So’nggi yangiliklar

13:20Томас Тухель: "Идеал ўйин йўқ, аммо жамоам кўп яхши томонларни кўрсатди"  0 12:50Роберт Левандовский 2025/26 йилги мавсумдан сўнг "Барселона"ни тарк этиши мумкин  1 12:16ОЧЛ-2. "Аркадағ" - "Андижон" учрашувини сингапурлик ҳакам бошқаради  5 11:47U-23 Осиё Кубоги саралаш босқичи. Қирғизистон билан дуранг ўйнаган Ўзбекистоннинг гуруҳида вазият қандай?  13 11:20Ислом Исмоилов Канада билан ўйиндан сўнг: "Пенальтилар серияси доим режамизда бўлади"  1 10:45Саудия клублари Ҳарри Магуайрга қанча маош таклиф қилгани маълум  1 10:09Вильям Салиба қанча муддатга сафдан чиққани маълум  2 09:30Here we go! Онана "Манчестер Юнайтед"ни тарк этмоқда  18 08:58"Ал Аҳли" Франция U-21 аъзосини 25 миллион еврога сотиб олди  3 08:17Роналду Мессидан ўтиб кетди  21 07:50ЖЧ-2026 саралаши. Португалия Арманистон устидан 5:0 ҳисобида ғалаба қозонди, Англия Андоррани енгди, Сербия эса Латвиядан устун келди  9 07:35Дембеленинг жароҳати жиддий бўлиб чиқди. Унинг қанча муддатга сафдан чиққани эълон қилинди  5 23:05Самарқандда хайрия учрашуви: "Динамо" фахрийлари Ўзбекистон МТЖ афсоналари учрашувида 8 та гол урилди  15 22:31Данни Блинд "Аякс"ни тарк этади  2 22:02Расман: "Барселона" собиқ футболчиси Ашурматов ва Машариповнинг жамоадошига айланди  4

Aleksandr Kleckov: “O'zbekistonga qaytishni maqul ko'rdim” Yangiliklar

Aleksandr Kleckov: “O'zbekistonga qaytishni maqul ko'rdim”

Tajribali markaziy himoyachi Aleksandr Kleckov so'ngi davrda Tailandning “BEK Tero Sasana” klubi o'quv-mashg'ulot yig'inlarida qatnashayotgani haqida OAVda axborot berilgan edi.
Kuni-kecha, aniqrog'i, 15 yanvar kuni futbolchi Toshkentga qaytib keldi. Malum bo'lishicha, Kleckov yangi mavsumda faoliyatini “BEK Tero”da olib bormaydi. Nega degan savolga himoyachining o'zi aniqlik kiritib berdi:

- Tailand premer-ligasida har bir klub o'z tarkibida jami 7 nafar legionerni ro'yxatdan o'tkazishi mumkin. Uchrashuv qaydnomasiga esa har bir jamoa 5 nafar xorijlik o'yinchini kiritish imkoniga ega. Maydonda esa bir vaqtning o'zida 4 nafar chet ellik “3+1” tizimida o'ynashi mumkin. Yani bu to'rt futbolchidan kamida bittasi osiyolik bo'lishi shart. Bugungi kunga kelib “BEK Tero Sasana” safida 7 nafar xorijlik o'yinchi mavjud edi: mendan tashqari, yaponiyalik ikki o'yinchi, Argentina, Kongo DR, Gvadelupa (Karib havzasi mamlakati) hamda Sudan vakillari.

Klub rahbariyati biz osiyoliklar oldiga shart qo'ydi. Har o'yinda osiyoliklardan maydonda ular faqat bir kishini o'ynatishmoqchi ekan. O'yin amaliyotimiz kam bo'lishini aytishdi. Bizda kubok musobaqalari bir nechta – Tailand futbol associaciyasi kubogi, Liga kubogi, Qirol kubogi. Kimda o'yin amaliyoti kam bo'lsa, o'shalardan kubok bellashuvlarida foydalanamiz, deyishdi.

Endi o'zingiz ham o'ylab ko'ring. Kuboklar bir nechta bo'lsa ham, baribir kubok bahslaridagi o'yinlar soni oz bo'ladi. O'zi usiz ham yarim yil o'yin amaliyotiga ega bo'lmadim. Men yashil maydonda bo'lishni hozir ich-ichimdan rosa istayapman. O'yinga rosa chanqoqman. Eng birinchi navbatda men shu uchun ham Tailandda bunday tebranishda – bir o'ynab, bir o'ynamay - faoliyat olib borishni maqul ko'rmadim va Toshkentga qaytishga ahd qildim. O'ylaymanki, men o'zim uchun to'g'ri qaror qabul qildim.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика