“Al Ahli” OCHLda qatorasiga uchinchi mavsum klublarimizdan ustun kelmoqda
22 fev 2017 00:44
Yangiliklar


“Al Ahli” OCHLda qatorasiga uchinchi mavsum klublarimizdan ustun kelmoqda
Saudiya Arabistonining “Al Ahli” klubi OCHL-2017 guruh bosqichi 1-turida o'z maydonida Toshkentning “Bunyodkor” (2:0) jamoasini engdi.
SHu tariqa Kristian Gross boshchiligidagi jamoa qatorasiga uchinchi mavsum yurtimiz jamoalarini ortga quruq qo'l bilan qaytarmoqda.
2015 va 2016 yilgi mavsumda jiddaliklar o'z maydonlarida “Nasaf”ni bir xil 2:1 hisobida taslim etishgandi. Bu gal ham ular o'z ananalarini davom ettirishdi. O'z navbatida “Al Ahli” hujumchisi suriyalik Umar Soma ham qatorasiga uch yildan buyon yurtimiz jamolari darvozabonlarini ranjitmoqda. U 2015 va 2016 yilda (2 marta) Eldorbek Suyunov qo'riqlayotgan darvozani aniq nishonga olgandi. Bu gal Zuhurov ham suriyalik hujumchining zarbasidan keyin o'z darvozasidan to'p olib chiqishga majbur bo'ldi.

O’xshash yangiliklar

Fikrlar