So’nggi yangiliklar

09:44Алонсо ғалабадан сўнг ўз фикрларини билдириб ўтди  2 09:17Ўзбекистон кубоги. Бугун сўнгги чорак финалчилар аниқланади  0 08:48Ўзбекистон МТЖ аъзоси “Пахтакор“га қайтиши мумкин  6 08:20Клублар ўртасидаги ЖЧ. Чорак финал жуфтликлари билан танишинг  23 07:57Клублар ўртасидаги ЖЧ. Сўнгги чорак финалчи аниқланди  1 07:34Суперлига. Бугун "Динамо" "Нефтчи" учрашуви бўлиб ўтади  5 02:00Клублар ўртасидаги ЖЧ. "Реал Мадрид" "Ювентус" минимал ҳисобда енгиб, чорак финалга йўл олди  56 00:50"Арсенал" Гёкереш билан деярли келишиб олди  0 00:25Премьер лигага қайтган "Сандерленд" ўз тарихидаги рекорд трансферни амалга оширди  0 23:50Александр Ляказетт Саудия Арабистони юқори дивизиони дебютанти таркибига бориб қўшилди  1 22:45"Вест Ҳем" молиявий фейр-плей сабаб Кудусни "Тоттенхэм"га арзонроққа сотиши мумкин  0 21:55"Фенербахче" Шкринярнинг тўлиқ трансфери устида ишламоқда  0 21:29Карвахаль ўзига рақобатчи бўлган Трентнинг "Реал"га келгани ҳақида гапирди  6 21:09Давиде Анчелотти "Реал"даги энг ёмон ҳолат ҳақида гапирди  0 20:45Клублар ўртасидаги ЖЧда яна бир Беллингем порламоқда. У "Боруссия" учун инглиз топ клублари таклифларини рад этган  3

Aleksandr Grigoryan: "Men "Paxtakor"ga maslahatchi murabbiy bo'lib keldim" Yangiliklar

Aleksandr Grigoryan: "Men "Paxtakor"ga maslahatchi murabbiy bo'lib keldim"

Teglar :  Paxtakor
O'zbekiston OTJ - "Paxtakor" (0:1) o'rtasidagi o'rtoqlik o'yini yakunlangach "sherlar" murabbiylar shtabida paydo bo'lgan Aleksandr Grigoryanni suhbatga chorladiq.chorladik.

"Men "Paxtakor"ga maslahatchi murabbiy bo'lib keldim. Hozirda jamoada No'mon Hasanov bosh murabbiy vazifasini bajaruvchi sifatida ishlab turibdi. Biz "Paxtakor" bilan olti kundan buyon tayyorgarlik jarayonlarini o'tkazmoqdamiz. Toshkentda havo issiqligiga qaramay mashg'ulotlarimiz juda yaxshi o'tmoqda. Bugungi o'yinda havo issiqligi uchun jamoa biroz toliqib qoldi. Bu narsa o'z so'zini aytdi", - deya gap boshladi Aleksandr Grigoryan.


- Siz ayollar futbolida ishlagansiz...
- Men bu kabi savollarga javob qaytarmayman. Meni hozirgi kunda ayollar futboli umuman qiziqtirmaydi. Ayni vaqtda "Paxtakor" murabbiyiman va shu klub haqidagi savollarga javob qaytarishga tayyorman.

- Sizni jamoaga kim taklif etdi?
- Bu savolga ham javob berishni istamayman. Muhimi, men yoshligimdan o'zim uchun befarq bo'lmagan "Paxtakor" klubida ish boshladim. Bu jamoaning muxlisi hisoblanaman. Yoshligimdan o'sha mashhur "Paxtakor" ishqibozi bo'lganman.

- "Paxtakor" muxlisi bo'lganman dedingiz. Sizni ushbu jamoada o'z suyukli futbolchingiz bo'lganmi?
- Albatta bo'lgan. Bu shubhasiz Mixail An.

- "Paxtakor" bilan qancha muddatga shartnoma imzoladingiz?
- Biz klub bilan mavsum so'nggiga qadar shartnoma imzoladik.


SHahboz Beg'amov suhbatlashdi.

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика