Akmal Xolmatov “Neftchi”ga qaytdi
13 may 2016 13:00
Yangiliklar
Akmal Xolmatov “Neftchi”ga qaytdi
Farg'onaning “Neftchi” jamoasi tarkibida uzoq yillar davomida faoliyat olib borgan taniqli futbolchi Akmal Xolmatov yana “Neftchi” tarkibiga qaytganini malum qilamiz.
Oliy liga-2015dan so'ng jamoani tark etgan Xolmatov qisqa fursat Tojikistonning “Istiqlol” jamoasi tarkibida harakat qildi. Ayni paytda futbolchi jamoa mashg'ulotlarida ishtirok etmoqda. Klub mutasaddilari tajribali futbolchini chempionat qaydnomasiga kiritish borasida tashkiliy ishlarni olib borishmoqda. SHunday qilib, tez orada Xolmatov “Neftchi” libosida maydonda gavdalanadi. Bu xabar farg'onalik muxlislarni quvontirishi tabiiy. Biz esa futbolchini yana jonajon jamoasi tarkibida etakchilik qobilyatini namoyish etib, farg'onalik futbolchilarni muvaffaqiyatlar qayd etishida o'zining hissasini qo'shadi deb umid qilib qolamiz.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
АПЛ. "Арсенал" "Астон Вилла"нинг ғалабали сериясига нуқта қўйди. МЮ аутсайдерни мағлуб эта олмади
ОЧЛ 2 плей-офф босқичига қуръа ташланди: Роналду етакчилигидаги "Ал Насср" "Арқадағ" билан ўйнайди
Месси "Америка қироли" мукофотини қўлга кирита олмади. Уни "Фламенго" ярим ҳимоячиси ортда қолдирди
Breaking! Бозоров, Алибоев, Рўзиев ва Холмуродов терма жамоадан чақирув олди
Fikrlar