So’nggi yangiliklar

03:00Франция. ПСЖ "Тулуза" дарвозасига 3та гол урди  0 03:00Бундеслига. "Бавария" йирик ғалабага эришди, Кейндан хет-трик  0 01:47Арне Слот: "Гвардиоланинг қолишидан хурсанд бўлдим"  0 01:13"Манчестер Сити" Чемпионшипга тушириб юборилса, Пеп жамоада қоладими? Унинг ўзи жавоб берди  1 00:43Флик Левандовскининг оффсайди борасида тушунтириш беришларини сўради  1 00:10Саудия Арабистони. Обамеянгнинг голи "Ал Насср"ни мағлуб қилди, Роналдудан 911-гол  14 23:33Россия. "Рубин" "Акрон"ни йирик ҳисобда мағлуб қилди  1 23:17Рубен Аморим: "Ўзимга, футболчиларга ва клубга ишонаман"  1 22:44Месси Флик "Барселона" бош мураббийи бўлгани ҳақида гапирди  7 22:08"Интер Майами"ни ким бошқариши аниқ  1 21:48Виталий Левченко: "Нефтчи"да ёшлар йўқ? Бунинг учун шароитлар йўқ"   4 21:35Рўзиқул Бердиев: "Чемпионатда ҳеч қандай мақсад қолмаган"  14 21:09Жамшид Саидов: "Ёш болалардек ўйнадик, рақиб бизни янчиб ташлади"  0 20:57Сергей Лушчан: "Навбаҳор" футболчилари "Нефтчи"га ўтяпти? Балки..."  2 20:33Суперлига. "Навбаҳор" "Қизилқум"ни йирик ҳисобда мағлуб қилди  1

Alan Smit: “Jahonning eng yaxshi murabbiyini rad eta olmasdim” Yangiliklar

Alan Smit: “Jahonning eng yaxshi murabbiyini rad eta olmasdim”

“Lids” va “Manchester Yunayted”dagi faoliyati orqali ishqibozlarga yaxshi tanish bo'lgan Alan Smit “FourFourTwo” jurnalining muxlislardan kelgan savollariga javob berish loyihasida qatnashdi.

Hozir 4-darajali ligada “Notts Kaunti” safida o'ynovchi murabbiy vazifasida ishlayotgan Alan turli mavzudagi savollarga javob berdi.

- 14 yoshingizda Lillesxollda futbol maktabida o'qigansiz. U erda baxtsiz bo'lganingiz sababli bir necha oydan keyin ketib qolganingiz rostmi?
- Ha. Juda yosh edim va oilamsiz yasholmasdim. “Lids” tizimida bo'lgandim, Lillesxolldagi muhit umuman boshqacha tuyulgan. Uyimni sog'inib, ota-onam oldiga qaytishni istardim. U erdan ketish haqida qaror oddiy bo'lmagan, ammo “Lids” uslubi menga o'sha maktabdan ko'proq to'g'ri kelardi.

- “Enfild”da to'pga birinchi tegishning o'zida Devid Jeymsni dog'da qoldirganingizda nimani his qilgansiz?
- Juda muhim narsani amalga oshirganimni. Yoshlar yoki asosiy tarkib uchun urgan har bir golim men uchun katta ahamiyatga ega. O'sha gol boshqalaridan ko'ra hayotimni o'zgartirib yuborgani bilan yodimda qolgan. O'shanda Angliya yoshlar terma jamoasi tarkibida Isroilga qarshi o'yinga borishim lozim edi, biroq siyosiy vaziyat tufayli safar bekor qilingan. “Lids” ixtiyoriga qaytdim. Kimdir jarohat oldi va meni asosiy tarkib bilan mashq qilishga chaqirishdi. Jamoaga zaxira o'yinchisi sifatida qo'shishdi. Biz yutqazayotgan paytda maydonga tushirildim hamda gol urdim. Men yanada ko'proq narsani xohlardim. Keyingi hafta “CHarlton” bilan uchrashuvda yana to'p kiritdim. “Lids”da o'zgacha muhit bo'lgandi. Eddi Grey menga katta tasir ko'rsatgan. U yoshlar jamoasida Pol Xart bilan ishlardi. Ular menga ishonishardi. O'z navbatida ularning ishonchini yo'q qilmaslikni istardim.


- “Lids”da siz Jonatan Vudgeyt, Li Boyer, Xarri Kyuell va Stiven Makfeyl bilan o'ynagansiz. Ulardan qay biri iqtidorliroq bo'lgan?
- Eng kichik bo'lganim sababli menga g'amxo'rlik qilishardi. Ular juda iqtidorli va muvaffaqiyatga intiluvchan edi. Makfeyl noodatiy iqtidor sohibi bo'lgan. Vudgeyt, Kyuell va Boyer ko'p narsalarga erishishdi. Stiven esa sog'lig'i bilan bog'liq muammo yuzaga kelgani tufayli futboldan ketishga majbur bo'ldi. Ularni doim ajoyib inson bo'lishgani sabab eslayman.

- “Lids”ning 2000/01 yilgi mavsumda CHempionlar ligasidagi ishtirokidan eng yorqin xotiralar qanday?
- Klub uchun CHempionlar ligasi ajoyib sarguzashtga aylangandi. 19-20 yoshimdayoq katta tajribaga ega chiqqandim. Birinchi to'pimni saralash bosqichida “Myunxen 1860” darvozasiga urgandim. Safarda ham g'alaba keltirgan golni urganman. Guruh bosqichida esa biz “Anderlext”, “Lacio” va “Real” bilan durang o'ynadik. Bizda bir o'yin qolgan bo'lib, guruhda qolib ketishimiz mumkin edi. “Lacio”ga gol urdim, lekin o'shanda barcha ishni Mark Viduka bajarib bergan va men to'pni darvoza oldidan yo'llab qo'yishim qolgandi xolos. Keyin Madridga yo'l oldik. “Bernabeu”ga umuman bosimsiz borgandik. CHunki jahonning buyuk klublaridan biriga qarshi to'p tepardik. O'sha kecha stadionga Lids shahrining yarmi borgandek tuyulgandi. Bizni ajoyib qo'llab-quvvatlashgandi. Men va Viduka o'sha kecha to'p kiritdik, biroq 2:3 hisobida mag'lubiyatga uchradik. CHorak finalda esa “Deportivo” ustidan zafar quchdik. Afsuski, yarim finalda “Valensiya” bizni chiqarib yubordi. Uyda golsiz durang o'ynadik. Safarda 0:3 hisobida yutqazib qo'ydik. Men qo'pol tashlanishim uchun maydondan chetlatildim. O'sha holat eng yoqimsiz vaziyat bo'lgandi. Lekin qo'limdan kelsa ham biror narsani o'zgartirmasdim. Men turnirdagi ishtirokimizning har bir lahzasidan zavq olgandim.

- CHempionlar ligasida buyuk himoyachilarga qarshi o'ynagansiz. Ulardan kim eng yaxshisi bo'lgan?
- Men jahondagi eng yaxshi himoyachi sanalgan Paolo Maldiniga qarshi o'ynash imkoniga ega chiqqanman. “San-Siro”dagi o'sha uchrashuv ajoyib kechgan, bizni 5-10 ming muxlis qo'llab turgandi. Bu mening “Lids” tarkibidagi eng yaxshi o'yinim bo'lgan. O'shanda gol urmaganman, ammo har qachongidan yaxshiroq to'p tepganman. O'yindan keyin Maldini bilan futbolka almashtirgandim. O'sha libos haligacha maxsus g'ilofda saqlaydigan yagona futbolkam hisoblanadi.

- Nima uchun “Lids” g'alaba qozonishdan to'xtadi. Klubda moliyaviy muammolar borligi qachon tushunishni boshladingiz?
- Biz eng kuchli jamoa emasdik. “Manchester Yunayted” va “Arsenal”da tajriba ko'proq bo'lib, tarkibida mahoratli futbolchilar jamlangandi. Men Lidsdan bo'lganim uchun klub haqida hamma narsani bilardim. Tez orada o'yinchilarni sotish haqida gaplar tarqaldi. SHunda jamoada muammolar borligi tushundim. Rioni 2003 yil “Yunayted”ga 30 million funt evaziga sotdik. “Lids” bu kelishuvdan bosh torta olmasdi, ammo o'sha pullar ham jamoaning zararini qoplay olmasdi. Beshinchi o'rinni egallaganimizda Devid O’Lirining bo'shatilishi axmoqlik bo'lgan. 2003 yil mavsumga tayyorgarlik chog'ida muammolar borligini angladim. Bizda 8-9 nafar futbolchi qolgandi. Jeyms Milner va Aaron Lennon o'shanda 16 yoshlilar jamoasida o'ynashardi. Yana hech qachon Angliyada o'ynamagan bir necha francuz o'yinchilar bor edi. Eng yomon holat Premer-ligadan tushib ketish bo'ldi. Bunda o'zimni ayblardim, ammo nima qila olishim mumkinligini bilmasdim. Qadrdon shahrim klubidan qolgan eng oxirgi xotiralar jamoaning chempionshipga tushib ketishi bilan bog'liq. Juda yomon voqea.

- 2002 yil jahon chempionatiga bormaganingizdan jahlingiz chiqqanmi?
- Mundialga borganlarning ko'pidan o'zimni yaxshiroq hisoblardim, ammo bariga men aybdorman. Sarala bosqichida barcha o'yinlarda qatnashdim. Makedoniya bilan bellashuvda maydondan chetlatildim. Sven men bilan yaxshi munosabatda edi va o'ynashimni xohlardi. Ishonchliroq harakat qilishimni istardi. Biroq bazida o'zimni nazorat qilolmasdim. Yakunda 21 yoshgacha terma jamoada Devid Platt bilan Evropa chempionatiga yo'l oldim.

- “Lids” ishqibozlari “Manchester Yunayted”ga o'tishingizni muhokama qilganda nimani his etdingiz? “Lids”dan olishingiz kerak bo'lgan pullardan voz kechganingiz haqiqatmi? Yana hech qachon “Yunayted”da o'ynamaslik haqida gapirganmisiz?
- Yosh va qiziqqon edim. O'sha gapni aytganman (kuladi). “Manchester Yunayted” menga qiziqishi va kun kelib, “Lids” meni sotishni xohlashini bilmagandim. Va Premer-ligadan tushib ketishimizni tasavvur qila olmasdim. Agar pul bo'yicha katta muammo bo'lmaganda hech qachon ketmasdim. Muxlislar munosabatiga kelsak, ular meni tanqid qilishini bilmaslik uchun axmoq bo'lish lozim. Men qachondir Kantona “Yunayted”ga ko'chib o'tgan klubda o'ynardim. Men u “Elland Roud”ga qaytib gol urgan kuni to'plarni olib berib turgandim. Ser Aleks Fergyuson menga aytgandi: “Hech qachon senga bunday qarorga kelish uchun jurat etadi deb o'ylamagandim”.
“Lids”dan ketganimda u men bilgan klub emasdi. Rahbariyatda menga yoqmagan insonlar ishlardi. Ular bilan uchrashgani borganimda g'alati narsalar yuz berardi. Keyin menda chempionshipdan chempionlar jamoasiga o'tish imkoni yuzaga keldi. Menga jahonning eng yaxshi murabbiyidan taklif tushdi, buni qanday rad etishim mumkin? To'lovga kelsak, menda besh yillik shartnoma borligi uchun qandaydir pullar to'lanishi lozim edi. U erga qaytganimda meni haligacha sevishlarini ko'raman.


- Yon Arne Riisening jarimadan tepgan to'pini qaytarishga urinish chog'ida oyog'ingizni sindirganingizda nima haqida o'ylagansiz? Qayta futbol o'ynay olmayman deb qo'rqqanmisiz?
- Bunday o'yga yo'l qo'ymaganman. Riise men bilan bog'liq holatda aybdor emas. O'sha jarohat men uchun eng katta sinovga aylandi. 15 oyga safdan chiqqandim. Bu juda jiddiy jarohat edi. men avvalgi saviyada o'ynay olmasligimni tushunardim. Jarohatdan keyin maydonda o'tkazgan har bir daqiqani qadrlayman. CHunki faoliyatim tugashi mumkin edi. “Yunayted” Liga Kubogini yutganda yigitlar menga atalgan futbolkalarni kiyishgandi. O'shanda endi shifoxonadan Manchesterdagi uyimga qaytgandim va o'yinni televizor orqali ko'rgandim. O'sha futbolkalarni ko'rganimda qandaydir boshqacha narsani his etdim. Ular buni rejalashtirishganidan xabarim yo'q edi.

- “Liverpul” ishqibozlari siz jarohatdan keyin olib borilgan shifoxonaga hujum qilishga uringanlari rostmi?
- Yo'q, muxlislar stadionda edi. Bir necha yildan keyin “Enfild”ga “Nyukasl” bilan borganimda ular meni iliq qarshi olishdi. Jarohatdan so'ng bu klub ishqibozlaridan ham xatlar oldim. Klub tibbiy xizmati o'shanda yordam bergandi.

- Poziciyangizni hujumdan markaziy yarim himoyaga o'zgartirganingiz sizga yordam berganmi yoki aksincha?
- Yordam berdi, ayniqsa jarohatdan keyin bazi xislatlarimni yo'qotganimda. Ko'p narsalarni qaytadan o'rgandim. “Nyukasl”da tayanch yarim himoyachisi o'rnida o'ynashni o'rgandim. 2005 yil jarohat olgandim. Haligacha maydonga tushib kelayotganimdan xursandman.

- Fergyusonndan sizni markaziy yarim himoyachiga aylantirish fikridan voz kechishga urindingizmi? Navbatdagi Roy Kin bo'lishga umid qildingizmi?
- Ko'pchilik Royning o'rnini egallashim haqida gapirdi. Bunday emas. Deyarli hamma uchrashuvda Roy va Skoulz bilan birga yarim himoyada uch futbolchi bo'lib harakat qildik. Kin hamisha yuqori talablarni qo'yardi. “Liverpul” bilan qaysidir bellashuvda men to'pga tashlanishga urinib, joyimni qoldirmoqchi edim, ammo Roy bunday qilmasligimni aytdi. Keyin u to'p uchun kurashib, raqib futbolchisini maydonga qulatdi. Keyin o'rnidan turib menga qarab kuldi. Roy sardor bo'lgani uchun o'zi buni amalga oshirardi.

- Birga o'ynagan hujumchilar orasida kimni eng yaxshi deb hisoblaysiz?
- Hammasi juda yaxshi bo'lgan, ammo Mark Viduka eng zo'ri edi. U bizga o'tishidan oldin Devid O’Liri mendan qaysi hujumchi bilan o'ynashni xohlashim haqida so'ragandi. Menga mo'ljalga aniq uradigan sherik kerak edi. “Seltik”dan keliboq u mahoratini namoyish etdi. U bunchalik katta tana uchun aqlbovar qilmas iqtidorga ega bo'lgandi.

- 2009 yil “Nyukasl” bilan “Lids”ga qarshi o'rtoqlik uchrashuvida o'ynagansiz. O'shanda mahalliy ishqibozlar sizni hushtaklar bilan kutib olishgandi. Ularga nima degan bo'lardingiz?
- Barchasi unchalik yomon bo'lmagan. Jamoadan ketgandan so'ng muxlislardan ijobiy gaplar kutadigan axmoq emasman. Ularning o'rnida o'zim ham shunday yo'l tutgan bo'lardim. Ketishim hech kimni tashvishlantirmaganda bundan xavotir olardim. Bu unchalik yaxshi emasligini bildirardi. “Lids” muxlisiman va ketishim mumkinligi haqida hech qachon gapirmaganman.


- “Nyukasl” bilan quyi ligaga tushib ketganingizda ham “Lids”da bo'lganidek hislarga duch kelganmisiz? Qay biri afsuslanarliroq bo'lgan?
- O'sha mavsumda jarohat tufayli bir necha o'yinlarda maydonga tushgandim. Lekin afsuslangandim, chunki atrofimdagi voqealar farqsiz bo'lmagan ko'p insonlar yonimda edi. Yaxshiyamki, biz darhol ortga qaytdik. Ko'p futbolchilar muxlislarga minnatdorchilik bildirish va obro'sini tiklash uchun jamoada qolishga qaror qilishdi. Ko'pchilik biz yanada quyiga tushib ketishimizni kutdi, lekin biz ajoyib mavsum o'tkazdik. To'plangan ochkolar bo'yicha klub rekordini yangiladik, 20 uchrashuvda to'p o'tkazmadik va bizni 50 ming ishqiboz qo'llab turdi.

- “Nyukasl”da 94 uchrashuvda biror to'p kiritmaganingiz sizni ranjitganmi?
- Umuman yo'q. CHunki tayanch yarim himoyachisi edim. Avval hujumchi bo'lganim sababli mendan gollar kutishardi. Tayanch yarim himoyachilari deyarli gol urishmaydi. Makelele “CHelsi” safida bir marat gol urgandi. Albatta, to'p kiritishni xohlardim, biroq klubdagi eng katta natijam sardor bo'lganim deb hisoblayman. Nikki Batt jarohat olgach, men sardorlik qildim va jamoaga Premer-ligaga qaytishga yordam berdim.

- Birinchi ligaga o'tgan kam sonli mashhur futbolchilardan birisiz. O'yin amaliyoti etishmayotgan boshqa o'yinchilar sizdan o'rak olishlari mumkinmi?
- Futbolni sevaman va uni o'ynashda davom etishni istayman. Yana boshqa biror narsa bilan shug'ullanish, jamoaga tajribam bilan yordam berish yoqadi. Futbol haqida ko'p narsalarni bildim. Murabbiylar nimalarni boshdan kechiradi, futbolchilar iqtidoriga qaramay, har yili yangi shartnoma uchun kurashishadi. “MK Dons” safida ikki yilni o'tkazdim, ammo biz yuqori ligaga chiqa olmadik.

- Murabbiylik licenziyasini olishni istaganingizni eshitdik. Hozir “Notts Kaunti”da o'ynovchi murabbiysiz.
- Yozda uylanmoqchiman, shu sababli licenziyani bir yil keyinga qoldiraman. Kelasi yil ham shartnomaga ega bo'lsam, aynan licenziya bilan shug'ullanaman. SHu bilan birga hali o'ynashda davom etaman. Yaxshi holatda ekanimni his qilyapman.


Behzod NAZAROV tayyorladi.

Reyting: +4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика