Aleks Sandro faoliyatini "Chelsi"da davom ettirishi mumkin

Tolibjon Qosimov
4 yanv 2017, 10:58
"Yuventus" himoyachisi Aleks Sandro faoliyatini "Chelsi"da davom ettirishi mumkin.
Bu haqda "Calciomercatr" xabar berdi. "Aristokratlar" ustozi Antonio Konte "Yuventus"da braziliyalik bilan ishlagan, hozir esa uni "Chelsi"ga olib o'tmoqchi. Sandroning italiyaliklar bilan shartnomasi 2020 yilgacha mo'ljallangan. Londonliklar Oskarning "Shanxay SIPG" klubiga sotilishidan tushgan 60 million evroning bir qismini aynan shu transferga sarflashlari kutilmoqda.

O'xshash yangiliklar


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: Calciomercatр