So’nggi yangiliklar

17:32Ўзбекистон U-23 — Саудия Арабистони U-23. Таркиблар маълум!  6 17:20Футзал бўйича Осиё Кубоги. Ўзбекистоннинг Эронга қарши таркиби эълон қилинди  1 17:07U-23 Осиё кубоги. Ўзбекистон - Саудия Арабистони учрашувига превью. Саудияни бир маротаба ютганмиз, улар эса бизни уч марта  2 16:58Кварацхелия янги мавсум "Барселона" футболчисига айланиши мумкин  2 16:32"Оч бўрилар" овга чиқмоқда  8 16:30Ўзбекистон кубоги. "Нефтчи" – "Металлург" 1:1 (матнли трансляция)  3 16:26Ўзбекистон кубоги. "Пахтакор" - "Сўғдиёна" 1:3 (онлайн ҳисоб)  16 16:25Ўзбекистон Кубоги. "Қўқон-1912", "Арал" ва бошқа жамоалар ўйинлари давом этмоқда  2 16:15Футзал бўйича Осиё Кубоги. Ўзбекистондан мағлуб бўлган Вьетнам Қирғиз Республикасига ҳам ютқазди  7 15:59U-23 Осиё Кубоги. Индонезия Корея Республикасини мусобақадан чиқариб юборган драматик ўйиндан ГАЛЕРЕЯ  0 15:40Ўзбекистон футзал МТЖ Эронга қарши қандай либосда ҳаракат қилади?  1 15:13ПСЖ Франция чемпионати рекордини ўрнатди  1 14:49"Порту" Сержиу Консейсау билан шартномани узайтирди. Унга "Милан" қизиқаётганди  0 14:21АПЛ жамоалари "Шахтёр" ярим ҳимоячисига даъвогар  0 13:55Ўзбекистон U-23 термасининг Саудия Арабистонига қарши тахминий таркиби билан танишинг  54

Akmal SHorahmedov: "Xotirjamlikka berilmasdan, masuliyatni to'liq his qilib, berilgan imkoniyatni qadriga etishimiz kerak" Yangiliklar

Akmal SHorahmedov: "Xotirjamlikka berilmasdan, masuliyatni to'liq his qilib, berilgan imkoniyatni qadriga etishimiz kerak"

Xabaringiz bor, bugun Respublika maxsus komissiyasi axborotida O'zbekiston professional futbol klublari mashg'ulotlari hamda futbol bo'yicha O'zbekiston chempionati, Superliga o'yinlarini muxlislarsiz o'tkazish uchun ruxsat berildi.

SHu munosabat bilan AGMK matbuot xizmati futbolni, mashg'ulotlarni sog'inib, yashil maydon tarovatini qumsagan futbolchilaridan biri, jamoa sardori Akmal SHorahmedovning fikrlari bilan qiziqdi.

- Karantin paytida barcha futbolchilar yakka tartibda shug'ullanib, imkon qadar o'z sport formasini ushlab turishga harakat qildi. Lekin bu jamoaviy mashg'ulot o'tkazish samarasini yoki zavqini bermaydi. Masalan, Germaniya Bundesligasida ham ko'plab futbolchilar ikkinchi bo'limda charchab, o'yin tezligi pasayib qolmoqda. Nihoyat bizda ham Germaniya, Angliya yoki boshqa ligalarda bo'lgani kabi bugun ruxsat berildi. Lekin bu narsa xotirjamlikka berilish kerakligini anglatmaydi. Xudo ko'rsatmasin, futbolchilar orasidan koronavirus chiqmasligi uchun, to'liq gigienik tartiblarga rioya etgan holda, har kuni jamoa shifokorlari nazoratida bo'lish, mashg'ulotlardan oldin isitmalarni o'lchab, doimiy tibbiy nazorat o'rnatish zarur bo'ladi. Nafaqat futbolchilar, balki klubdagi barcha personal endi mazkur ruxsat va ishonchni to'la his qilib, masuliyatli bo'lishga, gigienaga doimiy rioya etishga majbur. Bir futbolchi yoki jamoa azosini deb boshlanajak chempionat cho'zilib ketmasligi yoki o'xtab qolmasligi kerak. Buni esa barcha birdek his qilishi shart. Bizga berilgan imkoniyatni va taqdim etilgan sharoitni qadriga etishimiz kerak. 

Yosh bolalarga ham mashg'ulot ochilgani quvonarli. CHunki ular ham uyda o'tirib zerikib, qiynalib ketgandi. O'zimni o'g'illarim futbolchi, ular uyda o'tirib ortiqcha vazn ham to'plashga muvaffaq bo'lishdi. Menimcha, ikkita o'g'lim 4-5 kilogram ortiqcha vazn qo'shvorishdi. Men esa bu borada qattiq rejimga amal qildim va o'ylashimcha, ortiqcha vazn bilan bog'liq muammo yo'q. Qanchalik yoshi katta bo'lgach, inson o'z salomatligi va vazniga nisbatan ancha jiddiy qararkan. Ayniqsa futbolchi uchun muhim. CHunki hali futbol boshlansa, tezkor yosh futbolchilarni quvib etishga qiyin bo'lib qoladi. SHu uchun ham ortiqcha vazn borasida jiddiy qaradim. Havotirga o'rin yo'q.

SHuningdek, endi avvalgidek maydonga chiqishda va undan oldin yoki keyin qo'l berib yoki quchoqlashib so'rashishlarni vaqtincha cheklash kerak. Bu borada ham malum tartibda qatiy amal qilish kerak. Endi bu narsa odatiy hayot tarziga kirib qolishi mumkin. Yaxshi tarafi, bu narsa odatiy gripp kabi kasalliklarni ham yuqishini kamaytiradi.

Karantin va pauza barcha jamoalarga bir xil sharoitni taqdim etdi. Lekin bundan kim qanday chiqib ketishi nomalum. O'ylashimcha, qaysi jamoa vohliroq charchab qolsa, raqib ikkinchi bo'limda tashabbusni o'z qo'liga olishi mumkin. Fikrimcha, ko'plab gollar ikkinchi bo'limda uriladi. Masalan, Bundesligada "Borussiya" - "Bavariya" uchrashuvida markaziy himoyachi, Boatengni almashtirib yuborishdi. Odatda markaziy himoyachilar kam o'zgartiriladi. Lekin Boateng o'yin tempi yuqori bo'lmasada toliqib qolgandi. Bu jihat malum vaqt barcha ligalarda kuzatiladi. Buyog'iga kim jismoniy taraflama tezroq optimal holatga kirsa, o'sha jamoada ustunlik paydo bo'ladi. 

Qo'shimcha o'zgarishlar, yani 5 futbolchini almashtirishni qo'llab-quvvatlayman. Jahon futbolida buni bejizga joriy qilishmagan. Mazkur masala bo'yicha jismoniy tayyorgarlik bo'yicha mutaxassislar bilan ham maslahat qilishgan va keyin bu qarorga kelingan deb o'ylayman. Jamoalar karantindan chiqib ketish davrida qo'shimcha o'zgarishlar futbol o'yinini tezligiga biroz bo'lsada yordam beradi. SHuningdek, bu o'yin amaliyotisiz qolib ketadigan futbolchilarga ham qo'shimcha imkoniyat.

Muxlislarsiz futbol qiziq emas, to'g'ri. Lekin hozirgi sharoitda butun dunyo mazkur amaliyotni qo'llamoqda. Futbol qiziq, yaxshi sport turi. Lekin sog'lik, xavfsizlik eng oliy o'rinda. SHu bois garchi stadionlarga muxlislar kiritilmasada, futbolni ishqibozlardan ham ko'ra ko'proq sog'ingan futbolchilarning chanqog'i bo'sh stadionda ham ularni his qilib o'ynashga etadi. Hamma vaziyatni to'g'ri tushunib turibdi. Ularning qo'llab-quvvatlovi va olqishini baribir sezamiz. O'ylashimcha, futbol musobaqalarini tiklash barobarida uyda o'tirgan muxlislarga va tomoshabinlarga futbol o'yinlarini tomosha qilish uchun sharoit yaratish.

So'nggi paytlarda trendga chiqqan mazkur ibora bu holatga ham yaxshi tushadi: "Biz siz uchun futbol o'ynaymiz, siz esa biz va o'zingiz uchun uyda qoling hamda futbolni tomosha qiling!".

Rostini aytsam, Belarus chempionatidan ko'ra o'zimizning Superliga darajasi yuqori. SHu boisdan ham o'zbekistonlik futbol ishqibozlari katta qiziqish bilan chempionatimizni kuzatishadi, degan fikrdaman. 

CHempionatni qanday formatda o'tkazish uy-safar tizimida qolish yoki markazlashtirilgan variantda o'tkazish bo'yicha bir narsa deyish mushkul. O'ylashimcha, O'FA va PFL mazkur holatni to'g'ri baholay oladi. Bu erda hamma vaziyatni hisobga olib, shunga monand eng maqbul yo'l tanlanishi kerak bo'ladi. Uy-safar tizimida o'ynashni ham, markazlashtirilgan variantda chempionatni o'tkazishni ham hozirgi holatda yaxshi va yomon, qulay hamda noqulayliklari yuzaga keladi. Hozirgi kunda xavfli yoki xavfsiz hududlarga ajratmasdan, barcha zarur choralarni qo'rib, hamma o'ziga ehtiyot bo'lib yurishi kerak. Qiyinchiliklar bo'lishi aniq va bu tabiiy. CHunki birinchi marotaba bunaqa holatga, bunday sharoitga tushildi. Muhimi, boshlab olish kerak. Qolgan kamchiliklar sekin-asta bartaraf etiladi. Buni to'g'ri tushunish kerak bo'ladi. O'FA buni to'g'ri hal qiladi, degan umiddaman. Bizning ishimiz maydonga chiqib o'ynash va gigienik tartib qoidaga qatiy amal qilish. Karantin davrida ko'plab zarur soha vakillari fidoiylik ko'rsatib, o'z xizmatlarini bajarishdi. Biz ham endi xalqimiz, futbolni sog'ingan millionlab muxlislarimiz uchun masuliyatni his qilgan holda harakat qilishimiz kerak bo'ladi. Futbolchilar ham xizmatdagi askar kabi o'z vazifasini sidqidildan ado etmog'i kerak. SHu o'rinda barcha tibbiyot xodimlari, xavfsizlik masalalariga javobgar bo'lgan organ xodimlari, do'kon va bozorlarda faoliyat ko'rsatgan tadbirkorlar va shu davrda jonbozlik qilgan barchaga katta rahmat aytib, minnatdorchilik bildiraman.

Hukumatiz tomonidan barcha zarur chora-tadbirlar oqilona amalga oshirildi va o'ylashimcha, karantin davrini xalqimiz etarli tushuncha xosil qilib, yuksak madaniyatda o'tkazdi va o'tkazmoqda.

Olmaliqlik muxlislarga murojaatim, avvalo xavfsizlik, shu bois o'zingizni ehtiyot qiling! Biz esa sizlarning qo'llab-quvvatlovingizni doim his qilamiz va o'yinlarimiz bilan xursandchilik bag'ishlashga ikki hissa kuch bilan harakat qilamiz!

Ochig'i, futbolni juda sog'indim. Nafaqat men, balki bugun AGMK jamoasi futbol sog'inchida yashadi. Buyog'iga oz qoldi, hozircha esa teleekran orqali "ko'rishamiz", - dedi Akmal SHorahmedov.

Reyting: +6   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика