So’nggi yangiliklar

15:31Осиё Кубоги. Ўзбекистон Саудия Арабистонига қарши тўлиқ оқ либосда ўйнайди  2 15:09Ўзбекистон кубоги. 3-тур расмийлари маълум  0 14:23"Челси" "Арсенал"га йирик ҳисобда имконият бой берилгач, Почеттинони ишдан ҳайдаши мумкин  4 14:08Ўзбекистон олимпия терма жамоаси бош мураббийи Тимур Кападзе Саудия Арабистонига қарши кечадиган баҳс олдидан нималар деди? (тўлиқ матбуот анжумани)  19 13:56"Манчестер Юнайтед" Марсьялнинг нархини эълон қилди  3 13:32Гвардиола Канселунинг келажаги ҳақида фикр билдирди  0 13:05"Шеффилд Юнайтед" АПЛ антирекордини ўрнатди  0 12:37Давлат Турдиалиев таваллудига 62 йил тўлди   10 12:04"Челси" скаутлари "Милан дерби"сини стадиондан кузатишган  2 11:38Футзал бўйича Осиё кубоги. Ўзбекистон - Вьетнам 2:1  0 11:15ФАКТ. Ўзбекистон футзал терма жамоаси кетма-кет бешинчи Осиё кубогида ярим финалга чиқди  9 10:54Аллегри «Ювентус»да қолса, туринликлар етакчиси ёзда жамоани тарк этади  11 10:25«Барселона» вице-президенти Хавининг келажаги борасида расмий баёнот берди  16 10:06Хосе Венансио Лопес: «Эрон билан ўйинга тайёргарлик кўрмадик»  13 09:47Фалакнинг гардиши (Бекзод Толибов блоги)  8

Aleksandr Geynrixdan 2013 yilda olingan katta intervyu Yangiliklar

Aleksandr Geynrixdan 2013 yilda olingan katta intervyu

Kecha O'zbekiston terma jamoasi sobiq hujumchisi Aleksandr Geynrix Italiya A seriyasi yulduzlariga qarshi bahsda maydonga tushdi va xayrlashuv uchrashuvini o'tkazdi.

2013 yilda Geynrix hali 3 yoshga ham to'lmagan championat.asia saytining "Kecha, bugun, ertaga" loyihasi uchun katta, eksklyuziv intervyu bergan edi. Quyida o'sha intervyuni hech qanday o'zgarishlarsiz taqdim etamiz.



Har bir sohaning o'z shaxsi bo'ladi. Tabiiyki futbol ham bundan mustasno emas. O'z paytida Krasnickiyni o'yinini ko'raman deb stadionga tashrif buyurgan muxlislar, keyinchalik Birodar Abdraimov o'yinlarini tomosha qilishgan. Atayin Mirjalol Qosimovni ko'raman deganlar qancha bo'lgan. Bugun oliy liga jamolarida shunday o'yinchilar bormi? Masalan siz aynan qaysi futbolchini o'yinini tomosha qilish uchun stadionga tashrif buyurasiz? Yaqinda, «twitter»dagi sahifamda bir o'quvchi, bir paytlar «Paxtakor» Farg'onaga kelganida Ahmedov va Geynrix o'yinini ko'raman deb ham stadionga borar edik degan fikrni bildirib o'tdi. Haqiqatdan ham bu futbolchilarni o'z muxlisi, aynan jamoa emas, ularning o'yinini tomosha qilish uchun stadionga keladigan muxlislar soni ko'p edi. «Kecha, bugun, ertaga» loyihasi yuzasidan elektron mazilimizga kelib tushayotgan takliflar ichida, Aleksandr Geynrix bilan suhbat o'tkazishimizni so'raganlar ko'p bo'ldi. Futbol kim uchun, albatta muxlis uchun. Muxlisning tilagi biz uchun qonun va bu safargi mehmonimiz - Aleksandr Geynrix.

Geynrix bilan intervyu oson bo'lmasligini avvaldan bilar edim. Sasha bilan shahsan 2008 yildan beri tanishmiz. Juda ham hushchaqchaq inson. Tabiiyki bunday toifa kishilar bilan jiddiy asnoda suhbatlashish qiyin bo'lar edi. Intervyu qanchalik o'xshadi yoki yo'q, buni o'qiganingizdan keyin o'zingiz xulosa qilasiz.

- Keling tarixga qaytamiz, Angren ko'chasidan MTJgacha borib etgan Geynrix qanday futbolga kirib kelgan?

- Faoliyatimni do'stlarim kabi ko'chada futbol o'ynash bilan boshlaganman. SHunday kunlarning birida do'stlarimdan biri, baribir kun bo'yi futbol o'ynayapmiz, kettik biron-bir to'garakka borib shug'ullanaylik dedi. Har kuni qilib yurgan ishimiz bo'lganligi uchun yo'q demadim va tuman futbol maktabiga yozildim. Keyin bizni shaharni ikkinchi ligasidagi jamoaga qabul qilishdi. To'p bilan muomala qilish davomida, bu meni ishim ekanligini anglab etdim. Tumanlararo chempionatda CHirchiq jamoasiga qarshi o'ynar edik, o'shanda chirchiqliklar sharafini Server Jeparov ham himoya qilar edi. 8-sinfga o'tganimizdan keyin Ilyosning dadasi Bakir aka Zeytullaev bizni Toshkentdagi internatga olib borishini aytdi. Bu paytda Ilyos ham mashg'ulotlardan o'tayotgan edi. Yig'indan o'tish uchun mashg'ulotlarga keldim. Ochig'ini aytaman oson bo'lmagan. U paytda internatda O'zbekistonning eng kuchli bolalari kelib yig'indan o'tishar edi. Eng saralangan futbolchilargina ko'rikdan muvaffaqiyatli o'tishdi. Ular qatorida men ham bo'lgan edim. SHundan keyin futbol meni hayotim bo'lishini anglab etdim va bor etiborini unga qaratdim.




- Odil bilan suhbtlarimiz chog'ida u sizni o'yinlaringiz va mashg'ulotlaringizni tomosha qilganligini aytib o'tgan edi...


- O'z navbatida biz ham o'zimizdan katta yoshdagi jamoalarni mashg'ulotlarini kuzatar edik. O'yinlarini ko'rib kerakli narsalarni o'rganib keyin uni o'zimizda sinardik. U paytlarda men oliy ligada o'ynayman deb o'ylamaganman ham. Birinchi liga o'yinlarida futbolchilarni gavdasi va maydondagi hatti-harakatlarini ko'rganimda ularni orasiga tushib qolsam sog' chiqmayman deb o'ylar edim. Lekin yakunda shunday bo'ldi-ki, o'zim uchun qiyin ko'ringan birinchi ligani ortda qoldirib terma jamoagacha borib etdim.

- Avvalgi sharoit bilan hozirgisini solishtirsak...


- Har birimizda to'p bo'lar edi. Ammo bu to'plar uchun o'zimiz pul yig'ar edik. Qo'shimcha mashg'ulot o'tkazishni istasak ham shu kabi holat. Internatda yog'och kukunidan (opilka) iborat bo'lgan maydon bo'lar edi. Pul yig'ib kukun sotib olar edik.

- Qachon futbol bu meni kasbim bo'ladi degan qarorga kelgansiz?


- Ilk marotaba yoshlar terma jamoasi safida mashg'ulot o'tkazish uchun Germaniyaga bordik. Aynan mana shu safar men o'z ustimda hali ancha ishlashim kerak ekanligini anglab etdim, nafaqat men barcha. U erda o'rtoqlik uchrashuvida maydonga tushib mag'lubiyatga uchradik. Mag'lubiyat ham shunchaki bo'lmadi. Ular bizdan har tomonlama o'zlarining ustun jihatlarini namoyon qila olgan edilar. O'rtadagi tafovut juda ham katta edi. SHundan keyin men o'zimiga so'z berdim, futbol bilan jiddiy shug'ullanaman. Bu murabbiylarga ham bog'liq edi. Agar murabbiy sendan yaxshi futbolchi chiqarishni istasa, seni mashg'ultolarda «qiynashi» kerak. Undan tashqari futbolchining ko'zida olov yonishi kerak. Keyin saralash bahsida biz Nepalga yutqazib qo'ydik va o'smirlar o'rtasidagi qita chempionatiga chiqa olmadik. Keyin yoshlar terma jamoasi tuzildi va Borisov qo'l ostida jamlandik.

- Saralash o'yinlari «JAR» stadionida bo'lib o'tgan edi. Barcha o'yinlar TVda ko'rsatilgan va xalq Geynrix kim, Nesterov kim ekanligini bilishdi...

- Bu kunlarni ununtib bo'larmidi? Bizning hamma ishlarimiz amalga oshar edi. SHu tarkibda haqiqatdan ham eng kuchlilar yig'ilishga va men har bir o'yinda 2tadan kam bo'lmagan gollarni urar edim. Ayniqsa muxlislar seni ismingni aytib baqirib turishsa, kuchinga kuch qo'shiladi. Aslida futbol muxlislar uchun. Muxlis uchun nima kerak, qiziqarli va jonli futbol. Nima uchun biz teatrga tushamiz, sababiki o'tda hammasi tabiiy kechadi. Kishi dam oladi. Futbolda ham shunday bo'lishi kerak. Har bir sanat shinavandasi kinoga sevimli aktyorimni ko'raman deb boradi. Futbolda ham shunday bo'lishi kerak.




- Bugunga kelib yoshlarimizga yaratilgan sharoitlar juda ham zo'r. Deyarli har oyda chet el safariga boradilar. Sizlar esa oddiy sharoitda juda chiroyli o'yin namoyish etgan edilar. Bu ko'proq nima bilan bog'liq bo'lgan?


- To'g'ri. To'g'risini aytsam safimizda zo'r o'yinchilar ko'p edi.

- Savolni boshqacharoq beray, hozir yoshlar terma jamoasi azolarini tanimaymiz. Sizlar Osiyo chempionatida o'ynayotganilarda ko'pchilik tanir edi. CHunki hammangiz jamoalaringiz safida ko'zga ko'ringa edingiz...


- Gap shundaki har bir yosh futbolchining taqdirida o'tish bosqichi bo'ladi. Siz yoshlar saviyasidan yuqorilanganingizni sezasiz ammo kattalar ichida tajribangiz yo'q. Yoshlar tarkibidan o'tish chog'ida futbolchidan katta psixologik kuch va xarakter talab qilinadi. O'z navbatida senga imkoniyat ham berilishi kerak.

- Hammani asrab qola olmaymiz. Hozir 2% futbolchilar saqlanib qolinyapti yoki yo'q. Hech bo'lmasa 10% futbolchini asrash uchun nima qilish kerak?


- Etakchi jamoalar hamisha chempionlikni maqsad qiladilar va ular tajribali futbolchilarni hizmatidan foydalanishni maqsad qiladilar. Yirik hisob qayd etilib turgan paytdagina yoshlarga bazida imkon berishadi.

- Bugun oliy ligamizda 14ta jamoa bor deng, lekin sanab chiqsak 10ta yosh futbolchi yo'q.


- Hozir Qozog'istonda har bir jamoada 22 yoshgacha bo'lgan bitta futbolchi maydonga tushishi shart. Bizniing safimizda ularning 4 nafarni tashkil etadi. CHunki asosiy tarkibda maydonga tushgan futbolchi zaxiradagisiga aynan shu yoshdagi futbolchiga almashtirilishi lozim. Istaysizmi yo'qmi jamoada 4 nafar yosh futbolchini ro'yxatdan o'tkazishga majbursiz. CHunki bitta o'yinchi qizil kartochka olib qolsa, asosiyda bitta yosh va zaxirada yana bittasi o'tirishi kerak. Asosiy tarkib futbolchilari uchun bu biroz qiyin bo'lishi mumkin, chunki siz o'sha yosh bola uchun ham o'ynaysiz. Ammo chempionat va MTJga futbolchi tarbiyalash uchu bu eng yaxshi yo'l. O'z navbatida yoshlar ligasi tizimiga ham o'zgartirish kiritish kerak. Qozog'iston yoshlar ligasida 1992 yildan katta bo'lgan futbolchilarni o'ynashi man qilingan. 2014 yil esa asosiy tarkibdagi yosh futbolchi soni 1 yoshga kichrayadi, bu esa murabbiyni tinmay izlanishga majbur etadi. Mamlakatdagi yosh istedodni topish orqali raqibdan ustunlikni qo'lga kiritadi. Bu esa yosh futbolchi uchun katta imkoniyat.

- Dilshod Nuraliev bilan bo'lib o'tgan matbuot anjumanida, mutaxassis natija yo'lida futbolchilar yo'qolib borayotganligini takidlab o'tdi. Bir paytlar bizda natija bo'lmagan, ammo MTJ uchun yaxshi o'yinchilar etishib chiqardi. Yoshlar va o'smirtlar tarkibida etakchi futbolchi yo'qdek...


- Etakchi futbolchi hamma erda bo'lishi kerak. Etakchida gap katta. Maydonda qizishi turgan paytingiz o'sha etakchi oldingizga kelishi kerak-da, Sasha jim bo'l, o'yiningni qil deyishi kerak. Bizning MTJda ham eng katta kamchilik mana shunda. Bizda etakchi futbolchimiz yo'q. Futbolchilarning o'rtasidagi munosabat yomon emas, lekin maydondagi etakchini vazifasi boshqa va u siz bo'lmaydi.

- O'z paytida siz ham yoshlar o'rtasidagi JCHda qatnashgansiz. Terma jamoamiz uchun debyut bo'lsa- da, bu erda sizlar raqibdan kam bo'lmagan holda to'p tepgansizlar. SHahsan menga Argentinaga qarshi kechgan uchrashuv juda yoqqan edi...


- Osiyoda biz qitadoshlarimizga 4-5tadan gol urar edik va bollar shu narsani yaxshi anglab etishgan edi-ki, ular ham biz kabi odam. Garchand guruhdan chiqa olmagan bo'lsak-da, o'yinimiz chiqqan edi, hech bir chiziqda imkoniyatni boy bermagan edik. Mana bugungi kunga kelib JCHga chiqish odat tusiga aylandi, bu ham natija.

- JCH sizga nima bergan edi?


- Katta extiros va jiddiy futbol nima ekanligini angladim. Keyinchalik bu halqaro maydonlardagi ishlarimda ancha as qotgan.

- Keling endi klubdagi faoliyatingiz haqida gaplashamiz.


- Internatdagi ustozim Bahodir aka Toshmuhamedov menga «Do'stlik» qiziqayotganligini aytdilar. Men «Do'stlik» safida asosan o'rinbosarlar safida maydonga tushar edim. «Neftchi»ga qarshi o'ziga xos derbi bo'lar edi. Boisi jamoamiz ancha kuchli bo'lgan, amaldagi chempionlar. Azamat Abduraimov, Jafar Irismetov kabi hujumchilar harakat qilishgan. «Neftchi» o'rinbosarlariga qarshi o'yinda esa raqibimiz hujum chizig'ida Kopadze va Kovalenko harakat qilar edilar. SHundan keyin bizni «Paxtakor»ga jalb qilishdi. Bu paytga kelib Magdeev bilan ancha yaqin edik. U ham menga qo'ng'iroq qilib «Paxtakor»dan taklif tushganligini aytdi. SHu tariqa biz «Paxtakor»dan o'rin oldik.




- «Paxtakor»ga sizlarni kim taklif etdi?


- Anig'ini bilmayman, menga jamoaga borish kerakligini aytishdi.

- SHu yili jamoa O'zbekistonning eng kuchli futbolchilari evaziga shakillantirildi. Jamoa chempionlikka erishdi, OCHLda ham o'yinlar zo'r chiqdi. Nomdan tashqari o'yin ham bor edi...


- Bunga sabab Tachmurod Agamurodov. U juda kuchli mutaxassis va u olib kelgan taktikani raqiblarimiz tushunmagan edilar. Biz ham boshida bilmagan edik, yarim mavsum o'tganidan keyin Agamurodov nima talab qilayotganligini tushunib etdik va 4-4-2 taktikasini o'zlashtirib oldik. Unga qadar O'zbekistonda 3 nafar himoyachi bilan o'ynashar edi. Bu taktikaga o'tganimizdan keyin to'g'risi, raqiblar biz qanday o'ynayotganligimizni bilmas edilar. Bu esa bizga qo'l keldi.

- Ko'p o'tmay CSKA...


- Yangi yil kuni Samvel Vyacheslavovich telefon qilib Moskvaga ketishimni aytishdi. Bu men uchun yangi yil hangomasi bo'lib ko'rindi.

- Gazzaev esa qorbobo?


- (kuladi) Olich, Semak, Yaroshik bu yangi yil sovg'asi edi haqiqatdan ham.




- CSKAda o'ynab keta olmaganingizga asosiy sabab nimada bo'lgan?


- Tarkib juda kuchli edi. Olich va Vagner tayyor futbolchi sifatida jamoaga kelishgan. Menga hattoki mashg'ulotlarda ko'zimni ochirishmasdi. Juda ham qattiq va kurashga boy bo'lardi. Rossiya Superkubogi finalida maydonga tushib yaxshi imkoniyatdan foydalana olmaganman. Echinish xonasida Gazzaev menga baqirib bergan. Jamodan ketgim kelgan. Keyin Gazzaev oldiga chaqirib barchasini tushuntirib bergan: «Biz chempionlik uchun kurashamiz va rahbariyat ham shuning uchun pul beradi. Hech bir imkoniyatni qo'ldan boy berishimiz kerak emas, shunga yarasha futbolchilar katta pul ishlashadi».

- Keyin...


- Keyin menga imkoniyat berilmadi. CHempionatda bor yo'g'i ikkita o'yinda maydonga tushdim.

- Har bir yarim himoyachining o'z hujumchisi bo'ladi. Ming zo'r bo'lmang, yarim himoyachi pas bermasa hech kimsiz. Sizning faoliyatingizda ham shunday holat bo'lganmi?

- «Torpedo»da. Eng yomon xotiralar mana shu jamoadan qolgan. Ikki yil o'ynagan bo'lsam, 40tacha o'yinda maydonga tushganman. Ziryanov, Semshov va Panov kabi futbolchilar o'ynashar edi. Klubning moliyaviy holati zo'r bo'lmagan. Ammo nima uchundir meni chiqishtirmadi.

- Barcha-barchasidan kelib chiqib aytadigan bo'lsak, «Paxtakor» Sizning jamoangiz!


- Sababi jamoa menga asosiy tarkibga o'tadigan bosqichimda imkoniyat berdi. Jamoa prezidentidan tortib, vice-prezidentigacha men hurmat qilishadi. Eng katta rahmatni Tachmurod Agamurodovga aytishim mumkin. Bu murabbiy meni futbolchi sifatida shakillantirdi.

- Ko'pchilik savol beradi. Nima uchun siz doim huquqan «Paxtakor»ga tegishli bo'lasiz. Lekin ko'pchilik bilmaydi, qiyin paytda erkin futbolchi bo'lsangiz-da, «Paxtakor» bilan shartnomangizni uzaytirib jamoaga pul ishlab olish imkonini berasiz. Aslida, shu transfer pulini ham klubdan o'zingiz uchun olsangiz bo'ladi...


- To'g'ri, lekin pul hamma narsani ham hal qilmaydi-ku?! Ochig'ini aytsam men pul borasida saxiyman. Men uchun puldan ko'ra, ikki kishi o'rtasidagi munosabat katta rol o'ynaydi. Oila, sevgi, farzand va do'stlar. Bularni pulga sotib olib bo'ladimi? Agar kishi aqlliy bo'lsa pul doim o'zi keladi. Lekin pulga xirs qo'yish kerak emas.

- «Paxtakor» - «Bunyodkor» yoki «Paxtakor» - «Neftchi». SHahsan men uchun «Paxtakor» - «Neftchi», bu tarixdan shakillanib kelgan qarama-qarshilik, «Paxtakor» - «Bunyodkor» esa shunchaki chempionlik poygasidagi kurash...


- «Neftchi»ga qarshi o'yinlarda odam mazza qilib o'ynaydi. Bu ikki jamoa o'rtasidagi uchrashuvda minglab muxlislar stadionga tashrif buyurishadi. Farg'onada ham meni o'yinimni ko'rish uchun keladiganlar bor edi. SHunda biz shunchaki natija uchun emas, ikki jamoa muxlislari uchun ham futbol o'ynar edik. Bu o'yin xalqni o'ziga yoqardi. Aslida muxlis stadionga kelsa har bir o'yin qiziqarli o'tadi.

- «Paxtakor» davrini eslasak, nimalarni sog'inasiz?


- «Paxtakor»ni ilk marotaba yangitdan yig'ishgan paytini. Bazada mashg'ultolardan tashqari yana o'zim to'pni olib maydonga chiqar edik. Ko'zlarimizda olov yonardi. Qiziq paytlar, mana shu kunlarni sog'inaman.

- Oliy ligaga qaytish niyatingiz bormi?

- Hozir emas.

- Sababi bormi, ko'pchilik oliy ligani tark etib ketgisi kelyapti?


- Futbolchi har doim yuqori cho'qqi sari ildamlashga harakat qiladi. Masalan siz ham rivojlanishni istaysiz to'g'rimi? Agar sizga Tarantino sizga birga ishalshni taklif etsa?

- To'g'risini aytaymi? Men uni taniymayman, futboldan boshqasi qiziq emas.


- (kuladi) Yoki «Real»ga ketishni?

- Unga ham yo'q deyman, qachonki «Barselona» chaqirmasa (kulib)


- Demak, siz ham Bikmaev bilan bir xil ekansiz.

- Ko'pchilik futbolchilar faoliyatini tugatganidan so'ng murabbiy bo'ladi, lekin sizdan yaxshi menejer chiqadi! Masalan, shou uchrashuvla o'tkazish, o'rtoqlik o'yinlarini tashkil qilish degandek. Oddiy misol SHackix xayrlashuv uchrashuviga munosib, bitta cho'pon olib tarkibga kiritmasa ham hammani oldida kiydirib kuzatsa bo'ladigan ish...


- Futbolni xalq uchun o'ynashadi, demak xalqni futbolga jalb qilish uchun turli tadbirlarni o'tkazish lozim. Oddiygina dastxat berish marosimi yoki rasmga tushish. Mana «Qayrat» jamoasini olaylik, bu borada ular ancha ilgarilab ketishyapti. Muxlislar bilan shou uchrashuvlar o'tkazishadi. Xalq uchun bu yoqayapti. O'z do'konlari bor. Muxlis kumiri bilan uchrashuvlarda ishtirok etyapti, qiziqarli savollarini beradi. Deylik men, «Paxtakor» do'koniga bordim. To'g'ri do'kon bor, lekin o'zim uchun kerakli haridni amalga oshira olmayman. Yoki 4ta futbolchini chaqirib fotosessiya o'tkazish?





- Terma jamoada 3 marotaba qita chempionatida ishtirok etdingiz, MTJ haqida...

- 2004 yil men asosiy tarkib azosi emas edim. Aksar o'yinlarda terma jamoani zaxirasida o'tkazdim, aksarida umuman chaqirilmadim. Hatto-ki shunday bo'ldi-ki, uzoq muddat o'zim bilmagan holda tanaffus qildim. Muxlislarga rahmat, ular meni qaytarishdi.


- Ahmedov bilan «Paxtakor»da yaxshi tandem hosil qilgan edingiz. Nima uchundir MTJda bunday bog'liqlikni ko'rmaymiz...

- CHunki Ahmedov borida men, men borimda Ahmedov bo'lmayapti. Yoki Ahmedov o'ynayotganida men zaxirada bo'laman. Jiddiy aytsam, «Paxtakor»da Odil oldiroqda o'ynar edi va u bilan yaxshi chiqishar edik. Abramov paytida esa u himoyada o'ynaydi, tabiiyki men himoyaga pas bermas edim.


- Yana solishtiramiz. Siz «Paxtakor»da hujumchi ortida ham o'ynar edingiz, ikkinchi hujumchi rolida sizda foyda katta bo'lar edi. Keyin 1ta hujumchi taktikassida o'ynash ham qiyin, to'g'rimi?

- Juda ham. 2ta hujumchi bilan maydonga tushganingizda himoyachilar sizni teng bo'lib olishadi va bu ancha oson bo'ladi. Bitta hujumchi bo'lgan o'yinlarda esa hamma bor etiborini sizga qaratadi. Menga hujum ortida o'ynash yoqadi. CHunki pas bergim keladi, buning uchun old chiziqda yaxshi tezkor hujumchi bo'lishi kerak. Zayniddin Tojiev bilan mazza qilib o'ynar edim, qaerga pas bermay u yugurib borardi.


- Tajriba borasida SHackix bilan qanday o'ynagansiz, gapimga qo'shilasizmi, SHackix bu brend. Afsuski kerak paytida undan ham foydalanmadik. Kloze faoliyatini tugatgisi kelayotgan bir paytda, MTJga chaqirishyapti?


- Mana shu narsaga qo'shilmagan bo'lar edim. Yoshartirish haqida gapirilyapti. Buni bitta o'yinda qilib bera olmaysiz. Deylik siz yoshartirib yubordingiz, ammo natijani kimdan talab qilasiz? Yoshlarni kattalar bilan jipslashtira olish kerak. Totti, Maldini, Zanetti bunaqa misollar ko'p. Klubda yoshartirib yuborish orqali bir necha yil o'tib natijaga erishish mumkin, lekin MTJ uchun har bir o'yin muhim ahamiyat kasb etadi. Bazida muxlislar ketishimiz kerak ekanligini aytishadi, lekin kerak deganlar ham ko'p. Mana shu muxlislar uchun ham o'ynaging keladi.




- Hayotdagi quvnoq Geynrixgina mag'lubiyat uchun maydonda ko'z yosh to'kadi...

- Bazan oshirib yuboraman, bu yaxshi emas. Mag'lubiyatni tezda unuta olishni o'rganishim kerak.



2013 yil, oktyabr oyi
Nodirxo'ja Yuldashev suhbatlashdi



Reyting: +12   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика