So’nggi yangiliklar

02:17Африка Миллатлар Кубоги. Осимхендан дубль, Лукмандан "гол+пас": Нигерия Мозамбикни тор-мор этди  1 01:13"Андижон" Абдуманнопов билан шартномани узайтирди  0 01:06"Челси" янги устози номи маълум. У шанба куни жамоани майдонга бошлаб тушади  1 00:14Африка Миллатлар Кубоги. Салоҳ гол урди, Миср эса қўшимча таймларда Бенин тўсиғидан ўтди  0 23:42"Барселона" "Ал Ҳилол"дан Канселуни сотиб олишга яқин  1 23:19Эндрик "Реал"даги ўйин амалиёти йўқлиги ҳақида: "Бу ҳаётимдаги энг яхши олти ой бўлди, уй қуришга улгурдим"  2 22:55Сульшер МЮга вақтинчалик мураббий сифатида қайтишга тайёр  11 22:12"Барселона" Канселу бўйича "Ал Ҳилол"га таклиф юборди  0 22:01МЮ Аморимга истеъфо учун 10,05 млн фунт тўлаб бериши керак  3 21:18РАСМАН: Беҳруз Асқаров — ОКМК футболчиси!  1 20:52"Интер" Канселу трансфери бўйича "Ал Ҳилол" билан келишувга эришди, аммо...  2 20:24"Ман Сити" Гвардиол ва Диашнинг жароҳати сабаб қишки трансфер ойнасида ҳимоячи сотиб олмоқчи  17 19:50"Бавария"нинг порлаб келаётган юлдузи "Реал"да ўйнашни орзу қилади  3 19:22Ашортиа: "Андроникашвили билан биргаликда "Андижон" яхши натижаларига эришиши учун ёрдам берамиз"  1 18:57Вадим Абрамов: "Аввал бизга етарлича баҳо беришмасди, энди эса даража кўтарилди"  5

Aleksandr Krestinin: "Agar Qirg'iziston JCH-2026ga chiqishni istasa..." Yangiliklar

Aleksandr Krestinin: "Agar Qirg'iziston JCH-2026ga chiqishni istasa..."

FIFA tomonidan JCH-2026da 48ta mamlakat ishtirok etishi tasdiqlangach, Qirg'iziston FF matbuot xizmati terma jamoa bosh murabbiyi Aleksandr Krestinindan intervyu oldi.

- Ishtirokchi jamoalar sonini oshishi Qirg'iziston terma jamoasining imkoniyatini oshiradimi?
- Nafaqat bizning, balki Osiyo va Afrikaning boshqa har bir mamlakati uchun yaxshi imkoniyat. Lekin buning ustida ishlash kerakligini unutmasligimiz kerak. Kvotalarni oshishi bizga stimul beradi. Ammo buning uchun moddiy texnika bazamizni rivojlantirishimiz kerak. Saralash o'yinlarida tajribasizlik qilib qolmaslik uchun ichki ligamizni rivojlantirishimiz va turli yoshdagi xalqaro musobaqalarda muntazam ishtirok etishimiz lozim. Bosqichma bosqich rejamiz amalga oshib borgan taqdirda JCH haqida o'ylaymiz. Undan tashqari faqat Qirg'iziston FFning sayi harakati bilan ish bitmaydi. Hukumat tomonidan ham ko'mak kerak.



- JCH uchun 48ta jamoa ko'p emasmi?
- Bugungi holatda bazi adolatsiz qarorlarni ko'ramiz. Masalan, Janubiy Amerikaning deyarli barcha terma jamoalari kuchli, ammo ulardan bor yo'g'i 5ta terma jamoa JCHga boradi. Huddi shunday Osiyoda ham. Lekin turnirni tashkil etish tomonini ham inobatga olishimiz kerak. Hamma davlat ham 48ta jamoaga mezbon bo'la olmaydi. Davlatga juda ko'plab sayyohlar keladi. Ularni mehmonxonalar, terma jamoalarni esa yaxshi maydonlar bilan taminlash kerak bo'ladi. Agar bu shartni bajara oladigan mamlakat topilsa, 48ta terma jamoa ko'p emas.

- Bu qaror JCH saviyasiga tasir etishi mumkinmi?
- Saviya tushadi deb o'ylamayman. Tarixga nazar tashlasak, ko'p holatlarga guvohi bo'lamiz. Bazan grand terma jamoalar guruhdan chiqa olmaydi, ayrim holatlarda autsayder deb bilganlarimiz kuchli o'yin ko'rsatadilar. 2014 yilgi Jazoirni olaylik, amaldagi chempimonga qancha qiyinchili tug'dirgandi. SHuning uchun bemalol ayta olaman-ki, bu qarorni saviyaga tasiri bo'lmaydi.



Reyting: +6   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика