Akmal Xolmatov: So'g'diyonani qiyinchilik bilan mag'lubiyatga uchratdik
26 sen 2013 11:04
Yangiliklar
Akmal Xolmatov: So'g'diyonani qiyinchilik bilan mag'lubiyatga uchratdik
Lokomotiv jamoasi uchun yakuniga etgan tur ham muvaffaqiyatli kechdi. Sababi, Hakim Fuzaylov shogirdlari So'g'diyona maydonida 1:4 hisobida ajoyib g'alabani qo'lga kiritishdi.
Tabiiyki, Lokomotiv o'yinchisi 19-tur qahramoniga aylandi. SHu sababli u bilan bog'landik.
- Avvalambor, sizni va jamoangizni qo'lga kiritilgan yirik g'alaba bilan tabriklayman. Aytingchi, uchrashuvdan oldin uchta gol urishingizni xayolingizga keltirganmidingiz?
- Tabrik uchun rahmat. Maydonga chiqqandan hammamiz faqat jamoani o'ylaymiz. Hech kim o'zini o'ylab men gol uraman deb hayolga berilmaydi. Menmi yoki boshqasimi, kim gol urishidan qatiy nazar muhimi jamoamiz muvaffaqiyatga erishsa bo'ldi. Har qanday holatda ham jamoa manfaati birinchi o'rinda turadi. Agar jamoa bo'lmaganida gol ura olmasdik.
- So'g'diyona bilan Lokomotivni bir-biriga taqqoslash qiyin. CHunki har taraflama qaraganda, o'rtadagi farq katta. Bu aniq qayd etilgan 1:4 hisobi ham ko'rsatib turibdi. Ko'pchilik esa Lokomotivni qiyinchiliksiz uch ochkoni qo'lga kiritgani haqida gapirmoqda.
- Bu noto'g'ri. So'g'diyona klubini qiyinchilik bilan mag'lubiyatga uchratdik. Ular darvozamizga uchrashuv boshlaridayoq gol urishdi. Osonlik bilan yutamiz deydigan jamoaning o'zi yo'q. CHempionlikka harakat qilayotganimiz uchun har bir o'yinga jiddiy qarayapmiz. Kechirasiz-u, So'g'diyona ham yaxshi jamoa. Ularni kuchsiz raqib deb hisoblamayman. Faqatgina g'alaba qozonish uchun bizga omad kulib boqdi.
- O'tgan turda Nasaf bilan qiyin o'yinda g'alaba qozongandinglar. Ammo siz penaltidan gol ura olmagandingiz. Natijada o'sha kuni o'yiningiz ko'ngildagidek chiqmadi. Odatda bunday holatda futbolchi keyingi uchrashuvga ruhan tiklanishi qiyin bo'ladi. Ammo siz navbatdagi bellashuvda uchta gol urdingiz. Demoqchimanki, ushbu uchrashuvga o'zingizni qanday tayyorladingiz?
- Nasaf bilan uchrashuvdan keyin jamoadoshlarimga, murabbiylarga va rahbariyatga rahmat deyman. Ular meni uchrashuvdan keyin futbolda hamma narsa bo'lishi mumkin deb tinchlantirishdi. O'zimni qo'lga oldim, chunki jamoa menga ishonayotganini ko'rsatdi. SHuni alohida aytmoqchimanki, har qanday sharoitda ham o'z ustimda ishlashdan to'xtab qolmayman. Gol ursam ham, urmasam ham mehnat qilishda davom etaman. Futbolda hamma narsa bo'ladi. Men shunday insonmanki, agar bugun bir ishni eplay olmagan bo'lsam, keyingi safar uni bajarish uchun yanada qattiq ishlayman, odatim shunaqa. Biroq nimanidir eplay olmasdan tushkunlikka tushib undan chiqa olmasa, aks holda ruhan sinib qoladi. Har qanday ishda ruhlantirishsa o'sha odam yanada yaxshiroq ishlaydi. Bu holat boshqa jamoadoshlarim bilan ham sodir bo'lishi mumkin.
- Ilgari Neftchida to'p surgan paytingizda uchtadan gol urganingizni yaxshi eslaymiz. Keyin boshqa klublarda o'ynaganingizda xet-trikka erishganingizni eslay olmayman. Lokomotivda esa muxlislar yana avvalgi Xolmatovni ko'rishyapti. Sizning ijroingizda xet-trikka ham guvoh bo'lishmoqda...
- Ertaga maydonga chiqib uchta gol uraman deb hech kim ayta olmaydi. Boya aytganimdek, omad bizga kulib boqdi. Bazi-bir o'yinchilar borki, ular bitta uchrashuvda beshta gol urishyapti. Xatto 10ta uchrashuvda ham gol ura olmasliklari mumkin.
- Nima deb o'ylaysiz, So'g'diyona darvozasiga uchta gol urishingiz omad tufaylimi yoki tajriba ham qo'l keldimi?
- Balki tajriba, balki darvozabonning aybi ham bordir. Lekin posbonni ayblab ham bo'lmaydi. CHunki zarbani qaytarish uning uchun qiyin edi. Darvozabonni aslo xafa qilmoqchi emasman. Nazarimda menga ko'proq omad kulib boqdi.
- Lokomotiv Bunyodkor bilan 45 ochko to'plab peshqadamlikni bo'lishib turibdi. Nasaf esa endi uch ochkoga ortda qolyapti. Bu boradagi kurash rosa qizg'in pallasiga kirdi, to'g'rimi?
- Albatta. Futbol juda yaxshi rivojlanyapti. Oxirgi o'rindagi Qizilqum bizni mag'lub etdi. Bilishimcha, ular Metallurgni ham engishgan. Jamoalar etakchilarga qarshi juda jiddiy qarshilik ko'rsatishyapti. Oldin Paxtakor bilan Bunyodkorga bas kelish murakkab bo'lardi. Hozir esa chempionlik uchun kurashayotgan klublar soni oshdi. So'g'diyonani ro'yxatdan o'chirayotganlar qattiq adashadilar. Ular hali raqiblariga jiddiy tashvish tug'diradi.
SHuhratbek JO'RAEV suhbatlashdi.
Manba: Erudit Sport gazetasi

Fikrlar