"Al Hilol" yangi murabbiyni tanishtirdi
01 iyu 2019 16:57
Yangiliklar
"Al Hilol" yangi murabbiyni tanishtirdi
Saudiya Arabistonining "Al Hilol" klubida bosh murabbiy o'zgardi.
Endilikda jamoaga Rezvan Luchesku murabbiylik qiladi. 50 yoshli ruminiyalik mutaxassis bungacha Greciyaning PAOK klubini boshqarib kelayotgandi. Bundan buyon Luchesku yana Osiyoda faoliyat olib boradi.U qitamizda ilk bor 2012-2013 yilgi mavsumda ishlagan bo'lib, Qatarning "Al Jayish" klubini boshqargandi.
Rezvan Luchesku ruminiyalik mashhur murabbiy Mircha Lucheskuning o'g'li hisoblanadi. U Ruminiyadagi eng yaxshi murabbiylardan biri. Luchesku "Al Hilol"da ishlaydigan birinchi ruminiyalik emas. Bungacha Anxel Iordanesku, Ilie Balasi, Kozmin Olariu kabi murabbiylar ham jamoani boshqargan.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
"Арсенал" - "Манчестер Юнайтед". Таркиблар маълум
ЛА ЛИГА. "Барселона" ва "Овьедо" баҳси учун таркиблар маълум
Ўзбекистон терма жамоаси Хитой билан жанговар дуранг қайд этди
"Вильярреал" - "Реал Мадрид". "Қироллик клуби" таркиби маълум
Fikrlar