So’nggi yangiliklar

09:40Ўзбекистон терма жамоаси Бишкекдаги машғулотини қандай ўтказди? ФОТОМАҚОЛА  3 09:10Футзал. Абдулла Бўриев: "Ўзбекистон терма жамоаси аввалги натижасини яхшилашига умид қиламан"   1 08:40 Мундиал-2026. Рустам Ашурматов: Менда "Рубин"дан ташқари ўша вақтнинг ўзида Қатардан ҳам шартнома бор эди"   1 08:10Ўзбекистон сўнгги бор меҳмонда Қирғиз Республикасига қарши қандай натижа қайд этган?   8 07:35ЖЧ-2026 саралаш. Ўзбекистон бугун Қирғиз Республикаси меҳмони бўлади   8 01:55Миллатлар лигаси. Франция ғалаба қозонди, Италия Исроилни таслим қилди, Қозоғистонда мағлубият ва бошқа натижалар  2 01:31"Олимпик" - "Металлург" учрашуви "Жар"да ўтказилмайди  3 00:34"Реал" мухлислари учун хушхабар  1 00:15Франция Бельгияга имкон қолдирмади  4 23:28Флик энг яхши мураббий деб топилди  4 22:10Жамшид Искандеров: "Мақсадимиз - уч очко билан уйга қайтиш"  6 21:51Кўпчиликни ҳавотирга солаётган стадионда Ўзбекистон терма жамоаси машғулот ўтказди  8 21:36Назорат учрашуви. ОКМК ва "Динамо" иштирокидаги голлар шоусида ғолиб аниқланмади  1 21:35Жалолиддин Машарипов: "Қирғизистон Эронга қарши учрашувда дуранг қайд этиши учун яхши имкониятга эга эди"  7 21:05Шерзод Насруллаев: "Эртага 200 фоиз иштиёқ билан майдонга тушамиз"  4

"Al Taavon": Katta sovrinlarsiz jamoa Yangiliklar

"Al Taavon": Katta sovrinlarsiz jamoa

CHempionlar ligasining 2017 yilgi mavsumi startga chiqmoqda. Albatta, saralash bellashuvlari yanvar oyidayoq boshlab yuborilgandi, ammo guruh bosqichi biz uchun musobaqa rasman boshlanganini bildiradi.

Mintaqamizda endi guruh o'yinlari dushanba va seshanba kunlari bo'lib o'tadi.

Lokomotivning 1-turdagi raqibi Saudiya Arabistonining "Al Taavon" klubi hozircha o'z mamlakatida biror yutuqqa erisha olmagan. O'tgan yili jamoa mavsumni 4-pog'onada tugatgandi. 1956 yil tashkil etilgan jamoa dastlab SHabab nomi bilan yuritilgan. 2010 yildan beri Saudiya Arabistoni proligasida o'ynab kelmoqda. Jamoa Burayda shahrida o'yinlarini o'tkazadi. CHempionat doirasidagi bellashuvlarga o'rtacha 5718 nafar ishqiboz tashrif buyuradi. Stadion esa 23600 nafar ishqibozni sig'diradi. Saudiyaning ushbu hududidan birinchi bo'lib, Taavon Osiyo CHempionlar ligasida ishtirok etish huquqini qo'lga kiritdi.


AL TAAVON FUTBOL KLUBI
Laqabi:
SHukri Qosim
Tashkil topgan vaqti: 1956 yil
Stadioni: Qirol Abdulloh Sports siti, 23600 muxlisga mo'ljallangan
Rahbari: Muhammad Qosim
Bosh murabbiyi: Konstantin Gilke (Ruminiya).

Jamoani ruminiyalik mutaxassis Konstantin Gilke boshqarib kelmoqda. Gilke faoliyatining asosiy qismini Styaua va Ispaniya klublarida o'tkazgani bilan mashhur. Espanol tarkibida Ispaniya Kubogi sohibiga aylangan. Murabbiylik ishini Ruminiya va Ispaniya jamoalarida o'tkazgan. 2016 yildan Taavonga boshchilik qilib kelyapti. Avvalgi mavsumda Kataloniyaning Espanol klubini boshqarib, La Liga uchrashuvlarida jamoani etakchi klublarga qarshi maydonga olib tushgan. Uning taktik tarafdan jamoani turli uslublarga tayyorlay olishi aytib o'tilgan. Biroq Taavon va Evropa klublaridagi futbolchilar o'rtasida katta farq bor. SHu sababli Gilke buraydaliklarni shunday uslubda o'ynata olishiga ishonish qiyin.


Konstantin GILKE
Tug'ilgan sanasi:
08.03.1972
Tug'ilgan joyi: Buxarest, Ruminiya
Futbolchilikdagi ampluasi: yarim himoyachi
O'ynagan jamoalari: 1988/1989 Progresul, 1989/1991 Argesh, 1991/1996 Styaua, 1996/1997 Malorka, 1997/2001 Espanol, 2001/2003 Vilrreal, 2003 Saragosa, 2003/2006 Almeriya.
Ruminiya terma jamoasida 68 uchrashuvda 4 gol urgan.
Boshqargan jamoalari: 2009/2010 Almeriya B, 2013/2014 Ruminiya U17 terma jamoasi, 2014/2015 Styaua, 2015/2016 Espanol, 2016 yildan Al Taavonda.
Erishgan yutuqlari: Ruminiya chempioni (1992/93, 1993/94, 1994/95, 1995/96, 2014-15), Ruminiya Kubogi sohibi (1991/92, 1995/96, 2014-15), Ruminiya Superkubogi (1994, 1995), Ruminiya Liga Kubogi sohibi (2015), Ispaniya Qirol Kubogi g'olibi (1999-2000).

Joriy mavsum jamoa safida eng ko'p gol urgan Munir Hamdaui yanvarda erkin agent sifatida klubni tark etdi. Hozir portugaliyalik Rikardo Mashado, ruminiyalik Luchan Sinmertyan, suriyalik Jehad Hussayn va franciyalik Alassan NDiaye legioner sifatida OCHLga ro'yxatdan o'tkazilgan. Ular tajribali, lekin yulduz bo'lmagan futbolchilar toifasiga mansub.

Taavon asosan quyidagi futbolchilarni asosiy tarkibda maydonga tushirib kelgan:

Sulton G'amdi; Naif Musa, Talil Absi, Rikardo Mashado, Mahmud Muaaz; Abdulrahmon Baraka, Said Dosari, Luchan Sinmertyan, Jehad Hussayn, Ahmad Zain, Muhammad Sayari.

Etakchilar sifatida ko'proq yarim himoyachilarni takidlab o'tish mumkin. Hussayn va Zain ko'proq gol urilishida faollik ko'rsatishadi.

To'purarlari:
Munir Hamdaui 5
Ahmad Zain 3
Rikardo Mashado 3
Said Dosari 3
Golli uzatmalar:
Jehad Hussayn 4
Ahmad Zain 2


Darvozabonlar
1. Yozid Sayyoh
21. Muataz Bagavi
22. Fahad SHammari
23. Sulton G'amdi
32. Faiz Subayi

Himoyachilar
3. Abdulla Kano
4. Rikardo Mashado (Portugaliya)
5. Talil Absi
13. Ibrohim Zubaydi
17. Mahmud Muaaz
28. Abdulloh SHammari

Yarim himoyachilar
6. Abdulrahmon Baraka
10. Jihad Hussayn (Suriya)
14. Muhammad Abusabaan
16. Naif Musa
18. Madalloh Alolayan
27. Said Dosari
29. Luchan Sinmertyan (Ruminiya)
37. Abdulaziz SHarid
49. Ahmad Zain
80. Abdulmajid Alsuvat

Hujumchilar
7. Musa SHammari
11. Ibrohim Otayf
19. Alassan NDiaye (Franciya)
70. Muhammad Sayari


Behzod Nazarov tayyorladi

Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика