Akrom Komilov: "Murabbiyimiz bizga faqat hujumkor o'yin ko'rsatishimizni takidlaydi"
19 apr 2018 14:31
Yangiliklar
Akrom Komilov: "Murabbiyimiz bizga faqat hujumkor o'yin ko'rsatishimizni takidlaydi"
Ushbu bahs oldidan "Bunyodkor" klubi futbolchisi Akrom Komilov o'z fikrlarini bildirib o'tdi.
"Navbahor" jamoasi bilan bo'lib o'tadigan uchrashuv muxlislar bop bo'lishini oldindan aytish mumkin. Ikkala jamoa uchun ham qiyin o'yin bo'lishi aniq va har ikki jamoa ham ochko olish uchun bahs olib boradi. "Navbahor" jamoasi hozir qanday o'yin ko'rsatayotganini barcha biladi. Biz bu uchrashuvga jiddiy tayyorgarlik ko'rdik. To'g'ri, ertangi kungi raqiblarimizni muxlislar qo'llab-quvvatlashadi.
Lekin, biz bunga etibor qaratmaymiz. Xuddiki bu muxlislar bizni qo'llab-quvvatlayotgandek his qilamiz. Murabbiyimiz bizga faqat hujumkor o'yin ko'rsatishimizni takidlaydi. Qaysidir vaziyatda himoyalanamiz, qaysidir vaziyatda hujumga chiqamiz. O'yinga qarab moslashamiz. O'yinni biz boshqarishimizni xohlaymiz. SHuning uchun ham ertangi o'yinda g'alaba qozonish uchun bor kuchimiz bilan harakat qilamiz", - deydi Akrom Komilov

Jahongir Sotvoldiev yozib oldi
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Алижонов "Пахтакор"да қолиш учун йирик битимни рад этди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Fikrlar