So’nggi yangiliklar

02:38Супер ўйинда "Интер" "Барселона"ни тўхтатди ва ЕЧЛ финалига йўлланма олди!  755 01:42Шомуродовнинг ассисти уч очко олиб келмоқда: А Сериянинг 35-тур якунлари  0 01:09Фарҳод Нишонов: "Ўйиндан кўнглим тўлмади. Биринчи бўлимда ҳар томонлама ютқаздик"  0 00:53"Барселона"га қарши ўйиндан кейин "Реал" Анчелоттининг кетишини эълон қилади  2 00:21"Ал Ҳилол" Бруну Фернандешга ажойиб таклиф бермоқда  0 23:43"Реал" Трентни деярли текинга олди. Бу Перес стратегиясининг навбатдаги ғалабаси (мутолаа учун)  0 23:14Айбек Нурбаев: "Бугунги мағлубиятга мен жавобгарман. Ўзгартиришларда хатога йўл қўйдим"  0 22:18"Барселона" Ямал билан янги шартнома имзолайди. Томонлар келишувга эришишга яқин  1 21:46Виртц "Реал" ёки "Манчестер Сити"га ўтишни истамаяпти. У бошқа клубга бормоқчи  6 21:21"Олтин тўп" учун битта ҳақиқий номзод бор" – "Бетис" Винисиус ва Антонининг статистикасини солиштирди  2 20:57Кевин Де Брюйне "Сити"да қолиши мумкин, футболчи янги шартнома имзолашга тайёр  3 20:35Криштиану Роналду ўғлининг Португалия терма жамоасига чақирилганига муносабат билдирди  4 20:10​"Астон Вилла" Мартинес кетса, "Реал" дарвозабонини олиб келмоқчи  1 19:47МЮ сербиялик дарвозабонга қизиқиб қолди  0 19:26Про лига. "Олимпик-MobiUz" Нукусда кичик ғалабага эришди  0

Akmal Xolmatov 39 yoshda! Yangiliklar

Akmal Xolmatov 39 yoshda!

Futbol shunday sport turiki, kimdir 40 yoshgacha o'ynasa, kimdir turli sabablarga ko'ra yoshlik chog'idayoq to'p tepishni to'xtatadi.
Bugungi kunda o'zbek futbolida eng uzoq yillar o'ynab kelayotan futbolchi – Pavel Bugalodir (1974 y.). Akmal Xolmatov kecha 39 yoshni qarshilarkan, hali ham futbol o'ynash ishtiyoqi kattaligini takidlaydi. Umid qilamizki, Akmal jonajon jamoasi – “Neftchi”ning liderlar orasidan yana o'rin olishida o'z harakatlari bilan yoshlarga o'rnak bo'ladi.

- Akmal avvalombor tug'ilgan kuningiz bilan  butun Farg'ona futbol muxlislari nomidan tabriklayman. Insonning kelajagi bolalikda tanlagan soha bilan chambarchas bog'liq bo'ladi. Akmal sizning futbolga kelishingiz qanday bo'lgan. Birinchi murabiyingiz kim edi?

Akmal Xolmatov:
- Aqlimi tanibmanki to'p tepaman. Xatto maktabga borishdan ikki oy oldin futbolga qatnay boshlaganman. SHunday qilib hayotimdagi ilk maktab men uchun -  futbol maktabi bo'lgan. Birinchi murabbiyim, men tug'ilib o'sgan Dushanbe shahridagi Respublika olimpiya zaxiralari maktabida, taniqli mutahassis  - Valeriy Ro'zievich Urunov bo'lgan. Valeriy Ro'zievichdan bir umr minnatdor bo'lib qolaman. U kishi menga futbolning ilk darslarini, sirlarini, umuman tom manoda to'p tepishni o'rgatgan.

-  Siz qariyib 32 yildan beri futbol o'ynab kelasiz. Futbol sizni hayotinizni mazmuniga aylanib qolgan. Bu davr ichida ko'plab murabbiylar bilan ishlagansiz. Ularni ichida kimni ajratgan bo'lardingiz?

Akmal Xolmatov:
-  Albatta har bir murabbiyning o'zini yutuqlari va bazida esa kamchiliklari ham bo'ladi. Lekin men barcha murabbiylarimdan roziman va hammasiga tashakkurlar aytaman. Boya aytganimda birinchi murabbiyim – V. Urunov qo'l ostida 7 yil futbol o'ynadim va qaysidir manoda futbolchi sifatida shakllandim. 14 yoshimdan o'smirlar jamoasiga o'tdim va  Valeriy Ivanovich Maqsudov  qo'l ostida shug'ulana boshladim. 16 yoshdan boshlab professional jamoa – “Regar” Tursunzodada ilk marotaba Tojikiston chempionatida maydonga tushdim. “Regar”da  murabbiy Abdullo Murodovdan ko'p narsalarni o'rgandim. 1993 yildan boshlab esa men uchun qadirdon bo'lib qolgan O'zbekistonga  keldim va Toshkentning “Paxtakor” va “CHilonzor” jamoalarida o'zimni sinab ko'rdim. Bu erdagi urinishlarim so'ngiga etmay meni Olma-otaning “Qayrat”iga taklif  qilishdi. U payt u erda taniqli mutaxassis Qurbon Bekievich Berdiev ishlardi. Berdievdan juda ko'p narsalarni o'rgandim. Lekin 1996 yil mening hayotimda katta burilish yasadi. Men jonajon jamoam  - “Neftchi”ga kelib qo'shildim. Bu erda birinchi mavsumdayoq chempion bo'ldik. 12 yillik Farg'onadagi faoliyatim davomida har tomonlama bu er menga qadrdon bo'lib qoldi.Farg'onadagidek futbol muxlislari boshqa erda bo'lmasa kerak. Eng katta baxt esa men Yuriy Vazgenevich Sarkisyan bilan bir jamoada ishlaganim bo'ldi. Albatta murabbiylar orasida  men uchun eng qadrlisi bu shubhasiz YU.Sarkisyandir. Men Yuriy Vazgenevich bir umr minnatdorman va hozirgacha juda yaxshi aloqadamiz.

- Keyin nimagadir “Neftchi”dan ketib qoldingiz.
Akmal Xolmatov:
-  To'g'ri, o'sha paytlar “Paxtakor” jamoasi O'zining o'tmishdagi obro'sini tiklash jarayonida edi va o'z oldiga katta vazifalarni qo'ygan payt edi. Men ham  o'zimni poytaxt jamoasida sinab ko'rishni lozim topdim. Ikkinchi tomondan, moliyaviy maslalar ham bunday yo'l tutishimga majbur qildi. Yoshim ham 30ga yaqinlashib qolgandi. Qolaversa xalqaro o'yinlarda meni  o'yinimni kuzatib Osiyo klublari o'z jamoalariga chorlay boshlashdi. SHunday qilib men,  2010 yildan Eronning “PAS” (Hamadon) klubida o'ynay boshladim. 2012 yildan esa o'zining oldiga yuqori maqsadlarni qo'ygan Toshkentning “Lokomotiv” jamoasidan taklif oldim. Keyin 2014 yilning ikkinchi davrasidan yana  jonajon jamoam “Neftchi”ga kelib qo'shildim. Hozir o'zimni Farg'onada juda yaxshi his qilmoqdaman.

-  Keyingi  yil,  Xudo hohlasa 40 yoshni qarshilaysiz. Bu degani “butsalarni mixga osish” vaqti yaqinlashganligidan dalolatdir. Aytingchi yuqori saviyada yana necha yil o'nashingiz mumkin?


Akmal Xolmatov: -  Men o'zimni ham jismoniy, ham boshqa tomonlardan juda ham yaxshi xis  qilmoqdaman. Yana ikki yil futbol o'ynashimga ishonaman.  Hozir “Neftchi”da yangilanish oldingi obro'ni tiklash jarayoni olib borilmoqda. Men ham bu jarayonda faol ishtirok etishni xohlardim.

- Siz futbolchi sifatida “Vodiy derbisi” tushunchasini yaxshi bilasiz.  Bazi bir futbol ishqibozlariga chempionatda aynan mana shu uchrashuvlar  muhim. Andijon, Namangan va Farg'ona jamoalari oldindan bir birlariga qarshi murosasiz o'yin ko'rsatib kelishgan. Bugungi o'yin haqida nima deya olasiz.

Akmal Xolmatov:
-  Men o'tgana srning 90-yillari Andijon va Namangan jamoalari bilan bo'lib o'tgan murosasiz o'yinlarni yaxshi eslayman. Bu jamoalar o'rtasidagi uchrashuvlar hamisha diqqat etiborda bo'lgan. Lekin tan olish kerak, “Neftchi”  umuman olganda hamisha kuchliroq bo'lib kelgan. Mana o'tgan yili ham o'zaro uchrashuvlarda 10 ochkoga ega bo'ldik.

- Sizga va jamoaga muvaffaqiyat tilab, sizni yana bir marotaba  tug'ilgan kuningiz bilan tabriklayman. Omad sizga yor bo'lsin.  


PFK “Neftchi”  Matbuot xizmati
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика