Aleks Fergyuson: "Kimdir menga "Vest Xem" "uslubi"ni tushuntirib beradimi?"
22 okt 2014 13:06
Yangiliklar


Aleks Fergyuson: "Kimdir menga "Vest Xem" "uslubi"ni tushuntirib beradimi?"
"Manchester Yunayted" sobiq bosh murabbiyi Aleks Fergyuson "Vest Xem" ustozi Sem Ellardaysni himoya qildi.
Muxlislar so'nggi paytlarda mutaxassisni "Vest Xem"ning uslubiy yo'q deya tanqid qilishmoqda.
"O'lishimdan oldin, kimdir menga "Vest Xem" "uslubi"ni tushuntirib beradimi? Bu jamoa so'nggi marotaba 1980 yil sovrin qo'lga kiritgan. Men hech qachon xavfli futbol namoyish etadigan "Vest Xem"ga duch kelmaganman. Ular doimo ikkinchi jamoa bo'lib o'ynashardi va rosa omadi kelardi.
Ellardaysning oxirgi o'yinlardagi harakati uchun muxlislarning noroziligiga keladigan bo'lsak, unda o'rtamiyona futbolchilar bor. Barcha savollar klub rahbariyatiga berilishi kerak, Sem esa futbolchilardan borini siqib chiqaryapti" - deydi Fergyuson.

Fikrlar