So’nggi yangiliklar

10:47Фабрицио Романо "Реал"га Юрген Клопп келиши мумкинлиги ҳақида гапирди  0 10:20Алонсо илк таклифга йўқ деди  0 09:52"Реал Мадрид" 20 ёшли ҳужумчи учун 100 миллион беришга тайёр  1 09:24МЮ раҳбарияти Маркус Решфордни "Барселона"га ижарага берганидан пушаймон  5 08:55"Реал" футболчиси: "Рақсга туш ва ҳеч қачон тўхтама"  4 08:27Трент Александер-Арнолд "Ливерпул"га қайтиши мумкин — Mirror  4 07:58Аутсайдерни мағлуб эта олмаган Микел Артета ўйиндан сўнг нималар деди?  9 07:30Чемпионлар Лигаси 1/16 финалининг биринчи ўйинлари якунлари бўйича “Ҳафта ўйинчиси” мукофотига номзодлар эълон қилинди  10 07:01Ахбор Имомхўжаевнинг ёрқин хотирасига бағишланади: "10000 метр баландликда уюштирилган интервью"  1 03:10ЕЧЛ. ​"Будё Глимт" бу сафар ўз уйида "Интер"нинг тазирини берди, "Атлетико"да дуранг, "Байер"да ғалаба  10 03:05ОЧЛ 2. "Ал Аҳли" ва "Ал Насср" ўз уйларидаги учрашувларда ғалаба қозониб, кейинги босқичга йўл олишди  2 03:05АПЛ. "Арсенал" аутсайдерни мағлуб қила олмади ва ўта муҳим очколарни бой берди  20 01:33"Барселона" Рамазон ойига Ямал учун ўтган йилдаги каби махсус овқатланиш режасини ишлаб чиқди  3 00:45ЕЧЛ. "Ньюкасл Юнайтед" меҳмонда "Карабоғ"ни ўта йирик ҳисобда мағлубиятга учратди  5 23:47Филиппе Коутиньо "Васко да Гама"ни тарк этади  12

Aleksandr Krestinin: "Jamoa bir oyda qurilmaydi" Yangiliklar

Aleksandr Krestinin: "Jamoa bir oyda qurilmaydi"

Coca Cola Superliganing 18-turidan o'rin olgan "Bunyodkor" - "Buxoro" uchrashuvidan so'ng mezbonlar bosh murabbiyi Aleksandr Krestinin matbuot anjumanida qatnashdi.

- O'yin haqida

- Raqib jamoani tabriklayman. Ular bizdan ko'ra g'alabani ko'proq istashdi. SHu sabab ham ularning g'alabasi adolatli bo'ldi.

- "Buxoro" bugun qaysidir manoda "avtobus qo'ydi". "Bunyodkor"ning tezkor futbolchilarga bo'sh zonalar qoldirilmadi. Jamoa mashg'ulotlar jarayonida bunga tayyorlanganmidi?

- Yo'q, gap bunda emas. Bugun biz shunchaki o'z darajamizdan pastroq o'ynadik. Hafta davomida jamoa o'yinga ajoyib tayyorgarlik ko'rgandi. Gap avtobus yoki boshqa narsada emas. Biz hamma o'yinda raqib maydonida ko'nroq harakat qilamiz.

- Balki, jarohatlanganlar faktori o'yin natijasiga tasir qilgandir?

- Har bir futbolchi biz uchun muhim. Jamoamiz 11 kishidan iborat emas. Bir futbolchi yo'q bo'lsa, boshqa o'yinchi uning vazifasini bajarishi kerak. Qaytaraman, bugun biz o'z darajamizdan payt o'yin ko'rsatdik. O'yinchilarim istalgan vazifani bajarishlari mumkin, agarda buni o'zlari istasalar, albatta.

- "Bunyodkor"ga kelganingizga ham malum muddat bo'ldi. Siz kelgandagi va hozirgi jamoani farqi nimada? "Bunyodkor" kuchliroq bo'ldi deya olasizmi? Javob ha bo'lsa, unda aynan qaysi jihat bo'yicha?

- Jamoa kuchaydi, deya olaman. Jamoa o'zgardi. O'yin uslubi, sxema o'zgardi. Biroq, bizga barqarorlik etishmayapti. Ikki o'yindan beri shu kabi holat qayd etilmoqda. Jamoaning funkcional holati juda yaxshi. Mashg'ulotlar ham ajoyib o'tmoqda. Psixologik holatimiz yomon emas, shunchaki noto'g'ri. SHunchaki, noto'g'ri. 

- O'tgan turda jamoangiz ofsayddan gol urdi. Buni butun futbol hamjamiyati muhokama qildi. Jamoa ichida bu vaziftni muhokama qildingizmi? 

- Biz bu tarzda fikrlamaymiz. U vaziyatda hujumchimiz himoyaga qaytishda sust harakat qilgandi. Bu o'yinda bu kabi holat bo'lmadi. O'tish fazasida biror marta ofsayd qayd etmadik. O'sha vaziyat bizga faqatgina shu uchun kerak bo'ldi. Adolatli yoki adolatsiz – bunisi hakamlarga havola. 

- Marchichning maydondagi poziciyasi murabbiyning o'yin uslubiga mos ravishda o'zgarib boryapti, desak bo'ladimi? Sababi, Marchich tayanch yarim himoyachisi hisoblanadi.

- Uning poziciyasi o'zgarmayapti. Marchichning o'yindagi funksional vazifasi o'yin davomida o'zgarayotgan bo'lishi mumkin, ammo poziciyasi o'zgarmayapti. Funksional vazifasi o'yin davomida o'zgarishi mumkin. 

- O'zbekiston chempionatiga kelayotganda, biror marta bo'lsa ham bu kabi ko'p mag'lubiyatlar qayd etiladi, deb o'ylaganmidingiz? Sizga jamoada o'z o'yiningizni to'liq qurishingiz uchun qancha oy muddat kerak bo'ladi?

- Yana qaytaraman, biz bu yo'sinda fikrlamaymiz. Mag'lub bo'lsamchi, deya hech qachon o'ylamaymiz. Birorta murabbiy bunday fikrlamaydi. Qancha vaqt kerak? Jamoa bir oyda qurilmaydi.

Reyting: -5   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика