Aleks Fergyuson avtobiografisini sotilishidan bir million funt ishlab oldi
21 jan 2014 14:27
Yangiliklar


Aleks Fergyuson avtobiografisini sotilishidan bir million funt ishlab oldi
“Manchester Yunayted” klubining sobiq bosh murabbiyi Aleks Fergyuson avtobiografisini sotishdan hozirgacha bir million funt ishlab oldi, deb xabar beradi “Mirror”.
Uning avtobiografisi Buyuk Britaniyada ilmiy-ommabop kitoblar orasida eng ko'p sotilgan nashrga aylandi. Birinchi haftaning o'zida 115 ming kitob sotilgan. Bundan oldin Deli Smit kitoblariga talab katta bo'lgan.
1999 yilda uning kitobi haftasida 112 ming dona sotilgan edi. 2013 yilning oxiriga kelib, 803 mingdan ortiq o'quvchi Fergyusonning kitoblariga ega bo'lgan.
Kitobning narxi 25 funt bo'lib, uning sotilishidan kelib tushgan mablag' miqdori 10 million funtni tashkil etgan. Tushgan daromaddan 10 foizi muallifning o'ziga qoladiganini hisobga olib aytadigan bo'lsak, Fergyuson sotuvdan million funt ishlagan.

Fikrlar