So’nggi yangiliklar

15:09"Монако" бош мураббийи Погба қачон майдонга тушишга тайёр бўлишини айтди  0 14:40"Ювентус" ҳужум чизиғини нигериялик тўпурар билан кучайтирмоқчи  0 14:11"Бургос" билан музокаралардан қочган Очоа Кипр жамоасига ўтди  0 13:42Чемпионлар Лигасига янги тартиб киритилди  1 13:14"Реал" ёки Аргентина? Мастантуоно олдида қийин танлов  2 12:48Дембеле "Олтин тўп"нинг муқобилини қўлга киритди  3 12:16"Бавария" ноябрда 3 асосий ўйинчиси сафга қайтишидан умидвор  0 11:45"Сўғдиёна" 6 йилдан буён Жиззахда ОКМКни ютолмаяпти  3 11:21Про лига. 14-тур учрашувларига ҳакамлар тайинланди  1 10:52"Ливерпуль" Салоҳга ўринбосар сифатида кўраётган футболчисига 100 миллион евро тўлашга тайёр  5 10:44"Сурхон" Наманганда нечта ғалабага эришганини биласизми?   7 10:21Антони Марсьяль фаолиятини Мексикада давом эттиради  2 09:502026 йилги УEФА Суперкубоги қайси стадионда бўлиб ўтиши маълум  0 09:18"Рома"нинг собиқ устози Эронни бошқариши мумкин  23 08:43Sofascore. "Бани Яс" мағлуб бўлди. Мозговой неча баҳо олди?  2

"Al Hilol" bosh murabbiyi: "Ertaga bizga oson bo'lmaydi" Yangiliklar

"Al Hilol" bosh murabbiyi: "Ertaga bizga oson bo'lmaydi"

"Navbahor" hamda "Al Hilol" o'rtasida o'tkaziladigan OCHL guruh bosqichi 5-tur o'yinidan avval mehmon jamoa ustozi Jorje Jezush matbuot anjumanida ishtirok etdi.

– Jamoaning bo'lajak o'yinga tayyorgarligi qanday bo'ldi?

– Har bir uchrashuvga bo'lganidek, ushbu bahsga ham jiddiy tayyorgarlik ko'rdik. Boisi, bu o'yin odatiy jiddiy bellashuvlar kabi yuqori ahamiyatga ega bo'lgani uchun tayyorgarlik jiddiy bo'ldi.

– Saudiyadagi bahsda “Navbahor” jamoangizga jiddiy qarshilik ko'rsatgan edi. Bo'lajak o'yindan nimalar kutyapsiz hamda “Navbahor”ni qanchalik o'rgandingiz?

– Xabaringiz bor, ertangi uchrashuvda guruhimizning ikkita eng kuchli jamoalari to'qnash keladi va bu o'yin muxlislarga ham qiziq bo'ladi. SHuning uchun ertaga bizga oson bo'lmaydi, deb o'ylayman.

­– Neymarning jarohat olgani jamoaning ichki chempionat hamda OCHL o'yinlaridagi natijalariga qanchalik tasir o'tkazmoqda?

– Neymar bizning muhim futbolchimiz. Afsuski, hozir u safimizda yo'q. Neymar nafaqat ertangi, balki, keyingi ko'plab bahslarda bizga yordam bera olmaydi va ko'proq muddatga safdan chiqqan. Lekin shunday bo'lsada, jamoa Neymarsiz ham o'ynay oladi, deb o'ylayman.

– Ertangi o'yinda “Al-Hilol” legionerlar limitidan to'liq foydalanadimi yoki mahalliy futbolchilarga ko'proq  urg'u beriladimi?

– Jamoamizning taqvimi juda ham tig'iz. SHu bois, bizda shunday holatlar bo'lyaptiki, bazida rotaciyalarni amalga oshirishga  majbur bo'lyapmiz. Ertangi uchrashuvda qanday tarkibda o'ynashimizni o'yin vaqtida bilib olasiz.

– “Navbahor”ning ayni paytdagi imkoniyatlarini qanday baholaysiz hamda hamkasbingiz O'tkir Yusupov haqida qanday fikrdasiz?

Yassin Bunu: – Avvalo darvozabon haqida gapiradigan bo'lsam, Saudiyadagi o'yinda O'tkir Yusupov menda juda yaxshi taassurot qoldirgan edi. Bilishimcha, u yaxshi darvozabon. “Navbahor”ga kelsak, ertangi raqibimiz ham yaxshi shakllangan jamoa.

Menimcha, ertaga jiddiy qarshilikka uchraymiz. Namanganga kelganimdan va ertangi o'yinda ishtirok etishimdan juda xursandma

Reyting: +15   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика