So’nggi yangiliklar

02:00Клублар ўртасидаги ЖЧ. "Реал Мадрид" "Ювентус" минимал ҳисобда енгиб, чорак финалга йўл олди  39 00:50"Арсенал" Гёкереш билан деярли келишиб олди  0 00:25Премьер лигага қайтган "Сандерленд" ўз тарихидаги рекорд трансферни амалга оширди  0 23:50Александр Ляказетт Саудия Арабистони юқори дивизиони дебютанти таркибига бориб қўшилди  1 22:45"Вест Ҳем" молиявий фейр-плей сабаб Кудусни "Тоттенхэм"га арзонроққа сотиши мумкин  0 21:55"Фенербахче" Шкринярнинг тўлиқ трансфери устида ишламоқда  0 21:29Карвахаль ўзига рақобатчи бўлган Трентнинг "Реал"га келгани ҳақида гапирди  6 21:09Давиде Анчелотти "Реал"даги энг ёмон ҳолат ҳақида гапирди  0 20:45Клублар ўртасидаги ЖЧда яна бир Беллингем порламоқда. У "Боруссия" учун инглиз топ клублари таклифларини рад этган  2 20:19Расман: Кепа "Арсенал"га ўтди  0 19:49"Арсенал" қанотни кучайтирмоқчи, лекин Мартинелли қолади  0 19:22"Футбол олами". Қаршида "триллер" рўй берди, "Навбаҳор"дан 6:0, "Бунёдкор"да суперкамбэк  1 19:06"Монако" "Барселона" ҳужумчисини ижарага олди  3 18:38"Арсенал" "Челси" вингери учун таклиф юборди  3 18:10Хаби Алонсо Родригонинг "Реал"даги роли ҳақида гапирди  2

Aleksandr Ejov: "Biz "SHo'rtan"ni o'yindan oldin "yutib bo'lgandik" Yangiliklar

Aleksandr Ejov: "Biz "SHo'rtan"ni o'yindan oldin "yutib bo'lgandik"

Pro liganing 21-turidan o'rin olgan "SHo'rtan" - "Xorazm" (3:0) uchrashuvidan keyin mehmonlar bosh murabbiyi Aleksandr Ejov o'z fikrlarini bildirdi.

"Birinchi navbatda "SHo'rtan"ni haqli g'alaba bilan tabriklayman. Birinchi taymda G'uzor klubi har tomonlama bizni mag'lub etdi", - Aleksandr Ejov.

- Ikkinchi taymda jamoaingizni o'zgartirib qo'yishgandek tuyuldi...

- Bugun yigitlar ket-ket uchta o'yinda yutib xotirjamlikka berilishdi shekilli. G'uzorda osongina yutamiz deb o'ylashdi menimcha. Bundan tashqari bizda jarohat olganlar ko'p, yarim jamoamiz ukollar yordamida maydonga tushishmoqda. Afsuski futbolni alday olmaysan, kim ko'proq yugursa, ko'proq harakat qilsa o'sha tomon yutadi. Bugun "SHo'rtan" shunda o'ynadi, ularda istak ham yuqori bo'ldi.

- "Xorazm" birinchi davrada xuddi shu hisob bilan yutgandi, bugun esa mag'lubiyat. "SHo'rtan" asosiy tarkibni shakllantirishda qiyinchilikka duch kelgan klub hisoblanadi, nimaning evaziga bunday yirik hisob qayd etildi deb o'ylaysiz?
- Menimcha yigitlar o'yindan oldin "SHo'rtan"ni "yutib bo'lgandi". "SHo'rtan" yuqorida aytganimdek bizdan ko'proq yugurdi.

- Bugun qaysi chiziqdan ko'ngliz to'lmadi?
- Butun jamoadan ko'nglim to'lmadi.

- Bugun futbolchilarga ham, murabbiyga ham etiroz qilmadingiz... Boshqa o'yinlarda ham shundaymisiz?
- Barcha etirozimni tanaffus vaqtida futbolchilarga bildirdim (kuladi). O'yinda raqib bizni shunchaki mag'lub etganida hakamga etiroz bildirib nima qilaman?




Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика