"Al Hilol" keyingi bosqichga chiqdimi? Hammasi boshqa o'yinga bog'liq
01 may 2021 02:29
Yangiliklar
![](https://championat.asia/upload/storage/634800_original.jpg)
![](/upload/storage/634800_220.jpg)
"Al Hilol" keyingi bosqichga chiqdimi? Hammasi boshqa o'yinga bog'liq
Garchi Tojikistonning "Istiqlol" klubi AGMKga 1:2 hisobida imkoniyatni boy bergan bo'lsa-da, guruhdan birinchi o'rin bilan chiqdi. Bu jamoa 10 ochko to'plab birinchi bo'ldi. Guruhdagi ikkinchi bellashuvda "Al Hilol" kutilmaganda "SHabab Al Ahli"ga 0:2 hisobida mag'lub bo'ldi. Bu jamoa ham 10 ochko to'plab, ikkinchi o'rinni egalladi.
Savol tug'iladi: "Al Hilol" guruhdan chiqdimi? Bu yilgi OCHL musobaqasi G'arb mintaqasida jamoalarni 5ta guruhga bo'lgan holda o'tkazilyapti. Reglamentga ko'ra, har bir guruhdan g'oliblar va eng yaxshi ko'rsatkich qayd etgan 3ta ikkinchi o'rin egasi keyingi bosqichga yo'l oladi. SHundan kelib chiqib "Al Hilol"ning 1/8 finalga yo'l olish masalasi "C" guruhida bo'lib o'tayotgan "Al Ahli" - "Al Duhayl" bahsiga bog'liq.
Hozircha 0:0 hisobi qayd etilayotgan bahsda durang natija saqlanib qolsa, unda "Al Duhayl" bilan "Al Ahli"da ochkolar 9tadan bo'ladi va 10 ochko to'plagan "Al Hilol" keyingi bosqichga chiqadi. Lekin ulardan biri g'alaba qozonsa, unda o'sha jamoa pley-offga chiqadi va "Al Hilol" esa guruhda qolib ketadi.
Hozirga qadar 2-o'rin bilan keyingi bosqichga chiqqan ikkita jamoa malum: "Al Vahda" va "Traktorsozi". Uchinchi jamoa esa "Al Duhayl" - "Al Ahli" bahsidan so'ng malum bo'ladi.
Al-Duhail SC Michael Olunga - 61' |
AFC Champions League Grp. C . 6-tur 01/05/2021, 02:15 1
:
1
Tugadi
|
Al Ahli Haitham Asiri - 73' |
AYNI VAQTDAGI JADVAL
O’xshash yangiliklar
![AMP Logo](https://championat.asia/image/logo-amp.png)
Fikrlar