So’nggi yangiliklar

00:14Африка Миллатлар Кубоги. Салоҳ гол урди, Миср эса қўшимча таймларда Бенин тўсиғидан ўтди  0 23:42"Барселона" "Ал Ҳилол"дан Канселуни сотиб олишга яқин  1 23:19Эндрик "Реал"даги ўйин амалиёти йўқлиги ҳақида: "Бу ҳаётимдаги энг яхши олти ой бўлди, уй қуришга улгурдим"  1 22:55Сульшер МЮга вақтинчалик мураббий сифатида қайтишга тайёр  7 22:12"Барселона" Канселу бўйича "Ал Ҳилол"га таклиф юборди  0 22:01МЮ Аморимга истеъфо учун 10,05 млн фунт тўлаб бериши керак  2 21:18РАСМАН: Беҳруз Асқаров — ОКМК футболчиси!  1 20:52"Интер" Канселу трансфери бўйича "Ал Ҳилол" билан келишувга эришди, аммо...  2 20:24"Ман Сити" Гвардиол ва Диашнинг жароҳати сабаб қишки трансфер ойнасида ҳимоячи сотиб олмоқчи  12 19:50"Бавария"нинг порлаб келаётган юлдузи "Реал"да ўйнашни орзу қилади  3 19:22Ашортиа: "Андроникашвили билан биргаликда "Андижон" яхши натижаларига эришиши учун ёрдам берамиз"  1 18:57Вадим Абрамов: "Аввал бизга етарлича баҳо беришмасди, энди эса даража кўтарилди"  5 18:30"Сурхон" россиялик футболчиси билан келишувини 2 йилга узайтирди  5 18:07Расман: Игорь Сергеев "Персеполис" футболчисига айланди  14 18:01"Манчестер Сити" Гвардиол жароҳат олгани туфайли ижарадаги ҳимоячисини ортга қайтарди  1

"Al Ayn" bosh murabbiyi: "Mourinodan juda ko'p narsa o'rganganman" Yangiliklar

"Al Ayn" bosh murabbiyi: "Mourinodan juda ko'p narsa o'rganganman"

Al Ayn - Bunyodkor uchrashuvidan oldingi matbuot anjumanining ikkinchi qismida mezbonlar bosh murabbiyi Pedro Emanuel ishtirok etdi.

- Ertaga biz uchun muhim o'yin. Uchrashuvga ko'ngildagidek tayyorgarlik ko'rdik va ko'ryapmiz. Raqib haqida nima deyishim mumkin? Hujumkor o'yinni, to'pni yaxshi ko'radigan jamoaga qarshi to'p suramiz. SHuning uchun ertanggi bahsda to'p nazoratini o'zimiz tomonda bo'lishi ustida ishlayapmiz.

- «Bunyodkor» ertaga mavsumdagi ikkinchi o'yinini o'tkazadi. Buni raqib bosh murabbiy ham aytib o'tdi. SHunday bo'lsa-da, Al Aynga g'alaba uchun kelganini yashirmadi.

- Ayni vaqtda har ikkala jamoa ham bir xil holatda va bir xil bosqichda. SHuning uchun biz ham raqib ham g'alaba uchun maydonga chiqadi. «Bunyodkor»ni hurmat qilamiz. Raqib bosh murabbiyi nima deganini muhokama qilish niyatim yo'q.

- Braziliyalik hujumchining holati qanday?

- Uni jarohati bor edi, shuning uchun so'nggi uchrashuvda maydonga tusha olmagandi. Ishonamanki, ertagacha jarohatidan qutiladi va bizga yordam beradi. CHunki u biz uchun juda muhim futbolchi. Lekin har qanday holatda ham o'z o'yinimizni ko'rsatishga, bir o'yinchiga bog'lanib qolmaganimizni isbotlashga harakat qilamiz. Yana bir narsani qayd etib o'tishim kerakki, ertanggi bahs biz uchun juda muhim. SHuning uchun muxlislarimizni bizni doimgidek stadionda qo'llab-quvvatlaydi degan umiddaman. Sababi, biz aynan ularning olqishi bilan yanada kuchli jamoaga aylanamiz.

- Siz Joze Mourino qo'l ostida Evropa CHempionlar ligasida g'olib chiqqansiz. Bugun murabbiy sifatida Osiyo CHempionlar ligasida ishtirok etyapsiz. Nimalarni xis qilyapsiz?

- Aytishim mumkinki, Mourinodan juda ko'p narsa o'rganganman. Undan o'rgangan asosiy jihatlardan, doimo o'zingni kuchli jamoa ekanligingni ko'rsata olish. Ertaga ham biz shunday kuchli va katta jamoa ekanligimizni ko'rsatishga harakat qilamiz. Jamoada ish boshlaganimdan beri futbolchilarga shuni singdirishga harakat qilyapman. Katta jamoa bo'lish uchun esa, albatta katta-katta musobaqalarda g'alaba qozonish kerak.

Reyting: -14   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика