"Al Garafa" SHota Arveladzega taklif bilan chiqqan
08 apr 2021 11:44
Yangiliklar
![](https://championat.asia/upload/storage/629882_original.jpg)
![](/upload/storage/629882_220.jpg)
"Al Garafa" SHota Arveladzega taklif bilan chiqqan
Qatarning "Al Garafa" klubi og'ir damlarni boshdan kechirmoqda.
Qatar klubi 2021 yilda barcha musobaqalarda 15ta rasmiy uchrashuv o'tkazdi va 3tagina g'alabaga erishdi. Kechagi mag'lubiyat esa jamoani OCHL guruh bosqichisiz qoldirdi.
Championat.asia sayti malumotiga ko'ra, "Al Garafa" AGMK bilan o'yindan oldin "Paxtakor"ning sobiq ustozi, gruziyalik murabbiy SHota Arveladzega taklif bilan chiqqan. Muzokaralar hali yakuniga etgani yo'q. Kechagi mag'lubiyat bosh murabbiy Slavisha Yokanovichning kursisini yanada qimirlatib yuborganini barcha yaxshi tushunib turibdi.
Voqealar rivojini kuzatib boramiz.
O’xshash yangiliklar
![AMP Logo](https://championat.asia/image/logo-amp.png)
Fikrlar