"Qizilqum" futbol klubi Maradonani xotirladi
26 noy 2020 20:35
Yangiliklar
"Kuni kecha futbol afsonalaridan biri, argentinalik daho Diego Armando Maradona bu olamni tark etdi. Uning futbol sport turiga qo'shgan ulkan hissasi, jozibador o'yini, unutilmas gollari xayolimizda umrbod qoladi.
Ushbu mudhish hodisa munosabati bilan Xamidjon Aktamov boshchiligida "Qizilqum" PFK azolari yig'ilish o'tkazdi hamda Maradonaning yorqin o'tmishi xotirladi.
Sen qalbimizda mangu yashaysan, Diego!", deya yozilgan klub xabarida.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar