"Al Garafa" ustozi Pedro Martins: "Mazkur o'yin uchun strategiyamiz mavjud"
04 fev 08:05
Yangiliklar
"Al Garafa" ustozi Pedro Martins: "Mazkur o'yin uchun strategiyamiz mavjud"
Ushbu muhim o'yin oldidan mezbonlar ustozi Pedro Martins va futbolchi Jalol Hamid matbuot anjumanida ishtirok etdi.
"Bo'lajak o'yinning qadr-qiymati va ahamiyatini juda yaxshi anglab turibmiz. Maqsadimiz — keyingi bosqichga yo'l olish.
Mazkur o'yin uchun strategiyamiz mavjud. Men o'z futbolchilarimga katta ishonch bildiraman.
Jarohatlar bo'lishiga qaramay, bizda hech qanday bahona yo'q va bu kabi vaziyatlar uchun echimlarimiz mavjud",- deydi Pedro Martins.
"Al Garafa" buyuk jamoa hisoblanadi, shu bois barchamiz g'alaba qozonishga intilyapmiz.
CHempionatda erishgan ijobiy natijalarimiz barcha o'yinchilarimiz uchun ishonch manbai bo'lib xizmat qiladi.
Maqsadimiz nufuzli turnirning keyingi bosqichiga yo'llanma olish hisoblanadi",- deydi Jalol Hamid.
Fikrlar