"Al Nasr" - "Bunyodkor". Muhammad Bin Jahari biz uchun qanchalik omadli hakam?
23 fev 2015 17:24
Yangiliklar

"Al Nasr" - "Bunyodkor". Muhammad Bin Jahari biz uchun qanchalik omadli hakam?
Ertaga OCHL 1-turidan o'rin olgan "Al Nasr" - "Bunyodkor" o'yini bo'lib o'tadi. OFK ushbu bahsga singapurlik Muhammad Taqi Aljafari Bin Jahari boshchiligidagi hakamlar brigadasini tayinladi.
1986 yilda tug'ilgan bu hakam xalqaro faoliyatini 2012 yilda boshlagan. O'tgan yildan boshlab OCHLda ishlay boshlagan hakam klublarimiz ishtirokidagi o'yinlarda umuman ishlamagan. O'zbekistonning turli yoshdagi terma jamoalarining 4ta o'yinini boshqargan.
2012 yil Vetnamda tashkil etilgan musobaqada O'zbekiston yoshlar U-19 terma jamoasi ishtirok etgan. O'sha musobaqaning guruh bosqichida Avstraliya (2:1) va Vetnam (4:0) mag'lub etilgan. Finalda esa Eronga imkoniyat boy berib qo'yilgan (1:2). Ushbu uchrashuvlarni singapurlik hakam boshqargan.
O'tgan yil Ummonda bo'lib o'tgan U-22 Osiyo chempionati guruh bosqichida Saudiya Arabistoniga 0:1 hisobida yutqazib qo'yganimizda ham Muhammad Bin Jahari bosh hakam bo'lgandi.
Eslatib o'tamiz, "Al Nasr" - "Bunyodkor" uchrashuvi 24 fevral kuni Toshkent vaqti bilan soat 22:25da boshlanadi.

Fikrlar