So’nggi yangiliklar

23:38Артур Испанияга қайтиши мумкин  0 23:15Доннарумма "Галатасарой"дан таклиф олган. Истанбулликлар дарвозабоннинг ПСЖ билан музокараларидаги қийинчиликдан фойдаланмоқчи  0 22:40"Ал Насср" Феликсдан сўнг ЖЧ ғолибини нишонга олди  5 22:16Диас "Бавария"га 75 млн евро эвазига ўтмоқда, томонлар барчасини келишиб олишди. "Ливерпуль" вингери 4 йиллик шартнома имзолайди  5 21:48"Ювентус" машғулотларни ўтказиб юборгани учун Дуглас Луисни 40-120 минг евро жаримага тортади. Хавбек Англияга йўл олмоқчи  0 21:21"Милан" "Реал"дан Фран Гарсиянинг нархини сўради. "Қироллик клуби" эса...  0 20:56Хави Симонс Лондон клубига ўтишга тайёр  0 20:18Томас Мюллер МЛСнинг "Ванкувер Уайткепс" клуби билан фаол музокаралар олиб бормоқда  2 19:40"Ал Насср" Антони бўйича таклиф билан чиқди. МЮ вингер учун 50 млн фунт олмоқчи  3 19:14Гвардиола мўйловини ўстирди  11 18:45Ўртоқлик ўйини. "Арсенал" ва "Ньюкасл" ўртасида Сингапурдаги ўйинда 5 та гол урилди  2 17:50"Реал" ўйинчисини 13,5 млн евро эвазига қайта харид қилиш ҳуқуқи билан сотди  0 17:21"Барселона" "Виссел Кобе"ни мағлуб этди, Рэшфорд дебют ўйинини ўтказди  2 16:57Феликс 30+20 млн евро эвазига "Челси"дан "Ал Насср"га ўтади - Фабрицио Романо  5 16:30"Бавария" Диас учун "Ливерпул"га тахминан 80 млн евро таклиф қилди. Клублар битимнинг якуний тафсилотларини муҳокама қилмоқда  7

Aleksandr Mochinov "Bunyodkor"dan ketadi...mi? Yangiliklar

Aleksandr Mochinov "Bunyodkor"dan ketadi...mi?

Ayni paytda poytaxtimiz Toshkentda ko'plab oliy va birinchi liga jamoalari mavsumoldi yig'inlarini olib borishmoqda.
Deyarli har kuni nazorat-sinov uchrashuvlari o'tkazilmoqda. O'yinlarni tomosha qilish uchun kelganlar orasida taniqli mutaxassislar, klub rahbarlari, futbolchilar va OAV vakillarini uchratishimiz mumkin.

Kuni kecha "Oq-tepa" stadionida oliy liga vakillari "Olmaliq" va "Neftchi" jamoalari o'rtasidagi uchrashuv bo'lib o'tdi. O'yinni tomosha qilish uchun juda ko'plab insonlar tashrif buyurdi. Bahsni kuzatish jarayonida ko'zimiz "Bunyodkor" yoshlar jamoasi ustozi Aleksandr Mochinov va birinchi liganing etakchi klublaridan biri rahbarining suhbatiga tushdi. Kuzatishimizcha, ushbu suhbat jarayonida muzokara davom etdi. Yani o'sha klub xo'jayini aynan Mochinovning xizmati orqali jamoasini oliy ligaga olib chiqmoqchi ekanligini aytdi.

Yaqinda Aleksandr Mochinovga Namanganning "Navbahor" jamoasidan taklif tushgani va murabbiy namanganliklar bilan muzokara olib borgani haqida eshitgandik. Ammo yakunda "Navbahor" mutasaddilari Baxtiyor Ashurmatov variantida to'xtashdi.

Aleksandr Mochinov o'tgan mavsumda 1994-1995 yillarda tavallud topgan yoshlardan iborat jamoa tuzib, aynan ular bilan O'zbekiston yoshlar ligasi g'olibligini qo'lga kiritgan edi. Mavsumlar oralig'idagi yig'inlarda o'z shogirdlari bilan ketma-ket nazorat uchrashuvlari o'tkazib, qator yirik hisobdagi g'alabalarni qo'lga kirtmoqda. U so'nggi yillarda o'z ustida tinimsiz ishlashi bilan nom qozondi. "Bunyodkor" yoshlarining o'yinida ham aynan uning chizgilarini ko'rish mumkin. Aleksandr Mochinovga bo'lgan qiziqish klublarda mavsum sayin ortib bormoqda. Darvoqe, Aleksandr Mochinov ayni damda yurtimizdagi eng yosh Pro licenziyasiga ega bo'lgan murabbiy hisoblanadi.

U "Bunyodkor" jamoasidagi faoliyatini davom ettiradimi yoki birinchi liga jamoasini boshqaradimi buni malum vaqtdan keyin bilib olamiz.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика