Aleks Fergyuson: "Fergi-taym" - mening hiylam"
25 dek 2014 22:38
Yangiliklar

Aleks Fergyuson: "Fergi-taym" - mening hiylam"
"Manchester Yunayted"ning sobiq bosh murabbiyi ser Aleks Fergyuson o'zining so'nggi daqiqalardagi mashhur "fergi-taym" haqida gapirib o'tdi.
Men o'yin vaqtida soatga qaramasdim va nechinchi daqiqa o'tayotganligini bilmasdim. O'yin yakuniga etayotgan payt asosan soatga qarardim va bu narsa hakam va raqibga ruhiy bosim singari o'tardi. Bu o'ziga xos hiyla edi. Men tanaffusda futbolchilarimga o'zlarini bosib olishlarini va imkonni kutishlari kerakligini ko'p bor takidlardim. So'nggi 15 daqiqalikda esa o'zlari istagan barcha ishni qilishlari mumkinligini aytardim. Men ehtiroslarga boy odamman va futbolchilarimga ham shuni o'qtirardim. Bu narsa ko'p bor ish bergan, ammo har doim ham emas.
Qachonki biz so'nggi daqiqalarda g'alabalarni ilib ketganimizda, futbolchilar kiyinish xonasida barcha jinniliklarni qilishar, bunihoyat quvonishardi. Kiyinish xonasida o'zgacha muhit hukmronlik qilardi.

Fikrlar