So’nggi yangiliklar

00:01Англия финалда Испанияни мағлуб этиб, аёллар ўртасидаги Евро-2025 ғолибига айланди  4 23:38Артур Испанияга қайтиши мумкин  0 23:15Доннарумма "Галатасарой"дан таклиф олган. Истанбулликлар дарвозабоннинг ПСЖ билан музокараларидаги қийинчиликдан фойдаланмоқчи  0 22:40"Ал Насср" Феликсдан сўнг ЖЧ ғолибини нишонга олди  5 22:16Диас "Бавария"га 75 млн евро эвазига ўтмоқда, томонлар барчасини келишиб олишди. "Ливерпуль" вингери 4 йиллик шартнома имзолайди  5 21:48"Ювентус" машғулотларни ўтказиб юборгани учун Дуглас Луисни 40-120 минг евро жаримага тортади. Хавбек Англияга йўл олмоқчи  0 21:21"Милан" "Реал"дан Фран Гарсиянинг нархини сўради. "Қироллик клуби" эса...  0 20:56Хави Симонс Лондон клубига ўтишга тайёр  0 20:18Томас Мюллер МЛСнинг "Ванкувер Уайткепс" клуби билан фаол музокаралар олиб бормоқда  2 19:40"Ал Насср" Антони бўйича таклиф билан чиқди. МЮ вингер учун 50 млн фунт олмоқчи  4 19:14Гвардиола мўйловини ўстирди  11 18:45Ўртоқлик ўйини. "Арсенал" ва "Ньюкасл" ўртасида Сингапурдаги ўйинда 5 та гол урилди  2 17:50"Реал" ўйинчисини 13,5 млн евро эвазига қайта харид қилиш ҳуқуқи билан сотди  0 17:21"Барселона" "Виссел Кобе"ни мағлуб этди, Рэшфорд дебют ўйинини ўтказди  2 16:57Феликс 30+20 млн евро эвазига "Челси"дан "Ал Насср"га ўтади - Фабрицио Романо  5

Akrom Komilov: OCHL Bunyodkorsiz zerikarli bo'ladi Yangiliklar

Akrom Komilov: OCHL Bunyodkorsiz zerikarli bo'ladi

Xabaringiz bor, bu yilgi O'zbekiston kubogi finalida Toshkentning ikki grand klubi - Lokomotiv va Bunyodkor o'zaro to'qnash kelishadi.

Malumot uchun, temiryo'lchilar va qaldirg'ochlar kubok finalida bir bor to'qnash kelishgan. 2014 yilgi qarama-qarshilikda Lokomotiv qo'shimcha daqiqalarda urilgan gol evaziga g'alaba qozongandi.

Biz ushbu muhim bahs oldidan Bunyodkor himoyachisi Akrom Komilovning fikrlari bilan qiziqdik.

- Akrom, yarim finalda ikki o'yin natijasiga ko'ra, Dinamoni mag'lub etdinglar. Safardagi ishonchli g'alabaning asosiy omili nimada bo'ldi?

- Menimcha, biz finalga chiqishni ko'proq xohlagandik. Barchamiz katta ishtiyoq bilan harakat qildik, maydonning har bir qarichi uchun kurashdik. Eng muhimi, murabbiylarimizning o'yindan oldin bergan ko'rsatmalarini bekamu-ko'st bajardik.


- Bunyodkor muxlislarida birinchi uchrashuvdagi nursiz durangdan so'ng xavotir yo'q emasdi. O'sha natijani kutilmagan deyish mumkinmi yoki haqiqatan ham o'yin shunga mos bo'lganmidi?

- Yo'q, men biroz boshqacha fikrdaman. Mazkur bahsda g'alaba qozonishimiz shart edi. Zero, mehmonlar darvozasini ishg'ol qilish uchun imkoniyatlarimiz juda ko'p bo'ldi. Faqat vaziyatlarni golga aylantira olmaslik bizga pand bergandi.

- Javob o'yini oldidan hadik bormidi yoki maydonga ishonch bilan tushdinglarmi?

- Ikkinchi variant to'g'ri. Agar savolingizning birinchi qismi haqida o'ylaganimizda, aniq mag'lubiyatga uchrardik.

- Finalgacha bo'lgan o'yinlar orasida eng qiyini qaysi?

- Biz uchun har bir bahs murakkab tarzda kechdi. Barcha uchrashuvlarda raqiblar jiddiy qarshilik ko'rsatishdi. Ayniqsa, ikki uchrashuvdan iborat kubok bahslarida qaysidir jamoani favorit sifatida ko'rsatish noto'g'ri bo'ladi.

- Oldinda bitta o'yin qoldi. Unda g'alabaga erishgan jamoa uchun OCHL eshiklari ochiladi. Finaldan nimalarni kutyapsiz?

- Albatta, g'alaba qozonish uchun bor imkoniyatimizni ishga solamiz. CHunki OCHL-2018 Bunyodkorsiz zerikarli o'tadi. SHu bois, kubok finalini sabrsizlik bilan kutyapmiz. Ushbu sovrinni qo'lga kiritishni har qachongidan ham ko'proq xohlayapmiz. Jamoamizda mukofot yutmagan yoshlar bisyor. SHunday ekan, barchamizda ishtiyoq kuchli bo'ladi.


- Lokomotiv kubokni osonlikcha boy bermaydi. Raqib jamoa haqida qanday fikrdasiz?

- To'g'ri, Lokomotiv kuchli klub. CHempionatda ham yaqqol peshqadam bo'lib turibdi. Ammo har qanday holatda ham bizni g'alabadan o'zga natija qoniqtirmaydi.

- Sizningcha, ushbu uchrashuvda Bun­yodkorning ustun tomoni nimada bo'ladi?

- Finalda hech bir jamoada yaqqol ustunlik bo'lmaydi. Menimcha, imkoniyatlar ellikka ellik. Qaysi tomon g'alaba qozonishni ko'proq xohlasa, yakunda o'sha klub futbolchilari kubokni boshi uzra baland ko'tarishadi.

- 2014 yilgi finalda ham Lokomotiv va Bunyodkor o'zaro to'qnash kelishgandi. O'sha dramatik uchrashuvni eslaysizmi?

- Ha, albatta, xuddi kechagidek yodimda, o'zim ham maydonga tushgandim. Qo'shimcha bo'limlarda o'tkazib yuborilgan gol evaziga mag'lubiyatga uchragandik. Juda alam qilgandi. Endi o'sha holat uchun ham revansh olishimiz shart.

- Obodning oliy ligadan chetlatilishi siz uchun ham kutilmagan holatga aylandimi?

- Xuddi shunday.

- Bu to'g'rimi?

- O'FF shunday qarorga kelibdimi, demak to'g'ri. Hamisha sport principlariga amal qilingani maqul.


Manba. "Interfutbol" gazetasi

Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика