So’nggi yangiliklar

19:35U-17 Жаҳон чемпионати. Парагвай U-17 – Ўзбекистон U-17 1:2 (Матнли трансляция)  85 19:3320 ёшгача бўлган дунёдаги энг қиммат футболчининг нархи 349,6 млн евро экан  2 19:00Про лига. "Олимпик-MobiUz" ва "Локомотив" муроса кўчасини танлади, лига ғолиби кейинги турда аниқланади  0 18:42Криштиану Роналду: "Арсенал"ни рақиб сифатида қабул қилмайман, улар ғалаба қозонса хурсанд бўламан"  8 16:5823 ёшли дарвозабон, ОКМКни ютган мураббий ва футболчи, "Бунёдкор"га супергол урган ҳимоячи — Суперлигада 27-турнинг энг яхшилари  2 16:44Хебай, Марушич, Холдорхонов, Алижонов... Суперлига 27-тур рамзий терма жамоаси  2 15:50Криштиану Роналду Жоржина билан тўйи қачон бўлишини эълон қилди  23 15:04Қурол билан таҳдид қилинган АПЛ футболчиси кимлиги маълум бўлди  0 14:36Ўзбекистон U-15 терма жамоасининг Жанубий Кореяга қарши асосий таркиби маълум  2 13:51Слот: "Каттароқ ҳисобда ютишимиз мумкин эди"  14 12:50U-17 Жаҳон чемпионати олдидан. Ислом Исмоилов: "Жаҳон чемпионатига энг яхши ҳолатда етиб келдик"  10 12:43Футзал бўйича Осиё кубогига қуръа ташланди. Ўзбекистон Япония ва Австралия билан бир гуруҳда  7 12:11Про лигада 2-ўринни олган клуб: "Суперлигада жой йўқ, деб қўяверинглар"  14 10:50Аббосбек Файзуллаев индивидуал тикланиш машғулотларини бошлади  4 10:15Роналду фаолиятини якунлаганидан кейин нима қилишни истаётганини айтди  43

Akmal Xoliqov: "Nikola Lazarevich yangi haftada jamoamizga qaytishi kutilayapti" Yangiliklar

Akmal Xoliqov: "Nikola Lazarevich yangi haftada jamoamizga qaytishi kutilayapti"

Superliganing 5-turidan o'rin olgan "Bunyodkor" - "Qizilqum" (0:0) uchrashuvidan so'ng mehmonlar bosh murabbiyi vazifasini bajaruvchi Akmal Xoliqov matbuot anjumanida ishtirok etdi.

O'yin haqida

- Birinchi navbatda tomoshabop o'yin uchun har ikki jamoaga minnatdorchilik bildiraman. Keyingi o'yinlarda "Bunyodkor" jamoasiga omad tilayman. Bugungi o'yin uchun ishlab chiqilan taktik ishlanmalar evaziga safarda raqib maydonidan ochko bilan qaytayapmiz. Bugun qarshi hujum taktikasida o'ynadik, chunki "Bunyodkor" to'p bilan juda yaxshi ishlaydi. Navoiydan kelib bizni qo'llab-quvvatlagan muxlislarga raxmat aytaman. Navbatdagi o'yinlarda ijobiy natijalarga erishib, muxlislar va jamoamiz rahbariyatini xursand qilamiz degan umiddaman.

- Ayni damda jamoa bosh murabbiyi vazifasini bajarayotganingiz haqida malumot berib o'tsangiz ...

- Jamoamiz bosh murabbiyi shamollab qoldi. Shu bois uyga jo'nab ketdi. Biz jamoa murabbiylar shtabi bilan jamoani o'yinga tayyorladik. Nikola Lazarevich seshanba kuni qaytishi kutilayapti. 

- Taktik ishlanmalar ish bergani haqida aytayapsiz. "Qizilqum"ning bugungi maqsadi durang uchun qaratilganmidi? "Qizilqum" tarkibida yaxshi ijrochilar bor, jamoa aytarli raqib darvozasi oldida vaziyat yarata olmadi. Durangdan xursand bo'lish qanchalik to'g'ri?

- Har bir jamoa maydonga g'alaba uchun chiqadi. Bizning maqsadimiz ham g'alabaga qaratilgan edi. Bir narsani to'g'ri tushunish kerak, bizda jamoamiz tarkibi 80 foizga o'zgarib ketdi. Jamoaviy o'yin to'liq shakllanib olishi uchun bir oz vaqt kerak. Shundan kelib chiqib bugungi o'yin uchun taktik ishlanmalar ishlab chiqdik. Bunday o'yinlarda bir-ikki vaziyatidan unumli foydalangan jamoa yutib ketadi. Bizda ham bugun 2 ta zo'r vaziyat bo'ldi, foydalana olganimizda g'alaba qozonishimiz ham mumkin edi. 

- "Qizilqum" qachon o'z oldiga chempionlik maqsadini qo'yadigan jamoaga aylanadi?

- Har bir murabbiy chempionlik va sovrinli o'yinlarni hohlaydi. Biz ham, bizning jamoa ham xalqaro maydonlarda o'ynashini chin dildan istaymiz. Yaqinda o'z akademiyamiz ish boshlaydi. Stadionlarimiz, infratuzilmamiz qaytadan shakllanayapti. Har mavsum tarkibning yangilanib ketaverishi jamoaga chempionlik olib kelishi qiyin masala. Masalan "Olimpik" kabi yoshlardan tarkib tuzib, bir necha yil davomida o'ynatsak, ehtimol shunda raqobatbardosh jamoa shakllantira olamiz. Klub rahbariyatiga shular haqida tushuntiramiz. Buning uchun vaqt kerak.

- "Qizilqum"da hozir teng kuchli tarkib bor deb aytsak bo'ladimi?

- Bizda teng kuchli ikkita tarkib bor deb o'ylamayman. Mahalliy iqtidorli yoshlardan tarkibga qo'shib borayapmiz. Yoshlar jamoamizdan birin-ketin jalb etib boramiz. Bosqichma-bosqich jamoani shu uslubda shakllantirib boramiz.

- "Qizilqum" o'z maydonida o'ynamaganiga deyarli ikki yil bo'layapti. Jamoa qachon Navoiyga qaytadi?

- Har bir jamoa o'z maydonida o'ynashni hohlaydi. Hozir 18-aprel kuni "Qo'qon-1912" bilan o'yinni o'z maydonimizda qabul qilishimiz rejalanayapti. Ertaga O'zPFL ishchi guruhi stadionimizni o'rganadi. Barchasi biz uchun ijobiy yakunlanishiga umid qilayapmiz.



Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика