Aleksandr-Arnold: "Ochig'i, jamoada nimadir noto'g'ri ketmoqda"
31 okt 2022 00:36
Yangiliklar


Aleksandr-Arnold: "Ochig'i, jamoada nimadir noto'g'ri ketmoqda"
"Liverpul" himoyachisi Trent Aleksander-Arnold jamoasining so'nggi o'yinlardagi muvaffaqiyatsizliklari haqida o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
“Biz o'zimizga ishonamiz deb ko'p bora aytardim. Ammo muvaffaqiyatsizlikka uchraganingizda, o'z ishingizni qayta ko'rib chiqishga va bazi narsalar borasida shubhalanishga majbur qiladi. Jamoada nimadir noto'g'ri ketayotgani aniq. Bu, ayniqsa, “shporlar”ga qarshi o'yin oldidan hammani o'ylantirishi kerak. Biz u erdan ochko bilan qaytishimiz kerak", - dedi himoyachi.
Eslatib o'tamiz, Premer-ligadagi so'nggi uchta o'yindan ikkitasida "Liverpul" mag'lub bo'ldi.
Yurgen Klopp shogirdlari 1 noyabr kuni “Napoli”, 5 noyabr kuni esa “Tottenxem”ga qarshi o'ynaydi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar