Alan SHirer: "Fernandesh Ronaldusiz baxtliroq ko'rinmoqda"
21 okt 2022 15:39
Yangiliklar


Alan SHirer: "Fernandesh Ronaldusiz baxtliroq ko'rinmoqda"
"Nyukasl" va Angliya terma jamoasi afsonaviy futbolchisi Alan SHirer "Manchester Yunayted" yarim himoyachisi Brunu Fernandeshning APL 12-turi doirasidagi "Tottenxem"ga (2:0) qarshi o'yindagi harakatlari haqida fikr bildirdi.
"Menimcha, Fernandesh Ronaldusiz baxtliroq ko'rinmoqda. "Tottenxem"ga qarshi o'yinda u shijoatkor va himoyada ham, hujumda ham etakchilik fazilatlarini namoyon etdi. U jamoaga ko'p narsa berdi va haqli ravishda gol urdi", – dedi SHirer.
Fernandesh joriy mavsum MYU uchun 14 ta o'yinda qatnashib, 2 ta to'p kiritdi va 1 ta golli pas uzatdi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar