Akrom Komilovga Avstriya va Germaniya klublari qiziqyapti
22 jan 2014 11:27
Yangiliklar


Akrom Komilovga Avstriya va Germaniya klublari qiziqyapti
O'smirlar o'rtasida bo'lib o'tgan jahon chempionatida o'zining sermazmun o'yini bilan muxlislar etiborini qozongan Akrom Komilov selekcionerlar nazariga tushgan.
Bu haqda "Oq-Tepa" stadionida bo'lib o'tayotgan o'rtoqlik uchrashuvlar davomida mutaxassislar aytishdi. Malumotlarga ko'ra, "Bunyodkor" tarbiyalanuvchisiga Germaniya va Avstriya bundesligasi klublari qiziqishyapti. Gonduras bilan bo'lib o'tgan o'yinda shubhali tarzda maydondan chetlatilgan futbolchimiz 2013 yilgi mavsumni "Andijon" safida o'tkazgan edi.
Akrom Komilov Evropaning yangi Messisi deya qaralayotgan xorvatiyalik Xalilovichga qarshi munosib o'yin ko'rsatgandi
Akrom Komilov Evropaning yangi Messisi deya qaralayotgan xorvatiyalik Xalilovichga qarshi munosib o'yin ko'rsatgandi

Fikrlar