“Al-Fateh” va “Fulad” vakillari quradan mamnunlar
11 dek 2013 10:42
Yangiliklar

“Al-Fateh” va “Fulad” vakillari quradan mamnunlar
10 dekabr kuni OFK shtab-kvartirasida 2014 yilgi Osiyo CHempionlar ligasi guruh bosqichiga qura tashlandi.
Musobaqa starti bag'ishlab, mahalliy vaqt bilan kech soat 19:30da ishtirokchi klub vakillari va OFK mutasaddilari tantanali ravishda tashkil etilgan bayram dasturxoni atrofiga yig'ildilar. Har bir guruh vakillari uchun alohida-alohida stol tashkil etildi. Aslida ushbu marosimdan ko'zlangan asosiy maqsad klub vakillari bir-birlari bilan hozirdanoq iliq munosabat o'rnatib, tashkiliy masalalarda muammolarga duch kelmasliklarini oldini olish edi.
Ushbu tadbir bahona hozircha nomlari aniq bo'lgan ikki raqibimiz – Saudiya Arabistonining “Al-Fateh” va Eronning “Fulad” klubi vakillari bilan yaqindan tanishdik. Ochig'ini aytganda, har ikkala klub ham “Bunyodkor”dek Osiyoga dong'i ketgan klub bilan bir guruhdan joy olishgani yashirib o'tirishmadi. Ayniqsa, saudiyaliklar qura taqdiri ularga “Bunyodkor”ni ro'baro' qilganidan juda-juda xursand bo'lishganini aytib berishdi. – “Bunyodkor” klubini Saudiya Arabistonida juda yaxshi tanishadi. Sizlar ayniqsa “Al-Attihod” bilan ko'p bor to'qnash kelib, Saudiyadagi futbol muxlislariga tanilib ulgurgansizlar. Bunda albatta bir paytlar jahonga mashhur nomlar bilan Saudiya Arabistoniga tashrif buyurganingiz muhim omil bo'lgan. Ochig'ini aytganda, “Bunyodkor”dek klub bizning ham shaharchamizga (“Al-Fateh” Al-Ahsa shahri sharafini himoya qiladi - muallif) tashrif buyurishidan boshimiz osmonga etadi, - deydi “Al-Fateh” klubi menejeri Abdulaziz Alafaliq.
Bahodir MIRZAEV
Kuala-Lumpur, Malayziya
Saudiya Arabistoni chempionati
Eron chempionati

Fikrlar