishlar borasida malumot berildi.

11:30da esa jamoalar shifokori va massajchilari ishtirokida alohida seminar boshlandi. Unda har bir futbolchini musobaqa davomida sog'ligi nazorat qilib borilishi hamda doping nazorati jiddiy o'tkazilishi takidlandi.

12:00dan boshlab esa jamoalar bosh murabbiylari ishtirokida matbuot anjumani o'tkazildi.

Jamoamiz bosh murabbiyi Aleksandr Petrovning turnir bo'yicha fikrlari quyidagicha bo'ldi.
- "Olmaliq" jamoasi tashkil etilganiga ikki yil bo'ldi. Jamoa yosh bo'lishiga qaramasdan ketma-ket ikki yildan buyon chempionlikni qo'lga kirityapti. Albatta jamoaning bu qadar tez natija berishiga bosh homiyimiz OKMK rahbariyatining hissasi beqiyos. Kombinat rahbari Aleksandr Farmanov jamoaga etarlicha g'amxo'rlik ko'rsatmoqda. Turnir borasida aytadigan bo'lsam, "Olmaliq" shunchaki ishtirok etish uchun kelmagan. Jamoa iloji boricha yuqori natijalar uchun kurashadi. Guruhimizda Eron jamoasi favorit. Ammo biz ham bu turnirda o'z salohiyatimizni ko'rsatishga harakat qilamiz.

Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика