"Al Hilol" - "Lokomotiv". Kim Jong Xyok ishlagan o'yinlarning barchasida jamoalarimiz g'alaba qozonishgan
25 fev 2015 13:34
Yangiliklar

"Al Hilol" - "Lokomotiv". Kim Jong Xyok ishlagan o'yinlarning barchasida jamoalarimiz g'alaba qozonishgan
Bugun OCHL 1-turidan o'rin olgan "Al Hilol" - "Lokomotiv" o'yini bo'lib o'tadi. OFK ushbu bahsga janubiy koreyalik Kim Jong Xyok boshchiligidagi hakamlar brigadasini tayinladi.
1983 yilda tug'ilgan bu hakam xalqaro faoliyatini 2009 yilda boshlagan.
Umuman olganda bu hakam jamoalarimiz ishtirokidagi jami 3ta o'yinda ishlagan. Bu hakam ishtirokidagi barcha o'yinlarda jamoalarimiz g'alabaga erishishgan.
Kim Jong Xyok boshqargan o'yinlar haqida malumotlar:
O'tgan yil Ummonda bo'lib o'tgan Osiyo U-22 chempionatida O'zbekiston Xitoyni 2:1 hisobida mag'lub etgandi. Osiyo Kubogi-2015 saralashida milliy terma jamoamiz safarda Vetnamni yirik hisobda taslim qilgan - 3:0.
2013 yilgi OCHL ilk turida "Paxtakor" Toshkentda Saudiya Arabistonining "Al Ittifoq" klubini qabul qilib g'alabaga erishgan - 1:0.
Eslatib o'tamiz, "Al Hilol" - "Lokomotiv" uchrashuvi 25 fevral kuni 22:30da boshlanadi.
Narzulla Saydullaev

Fikrlar