So’nggi yangiliklar

09:51"Локомотив" яна бир собиқ футболчисини ортга қайтаришга яқин  0 09:23"Сурхон" U-21 чемпионати тўпурари билан шартнома имзолади  4 08:57Виталий Левченконинг навбатдаги жамоаси деярли аниқ  3 08:30Расман. Гвардиол узоқ муддатга сафдан чиқди  8 08:04Алижоновнинг трансфери нима учун барбод бўлди?  10 07:45Суперлигадаги трансферлар бир саҳифада  36 02:17Африка Миллатлар Кубоги. Осимхендан дубль, Лукмандан "гол+пас": Нигерия Мозамбикни тор-мор этди  3 01:13"Андижон" Абдуманнопов билан шартномани узайтирди  3 01:06"Челси" янги устози номи маълум. У шанба куни жамоани майдонга бошлаб тушади  5 00:14Африка Миллатлар Кубоги. Салоҳ гол урди, Миср эса қўшимча таймларда Бенин тўсиғидан ўтди  0 23:42"Барселона" "Ал Ҳилол"дан Канселуни сотиб олишга яқин  1 23:19Эндрик "Реал"даги ўйин амалиёти йўқлиги ҳақида: "Бу ҳаётимдаги энг яхши олти ой бўлди, уй қуришга улгурдим"  3 22:55Сульшер МЮга вақтинчалик мураббий сифатида қайтишга тайёр  13 22:12"Барселона" Канселу бўйича "Ал Ҳилол"га таклиф юборди  0 22:01МЮ Аморимга истеъфо учун 10,05 млн фунт тўлаб бериши керак  4

Akrom Bahromov: “SHo'rtan” yoshlarining g'alabalarida Asror Aliqulovning xissasi katta" Yangiliklar

Akrom Bahromov: “SHo'rtan” yoshlarining g'alabalarida Asror Aliqulovning xissasi katta"

Bugun yoshlar ligasi 8-turning qiziqarli uchrashuvlaridan biri G'uzorda bo'lib o'tadi.

Unda Asror Aliqulov boshchiligidagi “SHo'rtan” yoshlari o'z maydonida vodiy jamoasi “Qo'qon-1912”ga qarshi kurash olib borishadi.

O'tgan turda g'uzorliklar  safarda “Qo'qon-1912”  yoshlariga qarshi keskin bahsda mavsumdagi birinchi mag'lubiyatini qabul qilgan edi.

SHuni aytish joizki, “SHo'rtan” yoshlar jamoasi  7-turdan so'ng turnir jadvalida  12 ochko jamg'argan holda  uchinchi pog'onani band etib turishibdi. Qo'qonlik yoshlar turnir jadvalida 11 ochko bilan to'rtinchi o'rinni band etishib turibdi. Ular bir ochko farqli ularoq “oq bo'rilar”ni taqib qilishmoqda.

“SHo'rtan” jamoasining muvaffaqiyatli o'yinlarida mahalliy futbolchilarning xissalari katta bo'lmoqda. SHulardan biri yosh iqtidorli  yarim himoyasi Akrom Bahromovdir.  Mazkur qiziqarli  bahs oldidan futbolchini qisqa suhbatga tortdik.

- Bu yilgi mavsumda jamoa oldiga qanday maqsadlar qo'yilgan?
- Kuchli beshlikdan mustahkam o'rin olish asosiy rejamizga kiradi. Hozirda buni udallayapmiz. Ishonchim komilki, mavsum oxirigacha chempionlik uchun kurash olib boramiz.

- Keyingi turlarda jamoangiz bilan barqaror o'yin namoyish etmoqdasizlar. Buning siri nimada deb o'ylaysiz?
- Bosh murabbiymiz O'zbekistonda katta tajribaga ega kuchli futbolchi sifatida tanilgan. Joriy mavsumdan yoshlar jamoasida murabbiy sifatida ish boshladi. Albatta, Asror akaning xatti-harkati evaziga har bir o'yinga puxta tayyorgarlik ko'rayapmiz. Jamoa murabbiylari Asror Aliqulov  Bahodir SHaymardonov va Akmal Saitkulovlarning hamjihatligi  tufayli menimcha muvaffaqiyatlar omili shunda bo'lsa kerak.  

- “Paxtakor” bilan kechgan uchrashuvga solishtiradigan bo'lsak, jamoa o'yinida oldinga siljish ko'zga tashlanmoqda?
- Ha, men ham shunday fikrdaman. O'yin sifati borasida ham, futbolchilarning maydonda bir-birlarini tushunishlari jihatidan ham o'sish bor. Va endi jamoaning o'ziga xos o'yin uslubi shakllanmoqda, deyishim mumkin.

- Bugungi uchrashuv haqida to'xtalsangiz?
- Har ikki jamoa g'alabaga bo'lgan ishtiyoqni namoyish etishadi.chunki bizga ham, raqibimizga ham ochko zarur. SHu  sabab maydondagi futbolchilar g'alaba uchun astoydil harakat qilishadi. Nasib bo'lsa zafarli odimlarimizni davom etib g'alaba bilan ortga qaytmoqchimiz.
 

Fahriddin CHoriev suhbatlashdi

Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика