Aleks Sandro "Yuventus"da qoladimi?
19 iyu 2017 15:11
Yangiliklar
Aleks Sandro "Yuventus"da qoladimi?
Turinning "Yuventus" klubi Aleks Sandro bo'yicha "CHelsi"ning navbatdagi taklifini rad etdi.
"CHelsi" klubi "Yuventus" vingeri Aleks Sandro bo'yicha turinliklarga avvaliga 50, keyinchalik 60 va yaqinda 63 million evrolik taklifni jo'natdi. Biroq "Yuventus" rahbariyati barcha takliflarni rad etdi.
Turinliklar hozirda Aleks Sandroga yangi shartnoma taklif etgan.
Bu haqda Italiyaning mashhur "Tuttosport" nashri xabar bermoqda.
SHuningdek, turinliklar agarda futbolchi o'z xohishi bilan "CHelsi"ga yoki boshqa jamoaga o'tishni istasa, unda Sandroni majburlab olib qolmoqchi emas.
Yaqinda "Yuventus" bosh menejeri Beppe Marotta "CHelsi"ning Sandro borasidagi taklifiga rad javobini berishganini takidlab o'tgandi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Барселона" меҳмонда "Вильярреал" устидан ишончли ғалабага эришди, мезбонлар ўйинчиси 39-дақиқада майдондан четлатилди
"Реал" Абдуқодир Ҳусановни ўз сафига қўшиб олмоқчи
Breaking! Ўзбекистоннинг ЖЧдаги рақиби Португалия Эрон билан ўйнайди
АПЛ. "Ман Сити" ўз майдонида "Вест Хэм"ни мағлуб этди, Ҳусанов 67-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Fikrlar