So’nggi yangiliklar

23:17Луис Диас қачон "Бавария" футболчиси сифатида таништирилиши маълум бўлди  0 22:52Расман: "Насаф" нигериялик футболчи билан шартнома имзолади  3 22:40Турғунбоев "Пахтакор"да қайси рақамни танлади?  3 22:15Расман: "Навбаҳор" бразилиялик футболчи билан шартнома имзолади  7 22:10Расман: "Насаф" албаниялик ҳужумкор ярим ҳимоячи билан шартнома имзолади  6 22:05Расман: "Андижон" Токотаевни ўз сафига қўшиб олди  6 21:38"Навбаҳор" Суперлиганинг биринчи даврасини "Нефтчи"да ўтказган икки ўйинчи билан шартнома имзолади  5 21:15"Интер" Лукман учун таклиф қилган таклиф "Аталанта"га ёқмади  0 20:50Жанлуижжи Доннарумма чиндан ҳам ПСЖдан кетиши мумкин – ҳаттоки ЕЧЛдаги ғалабадан кейин ҳам  1 20:31Расман: Шаҳзод Тоиров — ОКМК футболчиси!  1 20:25"Наполи" "Ливерпуль" футболчисини ижарага олмоқчи  0 19:59Тоттининг ўғли босим туфайли футболдан кетди  2 19:32Тер Штеген Францияда операция қилинади  3 19:05Алиссон Осиё турнеси давомида "Ливерпул"ни тарк этди  1 18:38Артета Зинченкони "Арсенал"дан кетмасликка кўндирди  0

"Al Ittihod" safiga qaytgan Benzemadan sardorlik bog'ichi olib qo'yildi, "Al Ayn" esa Erkinov jamoasini kubokdan chiqarib yubordi Yangiliklar

"Al Ittihod" safiga qaytgan Benzemadan sardorlik bog'ichi olib qo'yildi, "Al Ayn" esa Erkinov jamoasini kubokdan chiqarib yubordi

Bir necha kundan so'ng Osiyo CHempionlar ligasi chorak finalchilari aniqlanadi.

Turnirning nimchorak finalida O'zbekiston sharafini ikki klub — "Nasaf" va "Navbahor" himoya qilmoqda. Ikkala jamoa ham o'z muxlislari qarshisida o'tgan ilk bellashuvlarda nursiz durangga rozi bo'lishdi. Endilikda o'zbek klublari safar o'yinlarida maydonga tushishadi. Jumladan, "Nasaf" Birlashgan Arab Amirliklarining "Al Ayn" klubi mehmoni bo'lsa, "Navbahor" Saudiya Arabistonining "Al Ittihod" jamoasi bilan to'qnash keladi.

Bo'lajak uchrashuvlar oldidan O'zbekiston klublarining raqiblaridagi vaziyat to'g'risida malumot taqdim etamiz.

"Al Ayn"

"Nasaf"ga qarshi javob uchrashuvi oldidan amirlik jamoasi Prezident kubogi 1/8 finalida o'zbekistonlik yarim himoyachi Hojimat Erkinov to'p tepayotgan "Al Vahda"ga qarshi bahs olib borib, Matias Palasiosning 87-daqiqada urgan goli evaziga g'alaba qozondi. "Al Vahda" tarkibida Hojimat Erkinov uchrashuvda to'liq harakat qildi va 75-daqiqada hakam tomonidan ogohlantirildi.

SHuningdek, "Al Ayn" jamoaning asosiy va vice-sardorlari — Bandar Al Ahbabi va Xolid Eysa bilan amaldagi shartnoma muddatini uzaytirdi. Biroq yangi bitim muddati oshkor qilinmadi.

Eslatib o'tamiz, "Al Ayn" — "Nasaf" uchrashuvi 21 fevral kuni Toshkent vaqti bilan soat 21:00 da boshlanadi.

"Al Ittihod"

Marselo Galyardo shogirdlari "Navbahor"ga qarshi javob o'yini oldidan Saudiya Arabistoni chempionatida "Al Riyod"ga qarshi maydonga tushib, Hamdallahning dubli evaziga 2:0 hisobida g'alaba qozondi. 


Mazkur bahsni Namanganga olib ketilmagan jamoa yulduzi Karim Benzema asosiy tarkibda boshladi va 71-daqiqada almashtirildi. 

SofaScore portali bergan bahoga ko'ra, Benzemaning xatti-harakatlari 6,3 ballga loyiq ko'rilgan va bu "Al Ittihod" boshlang'ich tarkibi va zaxiradan o'yinga qo'shilganlar ichida eng yomon ko'rsatkich bo'lgan.

So'nggi yangilklarga ko'ra, jamoaning argentinalik bosh murabbiyi Marselo Galyardo Karim Benzemani sardorlik bog'ichidan mahrum qilgan. "Al Riyod" bilan o'yinda jamoani misrlik himoyachi Ahmad Xegazi maydonga boshlab tushgan.

Eslatib o'tamiz, "Al Ittihod" — "Navbahor" uchrashuvi 22 fevral kuni Toshkent vaqti bilan soat 21:00 da boshlanadi.

Reyting: +5   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика